tarbiyavaspоrtningahamiyati Mamlakatda maxalliy millat O’quvchi-qizlarining barcha sohalar-dagi kabi jismoniy madaniyat va sportda ham oz o rn i bor, mavzusi bor. Ayniqsa qizlarni sportga jalb etish, ularni tarbiyalab Xalqaro mu-sobaqalarda qatnashishlariga shartlar yaratish hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biridir.
Tabiat va inson, aniqrog’i esa, inson va tabiat hayot manbai, uning tugamas goyat go'zal manbai hisoblanadi. Tabiatning fasllari, uning xilma-xil va rango- rang manzaralari, ayniqsa xayvonot va insoniyat uchun yaratilgan noz- ne’matlar qanchalik ulug’, muqaddas bo'lsa, insoniyat olamida O’quvchi-qizlar u bunyodkorlikdan ustun bo'lsa-ustun, lekin kam emas. Bu oddiy falsafik mulohaza yoki munosabatgina emas, balki ij-timoiy turmush madaniyatdagi beqiyos ko'p bahslarga manbadir deyilsa odob-axloq dunyosidan chiqmagan bulamiz.
Bu masalalarda maxalliy millat O’quvchi-qizlari, ayniqsa oquvchi qizlarning jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy ravishda mashg’ul bo'lishi, barcha turdagi sport musobaqalarida faol qatnashishlariga bo'lgan munosabatlar, xayri-xoxliklar, intilishlar yurtimizda turli shakl va mazmunlarda ifodalanmoqda.
E’tirof etish lozimki, faqat markaziy shaharlardagina emas, uzoq qishloqlarda ham o quvchi qizlar jismoniy madaniyat va ommaviy sport musobaqalarida qatnashishni maqul ko'rishmoqda. Nufuzli sport mu- sobaqalarida (kurash, sport o'yinlari, futbol, sharqona yakka bella-shuvlar va hokazo) qizlarning mahorat ko'rsatishlari keng tarqalmoqda. Ayniqsa xorijiy mamlakatlardagi o'rtoqlik uchrashuvlar, Xalqaro tur-nirlar va boshqa rasmiy musobaqalarda ishtirok etib, bo'ynida marjondek tuzilgan medallarni ko'rgan kishilarning havasi keladi. Boshqa qizlar esa bunday muhim va kelajakka etaklovchi tarbiyaviy tadbirlarga havas, ehtiros va ishonch bilan qarashadi.
Bolalar sportini rivojlantirish to'g’risidagi Prezident Far-moni va Respublika Hukumatining qarori (2002 y. oktabr) o'z kuchi va ta’sirini ijobiy ravishda chuqur singdirayotganligini tan olish lo-zim. Tuman, shaharlardagi sport maktablarida shug’ullanayotgan mahal-liy millat qizlarining soni tobora oshib bormoqda. Sportga xavas-mand va iqtidori kuchli bo' lgan qizlarni tanlash, saralash va nazorat ostida tarbiyalab, ularning mahoratini oshirishga bo'lgan talab va eh-tiyojlar ham ancha yaxshilanmoqda.
Taxlil: Ammo bunday ijtimoiy madaniyat va pedagogik jarayonlar hamma joyda qizg’in amalga oshirilayotir, deyish qiyin. Buxoro shahar viloyatlardagi shahar va qishloq maktablarining o'quvchi qizlari bilan o'tkazilgan suhbatlar, pedagogik kuzatishlar va amaliy tajribalarimiz asosida quyidagi mulohaza va xulosalarni bayon qilish maqsadga muvofiqdir, ya’ni:
Sport to'garaklarining mashg’ulotlarida shug’ullanish va musobaqa- larda qatnashishga ishtiyoqi kam (50-55 %), jismoniy tayyorgarligi etarli emasligi (35-40 %) va boshqa bir qator sabablar qizlar orasida kamaygan emas.
Jismoniy tarbiya darslari o'quvchi qizlarning istak va xohishlariga (milliy tushuncha va urf-odatlar) unchalik to'g’ri kelmaydi (30-45 %). 0'g’il bolalarning darslar, sport mashg’ulotlari va musobaqalardagi turli xil harakat va “gap otishlari” qizlarning uyatchanligini oshiradi. (50-60 %) Sport kiyimida yurishda katta yoshdagi kishilarning qizlarga nis-batan g’ayri fikrlari va qarashlari maqsadga muvofiq emas (60-70%). Shunga o'xshash mulohaza va qizlarning fikrlari ancha ko'p ekanligini e’tirof etish mumkin. Shular asosida ba’zi bir takliflarni tavsiya etishiga to'g’ri ke-ladi, ya’ni: -Bolalar sportini rivojlantirish to'g’risidagi Prezident Farmoni va Respublika Hukumatining qarorlarini oila, maktab va mahalla sharo-itlarida yana ishlab chiqish, ularga amal qilish;
- Umumta’lim maktablaridagi sport turlari bo'yicha sektsiyalar, bolalar va o'smirlar sport maktablari faoliyatida qizlarga xos va mos bo'lgan mashg’ulotlarni ko'paytirish.