10-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: O‘simlik tarkibidagi nitratlarni aniqlash(2soat)
Umumiy ma’lumot: О‘sib turgan о‘simliklarning ozuqa moddalarga bо‘lgan
ehtiyoji qay darajada ekanligini tezkorlik bilan aniqlashda, tо‘qima shirasini analiz
qilish usulidan keng foydalaniladi. Anorganik birikmalarning eng kо‘p miqdori
о‘simliklarning о‘tkazuvchi naylar qismida bо‘ladi. Shuning uchun ham
о‘simliklarning barg bandi va uning tomiridan yoki uning poyasidan siqib olingan
shipaga, har bir elementning о‘ziga xos bо‘lgan reaktivlaridan ta’sir qildirilsa, har
xil darajada bо‘yalgan ranglar hosil bо‘ladi. Mana shu ranglar darajasini Magnitskiy
qutichasidagi ranglar shkalasiga yoki standart eritmalarga solishtirib kо‘rish orqali
1 litr shira tarkibida qancha miqdorda element borligini ularning qancha balga
tengligini aytib berish mumkin. Magnitskiyning dala laboratoriyasi yelkaga osib
yuradigan yog‘och va karton qutichadan tashkil topgan asbob. Yog‘och qutichada
qо‘l iskanjasi, probirka va ularni qо‘yadigan shtativ, tomizg‘ich, qaychi, standart
eritmalar bо‘yicha bо‘yalgan qog‘oz shkalasi va laboratoriyadan foydalanish
uslublari yozilgan qо‘llanma mavjud. Karton qutichada reaktivlar va boshqa zaruriy
materiallar bо‘ladi.
Magnitskiyning dala laboratoriyasidan foydalanish orqali о‘simliklar
tо‘qimasidan siqib olingan shira tarkibidagi azot, fofor, kaliy va magniy kabi
elementlarning taxminiy miqdorini aytib berish mumkin.
Azot o‘simliklar hayoti uchun eng kerakli elementdir. U hayotiy muhim
birikmalar - oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar va boshqa bir qator birikmalar
tarkibiga kiradi. Azot o‘simliklar quruq og‘irligining 1-3% ni tashkil etadi.
Tabiatdagi asosiy azot manbasi atmosfera tarkibida bo‘lib, uning umumiy miqdori
75,6% tashkil etadi. Bir kvadrat metr yer ustida 8 tonnagacha azot bor. Agar
tuproqda azot yetishmasa o‘sish sekinlashadi, barglar maydalashib, sarg‘aya
boshlaydi, ildiz tizimi jarohatlanadi, gullar va yosh meva tugunlari to‘kila boshlaydi.
Azot juda kam bo‘lsa, o‘simliklar qurib qoladi.
Darsning maqsadi: O’simlik shirasi tarkibidagi nitratlarni aniqlashni
tajribada o’rganish.
Kerakli asbob va reaktivlar: Tabiiy sharoitda о‘sayotgan о‘simliklar
(bug‘doy, loviya, geran, tradeskansiya), azotni aniqlashda ishlatiladigan quruq
reaktivlar, Bufer eritmasi, ammoniy molib eritmasi, 10% li natriy gidroksid eritmasi,
1% li kraxmal, konsentrlangan HCl, Magnitskiyning dala laboratoriyasi, Kalan
tayoqchasi.
Ishni bajarish tartibi: Ikkita bir-biridan keskin farq qiladigan sharoitda
о‘stirilgan 5-6 о‘simliklarning ma’lum yaruslaridan bittadan barg olib, ularning
bandi va tomirlari 2-3 sm uzunlikda qaychi bilan qirqiladi. Sо‘ngra esa ularni qо‘l
iskanjasi ostida siqib, shirasi olinadi. Siqib olingan shira toza probirkalarga solinadi.
Mabodo, olingan shira rangdor bо‘lsa, har 2 g namuna hisobiga 6 ml distillangan
suv va 0,2-0,5 g aktivlangan kо‘mir qо‘shib, chinni hovonchada yanchiladi va
filtrlanadi. Agar olinayotgan barg bandi juda yо‘g‘on bо‘lsa, uni uzunasiga kesiladi
va iloji boricha pastki ingichka qismidan olinadi. Rangsizlantirilgan tо‘qima
shirasida azot elementi aniqlanadi.
Nitratlarni aniqlash ularning sulfanilat kislotasi va alfa-naftilamin bilan
beradigan och pushti rangning hosil bо‘lishiga asoslangan.
Ma’lumki, nitratlar Mo elementi ishtirokida nitritgacha qaytariladi. Nitritlar
sulfanilat kislotasi va alfa-naftilamin bilan och pushti rang beradi. Shuning uchun
ham о‘simlik tо‘qimasidan olingan shira tarkibida nitratlar miqdori qancha kо‘p
bо‘lsa, rangning hosil bо‘lishi darajasi ham shuncha kuchli bо‘ladi.
О‘simlik tо‘qimasidan siqib olingan shira tarkibidagi nitratlarni aniqlash
uchun salgina chuqurlashtirilgan chinni plastinka ustiga skalpel uchida bir chimdim
quruq reaktivdan olib, uning ustiga 3 tomchi bufer eritmasidan, keyin esa tо‘qima
shirasidan 1 tomchi tomiziladi va shisha tayokcha bilan aralashtiriladi. Chinni
plastinka ustida rang hosil bо‘ladi.
Plastinkaning 3-4 nuqtasiga yuqoridagi reaktivlardan solib, ularning ustiga
standart eritmalardan 1 tomchidan tomizilsa ranglar hosil bо‘ladi. Tо‘qima shirasi
tomizilganda hosil bо‘lgan rangni bu ranglar bilan solishtirib, bir litr shira tarkibida
qancha miqdorda azot borligini aytib berish mumkin. Shira tarkibidagi nitratlarni
difenilamin reaktivi yordamida ham aniqlanadi. Nitrat bor sharoitda kо‘k rang hosil
bо‘ladi. Tajriba natijasida olingan ma’lumotlar tubandagi 8-jadvalga yozib olinadi.
8-jadval
О‘simliklar shirasi tarkibidagi elementlar miqdori
О‘simlik nomi
Analizga
olingan
о‘simlik qismi
Element
Elementlarning miqdori
mg
yoki ball hisobida
1 kg shirada
mg
hisobida
ball
Topshiriq
1. Tajribani bajaring va xulosalang.
Nazorat uchun savollar
1. Azotning kimyoviy tavsifi qanday?
2. Tuproqda azot yetishmasa о‘simlikka qanday ta’sir etadi?
3. O‘simlik tarkibidagi nitratlarni qanday aniqlanadi?
Dostları ilə paylaş: |