Mustaqiligimiz sharofati bilan Vatanimiz hamma sohalarda o‘sishga erishdi. Mamlakatimiz millatlararo hamjihatlik va jamiyatni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonimiz nufuzini ko‘klarga ko‘tardi, salohiyatini yanada oshirdi. Birgina sport tizimida davlatimizning ilk qonunlaridan biri “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi, dastlabki ta’sis etilgan mukofotlardan biri “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ekanligi hukumatimizning yoshlarimizni ma’nan yetuk va jismonan barkamol avlodlar qilib voyaga yetkazishdagi sa’y-harakatlari samarasidir.Endilikda, yuqori natijalar ko‘rsatib, O‘zbekistonimiz nomini ulug‘layotgan sportchilarimiz bilan bir qatorda, sportchi qizlarimiz ham sportning deyarli hamma turlarida o‘z kuchlarini sinab kelishmoqda va bunda ular chempionlar shohsupasini ham egallab kelmoqdalar. Bu mehnat yutuqlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanmoqda. Ular “O‘zbekiston iftixori” degan yuksak nomga sazovor bo‘lishayapti. Mustaqilligimiz sharofati bilan sportchi O’quvchi- qizlarimiz chet ellarga tez-tez borib kelishayapti. Bularning negizida
O‘zbekistonda O’quvchi-qizlar jismoniy tarbiyasi va sportining rivojlanishiga ulkan shart-sharoitlar yaratilganligi masalasi diqqat markazda turibdi.
Zero, o‘tgan yillarning “Oila yili”, “Ayollar yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Ona va bola yili”, “Sihat-salomatlik yili”, “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili” deb atalishining zamirida ham O‘zbekistonda O’quvchi-qizlar sportiga katta e’tibor berilishida ulkan ma’no va mazmun mujassam.Sportning qaysi turi bo‘lmasin, g‘oliblar safida qizlarimiz ham o‘zlarini ko‘rsatmoqdalar. Bugun mamlakatimizning turli chekkalarida, hattoki olis qishloqlarda ham O’quvchi- qizlar sportini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.Zamonaviy sport inshootlari, gimnastika zallari qurilib, yoshlar ixtiyoriga berilmoqda.Qizlarni ommaviy ravishda sportga jalb etishda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan chiqarilayotgan qaror va farmonlarda ham O’quvchi-qizlar sportini rivqjlantirishga keng e’tibor qaratilayotganligi buning isbotidir. Shuningdek, O’quvchi-qiz murabbiylar uchun ham imkoniyatlar eshigining keng ochilganligi bu borada yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligi shubhasiz. Sportning nafis turi gimnastikadan tortib, kurash, tosh ko‘tarish, futbol kabi turlari bo‘yicha ham hech qanday yigitlardan kam emasligini isbotlayotgan qizlar iste’dodi munosib e’tirof etilmoqda.Bundan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda O’quvchi-qizlar jismoniy tarbiyasi va sportining rivojlanishi jismoniy barkamollikka erishish, sog‘lom kelajakni yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.2011 yil 25 fevral kuni
Oqsaroyda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ham davlatimiz birinchi rahbari I.A.Karimov “Asosiy maqsad - sog‘lom avlodni voyaga yetkazish” nomli ma’ruzasida eng asosiy vazifalar qatoriga sportni yosh avlodning sog‘lom turmush tarzi shakllanishining muhim omili sifatida keng targ‘ib qilishni hisobga olgan holda, qizlarni sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tajribasini ommalashtirish masalasini qo‘ydi. Bundan tashqari xalqaro maydonda O‘zbekistonning yorqin timsolini namoyon etayotgan, xalqaro sport musobaqalarida mamlakatimiz sha’nini ulug‘layotgan sportchilarimiz, ayniqsa qizlarning yuksak muvaffaqiyatlari haqida videomateriallar (reklama roliklari) tayyorlanishi lozimligi haqida fikr bildirildi.Qizlarning salomatligi va to‘laqonli jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yangi sport turlari sonini oshirib, qo‘shimcha sport seksiyalarini ochish bo‘yicha aniq chora- tadbirlar kompleks rejasini ishlab chiqish va tadbiq etish masalalari qo‘yildi.
Davlatimiz rahbari bugungi kunda sport turlarining izchil rivojlanib borayotganligi, ayniqsa, qizlami sportga jalb etish masalasi alohida e’tiborga molik ekanligi haqida ta’kidladi.
Shu o‘rinda O’quvchi-qizlar sportining bir qancha turlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalmoqchimiz. Badiiy gimnastik Y engil atletika Tennis Suzish Taekvando Masalan, badiiy gimnastikaning o‘ziga xos xususiyatlariga ilmiy- pedagogik nuqtai nazardan yondashadigan bo‘lsak, badiiy gimnastika mashqlari organizmning garmonik rivojlanishini ta’minlaydi, qon aylanishini, nafas olish va o‘pkaning ritmik faoliyatini yaxshilaydi, tanani pishitadi, irodani mustahkamlaydi, chiniqtiradi, ayniqsa, qaddi-qomati chiroyli qizlarning voyaga yetishi, sog‘lom onalarni tayyorlash, sog‘lom zurriyodni dunyoga keltirish, ularni parvarishlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, millat genofondini sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yengil atletika sportning ommaviy turi hisoblanadi.
U maktab, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarining jismoniy tarbiya fani o‘quv dasturiga kiritilgan. Yengil atletika mashg‘uloti organizmning hamma to‘qima va a’zolariga, birinchi navbatda tayanch-harakatlanish apparatiga, nafas olish va yurak-tomir tizimining faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yengil atletika tarkibiga yugurish, yurish, sakrash, irg‘itish, uloqtirish kabilar kiradi. Yengil atletikachining ovqatlanishi umumiy gigiyenik qoidalarni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Kichik va o‘rta masofaga yuguruvchilar, shuningdek, sakrovchilar va irg‘ituvchilarning ovqat tarkibida go‘sht, baliq, tuxum, pishloq, sut va sut mahsulotlari yetarli miqdorda bo‘lishi lozim. Mashg‘ulot o‘tkaziladigan joy chiqindi gazlar, changlar bilan ifloslantiradigan korxonalardan uzoqda va ko‘kalamzorlashtirilgan bo‘lishi kerak. Katta va o‘ta katta masofalarga sport yurishi, marafon yugurish mashqlari shahardan tashqari, transport qatnovi kam joylarda o‘tishiga e’tibor qaratish lozim. Yengil atletika mashg‘ulotlari sportning hamma harakatlari sifatini takomillashtirishga sharoit yaratadi. Tennis o‘z navbatida juda qiziqarli va yuksak mahorat talab etuvchi sport turidir. So‘nggi yillarda, ayniqsa, Vatanimiz istiqlolga erishgandan keyin O‘zbekiston tennisining taraqqiyoti keng tus ola boshladi.
“Taekvando” so‘zi - haqiqatni izlash yoki haqiqatgo‘y bo‘l deb tushuniladi. O‘zingni o‘rgan va sen borliqni his qilasan - taekvando ana shu falsafa asosiga qurilgan.
Ayollar futboli - sportning ommaviy turi hisoblanadi. Ayollar futboli organizmning hamma to‘qima va a’zolariga, birinchi navbatda tayanch- harakatlanish apparatiga, nafas olish va yurak-tomir tizimining faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayollar futboli xalqaro sport arenalardagi yirik g‘alabalarga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Sport gimnastikasi. “Gimnastika” grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, “mashq qildiraman” degan ma’noni bildiradi.
Gimnastika mashg‘ulotlari sog‘liqni mustahkamlash va muskul tizimining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Gimnastika mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish jarayonida odam bajarishi mumkin bo‘lgan hamma harakatlarning sifati, harakatlanish muvozanati, ayniqsa, vestibulyar apparatning funksiyasi takomillashadi. Gimnastika mashg‘ulotlaridan jismoniy tarbiyaning muhim vazifalarini hal etish uchun foydalaniladi. Jumladan, gigiyenik gimnastika sog‘lomlashtirish ahmiyatiga ega, shuningdek, odamning ish bajarish qobiliyatini oshirishga sharoit yaratadi.Ishlab chiqarish gimnastikasi mehnat unumdorligining oshishiga imkon yaratadi, charchashning oldini oladi.Davolash gimnastikasi turli xil kasalliklarni va shikastlanishlarni davolashda qo‘llaniladi.Gimnastika mashg‘ulotlari sportning deyarli hamma turida - tananing turli sohalari (bo‘yin, yelka, tirsak, panja, son-chanoq, tizza, boldir-tovon va hokazolar) muskullari, suyaklari, bo‘g‘in paylari chiniqishida keng qo‘llaniladi.Bobomiz Abu Ali ibn Sino butun dunyoga mashhur “Tib qonunlari” nomli asarida ham ginastika mashqlarining ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tgan.Shuni e’tiborga olgan holda, gimnastika mashqlarini gigiyenik ta’minlashda shaxsiy gigiyena, kun tartibi, chiniqtirish, ovqatlanish, kiyim va poyafzallar, sport inshootlarining gigiyenik talabga mosligini to‘g‘ri tashkil etish zarur.
Gimnastning shaxsiy gigiyenasi - sportning boshqa turlari bilan shug‘ullanuvchilar gigiyenaning umumiy qoidalariga muvofiq tashkil etiladi. Gimnastning mashg‘ulotlari aksariyat sport zalida o‘tkaziladi. Demak, gimnastning ko‘p vaqti bino ichida o‘tadi. Shu bois gimnast organizmini tashqi muhitning turli xil ta’siriga chiniqtirishga alohida e’tibor qaratish lozim.Gimnastika mashg‘ulotlarining xilma-xilligi. Turli xil sharoitlarda ularni bajarish mumkinligi, yoshidan qat’iy nazar, barcha odamlar shug‘ullanishi uchun qulay hisoblanadi. Gimnastika maktab, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarining jismoniy tarbiya fani o‘quv dasturiga kiritilgan.
Hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor barcha davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, soha xodimlari, shuningdek, ota-onalar oldiga yuksak mas’uliyatni yuklaydi va quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
oilada qizlarni ommaviy sportga jalb qilish, sportning har xil turlari bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash maqsadida ota-onalar o‘rtasida keng ko‘lamdagi tushuntirish - targ‘ibot ishlarini olib borish;
sportning inson salomatligiga foydasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida qizlarga batafsil ma’lumot berishga qaratilgan risola va bukletlarni chop etish va tarqatish orqali qizlarning sportga qiziqishlarini yanada oshirish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab sportning bir necha turlaridan to‘garaklarning ochilishi va muntazam faoliyat olib borishlarini ta’minlash;
to‘garaklarga malakali mutaxassislarni jalb qilish;
to‘garak a’zolari bilan sportning har xil turlaridan musobaqalar sovrindorlari bo‘lgan sport masterlari va chempionlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, master klasslarni tashkil etish;
qizlarni sport yo‘nalishlaridagi kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
sportchi qizlarning erishayotgan yutuqlari va joylarda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart- sharoitlarni ommaviy axborot vositalari orqali kengroq yoritish;
joylarda, ayniqsa, qishloqlarda sportni rivojlantirishda davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik mas’uliyatini oshirish hamda uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish talab etiladi.