Mavzu: O‘rta asr iqtisodiy tafakkuri Reja



Yüklə 40,26 Kb.
səhifə6/7
tarix24.10.2023
ölçüsü40,26 Kb.
#160711
1   2   3   4   5   6   7
5-Mavzu O‘rta asr iqtisodiy tafakkuri Reja

«Temur tuzuklari»da bayon etilgan bo’lib, quyida biz ko’rib chiqmoqchi bo’lgan g’oyalar mazkur asar asosida keltirildi. («Amir tuzuklari». Toshkent,1991). Unda o’sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo’lganligi ko’rsatilgan:
1. Sayyidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari).
2. Aqlli, donishmand odamlar.
3. Xudojo’y kishilar.
4. No’yonlar (tuman boshlig’i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar.
5. Sipoh va raiyat (soliq to’lovchi xalq).
6. Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar.
7. Vazirlar, sarkotiblar.
8. Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar, muhandislar (injenerlar).
9. Hadis olimlari.
10. Ahli hunar va san’atchilar.
11. Kasbu hunar egalari.
12. Savdogar va sayyohlar.
Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar hal qiladi deyilgan. Qo’shin a’zolarining maoshi to’g’risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh o’zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to’rt ot bahosigacha maosh olishi, o’nboshi o’z qaramog’idagi askarga nisbatan ikki barobar ko’p, yuzboshi o’nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan. «Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yig’ish va xarj (sarf) qilishga alohida e’tibor berishgan. «Xirojni yig’ish vaqtida, – deb uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, – ikki vazir tayinlansin. Biri to’plangan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda yig’ilgan barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi vazir esa, chiqim daftariga yozib, yig’ilgan mollardan sipoh maoshiga taqsim qilsinlar». Demak, ko’rinib turibdiki, hisob-kitob ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilishi talab etilgan. Xiroj, odatda, sug’oriladigan yerlarda jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor yerlarda to’rtdan biriga (25 foiz) teng bo’lgan miqdorda to’plangan. Bu raqamlar uning hozirgi davrdagi daromad solig’i atrofida bo’lganligini ko’rsatib turibdi.
A.Temur o’qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho bergan. «... Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, - deyiladi «Tuzuklar»da, chunki bu insonlar mamlakat rivojida ustundirlar».
Yüklə 40,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin