Mavzu: Organizmga dori moddalarini yuborish usullari


Dori moddalarini mushak orasiga yuborish



Yüklə 22,49 Kb.
səhifə5/7
tarix27.01.2023
ölçüsü22,49 Kb.
#81322
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Organizmga dori moddalarini yuborish usullari (1)

Dori moddalarini mushak orasiga yuborish

Mushaklarda qon tomirlar va limfatik tomirlar tarmog'i birmuncha


koʻp bo'lib, shuning uchun ularda dorilar tez va toʻliq so'riladi. Dori
vositalarini teri ostiga yuborganda og riq paydo bo'lsa va yaxshi so'rilma-
sa, dori moddalari mushak orasiga yuboriladi. Mushak orasiga inyeksiya
qilishda tananing ma'lum joylarida mushak to'qimasi qavati anchagina
qalin sohalar masalan dumba, qorin va sonlarning mushaklari
tanlanadi.
Mushak orasiga inyeksiyalar qilish uchun Lyuer shprisi. ignalarining
qalinligi 0,8-0.5 mm va uzunligi 8-10 sm bo'lgan «Rekord» shprisidan
foydalaniladi. Ignaning kalta-uzunligi teri osti klechatkasining qalinligiga
bog'liq, chunki igna kiritilganda teri osti yog' qavatidan o'tishi va mushak
orasiga borishi kerak.
Dumbalar sohasi mushak orasiga inyeksiyalar uchun eng qulay joy
hisoblanadi, chunki bu yerdan quymich nervi va yirik
qon tomirlar o'tadi,
inyeksiyalar uchun uning yuqori-tashqi qismidangina foydalaniladi. Dumba
taxminan 4 qismga boʻlinadi, bu holda yuqori tashqi kvadrat inyeksiya
uchun eng qulay hisoblanadi.
Aksariyat mushak orasiga antibiotiklar, magniy sulfat, zardoblar
yuboriladi. Antibiotiklar maxsus flakonlarda kristalli kukun ko'rinishida
chiqariladi. Ilitishdan oldin uni natriy xloridning steril izotonik eritmasida,
ikki marta distillangan suvda yoki 0,5% li novokain eritmasida eritiladi.
Steril shprisga antibiotik miqdoriga ko'ra erituvchi olinadi. U ta'sir
birliklarida (TB) o'lchanadi. 100000 TB ga 1 ml erituvchi, 500000 TB ga
5 ml erituvchi olish lozim. Flakondan qopqog'i olinadi, rezina qopqog'i
spirt bilan artiladi va erituvchi tortilgan shpris ignasi bilan teshiladi. Erituvchi
asta-sekin kiritiladi, erituvchi bilan antibiotik eriydi. so'ngra flakon
toʻnkariladi va suyuqlik shprisga so'rib olinadi. Antibiotik eritmasini isitish
mumkin emas, chunki harorat ta'sirida u parchalanadi. Antibiotikni eritilgan
holda 1 kundan ko'p saqlab bo'lmaydi. Yod ham antibiotiklarni parcha-
laydi. Shuning uchun flakonlarning rezina qopqog'i va inyeksiya qilinadi-
gan joydagi teri yod nastoykasi bilan artilmaydi.
Tibbiyot hamshirasi shprisni yig'ishdan oldin qo'lini sovunlab oqar
suvda yuvali. Toza qoʻllar bilan boshqa narsalarga tegish mumkin emas.
Spirtga hoʻllangan paxta boʻlakchasi bilan tirnoqlarini, so'ng boshqa paxta
bo'lagi bilan bemor terisini artadi.
Mushak inyeksiyalar qilish usuli. Dori dumba sohasiga
yuborilganda bemor qornini bosib yoki yonboshiga, sonning oldingi
yuzasiga
yuborilganda chalqancha yotadi. quyidagicha ushlanadi: 1-2-barmoq
porshenni, 5-barmoq igna muftasini, qolgan barmoqlar silindrni tutib turadi.
Shpris bemor tanasi yuzasiga nisbatan perpendikular helda turadi. Ignani
dadil harakat bilan teri burmasining o'rtasiga 7-8 sm ichkariga kiritib,
mufta ustidan 1 sm qoldiriladi, chunki ko'pincha igna shu joydan sinadi.
Shundan keyin hamshira porshenni o'ziga tortadi va ignaning qon tomiriga tushmaganiga ishonch hosil qiladi.

Yüklə 22,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin