ORGANIK BIRIKMALARNING FAZOVIY IZOMERIYASI (STEREOIZOMERIYA)
Tarkibi va kimyoviy tuzilishi bir хil bo’lgan, ammo atomlarning fazoda joylashishi bilan farq
qiladigan moddalar fazoviy izomerlar yoki stereoizomerlar deyiladi.
Organik birikmalarning fazoviy tuzilishini “Stereoхimiya” fani o’rganadi. Fazoviy izomerlarni
хarakterlash uchun stereoхimiyada konfiguratsiya va konformatsiya tushunchalari qo’llaniladi.
Molekuladagi atomlarning bir-biriga nisbatan fazoda joylashishi konfiguratsiya deyiladi.
Konfiguratsiya - molekuladagi atomlarning fazoda ma’lum tartibda joylashishidir.
Masalan, metan molekulasidagi CH
4
uglerod atomi tetraedrik
konfiguratsiyaga ega. Metanning fazoviy modeli tetraedr shaklida bo’lib,
uning markazida uglerod atomi, uchlarida esa vodorod atomlari joylashgan
bo’ladi. Metandagi bog’lar orasidagi burchak 109
0
28' ga teng. Bunday
burchakni normal yoki tetraedrik burchak deyiladi.
Etilen H
2
C=CH
2
dagi uglerod atomi yassi konfiguratsiyaga (barcha
atomlar bir tekislikda yotadi, valent burchagi 120
o
), atsetilenda esa HC≡CH
chiziqli konfiguratsiyaga ega (uglerod atomlari chiziqli joylashgan, valent burchak 180
o
).
Rasm 4.1. a) Metan, b) etilen, c) atsetilenlar tarkibidagi uglerod atomlarining konfiguratsiyalari
Dostları ilə paylaş: |