ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O‘yin tuzilishiga- maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O‘yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. Uo‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi.Ilmiy tadqiqod ishlari natijasi shuni ko’rsatadiki, nazariy jihatdan o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qarash mumkin. O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi. O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi quyidagilarni qamrab oladi:
-o‘ynash uchun olingan rollar;
- bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
- haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
-o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;
- o‘yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o‘yin texnologiyalarida ham, o‘quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o‘rgatmoqchi bo‘lganligini bilishi kerak. Bitta mashg‘ulotda bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.
NATIJALAR
O‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog‘cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o‘yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo‘ladi. Pedagogik ijrochilik o’yinlarini bola uch yoshdan boshlab o‘zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o‘zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi. Maktab yoshda bolalar o‘yin faoliyatini o‘zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar. Maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llaniladigan pedagogik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud:
1.Bolalar kayfiyatini ko‘taruvchi.
2.Hamkorlikka chorlovchi.
3.Bolalarni o‘zligini namoyon etishga chorlovchi.
4.Bolalarda o‘ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual muammolarni yo‘qotishga qaratilgan.
5. Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi (diagnostika).
6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
7. Millatlararo bag‘rikenglikni shakllantiruvchi.
8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o‘yinlar.
Dostları ilə paylaş: |