Mikotoksikozlar Ovqat mikotoksikozlari asosan surunkali kasallik bo‘lib organizmga ovqat mahsulotida don va don mahsulotlarida ko‘paygan mikroskopik zamburug‘larning hayot faoliyati mahsulotlarni
to‘kishi natijasida paydo bo‘ladi. Mikrotoksikozlarga aflotoksikozlar, alimenter toksik aleykiya (septik angina), ”achigan non” dan zaharlanish va ergotizm kiradi.
Alimentar toksik aleykiya (septik angina) ovqatda qor tagida
qolib qishlab qolib ketgan donni iste’mol qilish natijasida paydo
bo‘ladi. Erta bahordan qorlar erigandan oftob nuri ta’sirida dalalardagi
donda nam va issiq muxit hosil bo‘lib bu Fuzarium sporotichiellavarlar
turkumidagi zamburug‘ning ko‘payishiga imkon beradi.
Kasallikning tarqalishi bahor faslining oxirida yozning boshlarida
zaxarlangan g‘alla mahsulotlarini iste’mol qilingandan 1-3 hafta keyin
kuzatiladi. Aleykiya kasalligining boshlanishi qon paydo qiluvchi
a’zolar faoliyati buzilishi bilan ifodalanadi. Kasallikning rivojlanishida
qonda leykopeniya xamda qon tanachalarining hosil bo‘lishida
depressiya (trombopeniya, gipoxrom anemiya) alomatlari kuzatiladi. Leykotsitlarning miqdori 1 mm3 -1000 va undan kam, eritrotsidlarning soni 18.00000 gacha kamayishi mumkin. Terida gemoragik toshmalar paydo bo‘ladi. Tomog‘ning difterik yallig‘lanishi bilan birga og‘ir angina paydo bo‘ladi.
ProfilaktikasiDalada qor ostida qolib ketgan donlarni ovqatda iste’mol qilmaslik kerak. G‘allani yig‘ish va almashtirish punktlari tashkil qilinadi. Qishda qolib ketgan don boshoqlari bo‘lgan dalani erta haydash tavsiya etiladi.
O‘rov kasalligi (Kashin-Bek kasalligi). (Kashin-Bek kasalligi) O‘rov kasalligi sobiq ittifoqda uzoq Sharqda va Sharqiy Sibrda va Zabakayl o‘lkalarida endemik holda uchraydi. Kasallik birinchi marta 1869 yilda N.N.Kashin va 1906 yilda E.V.Bek tomomnidan Janubiy Sibirning O‘rov daryosi atrofida vodiyda yashovchilari orasidan topilgan. Shuning uchun ham kasallikka O‘rov kasalligi yoki «Kashin-Bek» deb nom berilgan. Bu kasallikkda suyakning o‘sishi susayadi natijada oyoq va qo‘l suyaklarining qisqarishiga olib keladi.
O‘rov kasalligi mahalliy don o‘simliklarining fuzarium sporotrixella turkumidagi toksik zamburug‘lardan zaralanish tufayli kelib chiqadi. Ikkinchi nazoratga ko‘ra O‘rov kasalligi tuproqda suv xavzalarida oziq-ovqat mahsulotlarida ichimlik suvida kalsiy darajasi past bo‘lgan holda
stronsiy miqdori ortiqcha bo‘lganda stronsidraxiti toksikozi sifatida avj oladi.