O\'smir yoshdagi qiz bolalarning jismoniy tarbiyasini tashkil etish va uning ahamiyati
Xulosa
Xulosa qilib aytganda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, sport musobaqalari insonning jismoniy jihatdan uyg’un, barkamol bo'lishi, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatlarini oshirish, har sohada raqo-batlashish imkoniyatlarini tarbiyalab yuzaga chiqaradi. Maxalliy millat qizlari o'rtasida deyarlik barcha sport turlari, hatto shtanga, boks, kurash kabi murakkab mashqlarini bajarishga layoqatlilar uchraydi. Ularni tanlash, sinovlardan o'tkazish va mahorat sirlarini davr talablari asosida o'rgatish lozim. Bunda mahalla faollari, sport muxlisi bo'lgan ota-onalarning tajribalariga ko'proq tayanish lozim bo' ladi.
Jismoniy mashqlar, ayniqsa, sport turlari O’quvchi-qizlarning jismonan barkamol bo‘lishi, sog‘lom, tetik bo‘lib, sog‘lom farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazishlarida eng muhim omillardan biridir. Bu jihatlar barcha oilalarga, ayniqsa, yosh oilalarga tobora tez singib bormoqda. Bunga qaramasdan ko‘pchilik keksa avlodlar, shuningdek, zamonaviy yosh oilalarda ham O’quvchi- qizlarning jismoniy tarbiyasiga e’tiborsizlik hamon kuchliroq.
Buning eng asosiy sabablari shundaki, urf-odatlarni ro‘kach qilib (bahona) O’quvchi-qizlarga ertalab yoki bo‘sh vaqtlarda gimnastika, o‘yinlar bilan shug‘ullanishni erkaklar ep ko‘rmayotir. Qolaversa, erkaklar va ayollarning ko‘pchiligi jismoniy mashqlarni ishlatish yo‘llari, ularning salomatlikni yaxshilashdagi tarbiyaviy jihatlarini yaxshi bilmaydi.
Shu sababdan ham, eng avvalo, oila, mahallalarda O’quvchi-qizlarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga tegishli shart-sharoitlar yaratish lozim. Milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda O’quvchi-qizlar uchun maxsus mashqlar majmuasi, osonlashtirilgan texnik qoidalar bo‘yicha sport turlarini ishlab chiqib, amalda joriy etish lozim. Bu yo‘lda teleradio va ommaviy axborot vositalari orqali mutaxassis olimlar, shifokorlar, ayniqsa, O’quvchi- qizlarning ma’ruzalar bilan chiqishini tashkil etish lozim.