Mavzu:O'smir yoshdagi qiz bolalarning jismoniy tarbiyasini tashkil etish va uning ahamiyati
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………….2
1.O’quvchi qizlar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishning nazariy asoslari………………………………………………………………………….5
2.O’quvchi qizlar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………………10
3.Jismonan sog‘lom, barkamol shaxsni shakllantirishda qizlar sportini rivojlantirishning mazmuni, shakl va usullari………………………………….18
4.O‘smir yoshdagi qizlar ma’naviy dunyo qarashini va jismoniy tarbiyasini shakllantirishda ustoz-shogirt munosabatlari o’rni…………………………………………..23
5.O’quvchi qizlar salоmatligi va turmush madaniyatini yaxshilashda jismоniy tarbiya va spоrtning ahamiyati……………………………………………..…27
XULOSA……………………………………………………………………….29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………30
Kirish
Mamlakatimiz kelajagi uchun sog’lom avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetkazishda jismoniy tarbiya va sportni ahamiyati juda katta. Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda bolalar cporti bilan birga O’quvchi –qizlar cportiga ham juda katta ahamiyat qaratilmoqda. Mamlakatimizda sog’lom farzandlarni voyaga yetkazib, ularni sog’lom, barkamol tarbiyalashda ayollarni o’rni juda katta.
Shu boisdan ham O’quvchi – qizlar sportiga berilayotgan etibor va yaratilayotgan shart sharoitlarni barcha cheka-cheka qishloqlar miqyosida ko’rishimiz mumkin. Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab kelajagimiz egalari bo`lgan yosh avlodni tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratildi. Shu boisdan ham hukumatimiz rahbariyati tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida e`tibor yanada kuchaytirildi. Mustaqil davlatlar ichida birinchi bo`lib, “Jismoniy tarbiya va sport to`g’risida”gi qonun, “Sog’lom avlod uchun” ordenini ta`sis etilishi va “O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to`g’risida”gi Farmon bugungi kunda Respublikamiz raxbariyati tomonidan yosh avlodni jismonan etuk insonlar bo`lib o`sib- ulg’ayishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarini yorqin ifodasidir.So`ngi yillarda jismoniy tarbiya va sport yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to`g’risida”gi Farmonida “Bolalarni jismoniy va ma`naviy tarbiyalashni
zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko`nikmalarini singdirishning sport soxasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashg’ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tadbiq qilishga ko`maklashish” lozimligi aloxida takidlanadi.
Ayni vaqtda sport ob`ektlaridan to`la va samarali foydalanish unib-o`sib kelayotgan farzandlarimiz, ayniqsa, qizlarimizning sportga bo`lgan qiziqish va intilishini orttirish yo`lida muhim o`rin tutadi.Hozirgi paytda yangidan bunyod etilgan bolalar sporti ob`ektlarida faoliyat ko`rsatayotgan 57,5 mingdan ortiq sport sektsiyalarida 1 million 800 ming nafardan ziyod bola sport bilan Shug’ullanayotgani va buning natijasida har qaysi sport inshootining kundalik o`rtacha bandlik darajasi 9,2 soatga etgani,
hech Shubhasiz, faoliyatimizning eng muhim samarasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz.O`tgan besh yilda mamlakatimizning barcha viloyatlarida namunaviy loyihalar asosida hajmi 25 metrga 12 metr bo`lgan 14 ta yangi, zamonaviy yopiq
suzish havzasi barpo etildi, 13 ta suzish havzasi qaytadan qurildi, 83 tasi kapital ta`mirlandi. Shu davrda 110 ta suzish havzasi foydalanishga topshirildi, ularning umumiy soni bugungi kunda yurtimiz bo`yicha 203 taga etdi.Hozirgi vaqtda 13 ming nafardan ortiq o`g’il-qizlarimiz mamlakatimizda ayni Shu sport turlari bilan muntazam ravishda Shug’ullanayotgani alohida e`tiborga sazovor.Mamlakatimiz
katta tennis va stol tennisi, badiiy va sport gimnastikasi, suzish, engil atletika,
basketbol, gandbol, voleybol, futbol, boks, dzyu-do, kurash va dunyo tarbiyalash va rivojlantirish.
Tarixan mavjud bo`lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baho berilgan. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch,
tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana bo`g’inlari harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jismoniy sifatlar deb atash qabul qilingan. Inson organizmining shu sifatlarini qanday namoyon qila olishiga
qarab individga kuchli, chaqqon, tezkor va h.k. deb baho berganlar. Bu sifatlar o`lchovga ega, uning ko`rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik ko`rsatkichlari deb ataladi va ko`rsatkichlar orqali individning ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorligi aniqlanadi