Fikrlash : - mantiqiy tafakkur ko’rgazmali, tasvirli jarayon asosida rivojlanadi.
Nutq:- ichki nutqning rivojlanishiga ma’lum tasir etadi.
Ixtiyoriy bilish jarayoni;- o’zlashtirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o’z fiktini jamlashga kirishadi.
Fiziologik sezgirlik: - individual ravishda aksariyat, xolda past darajada.
Bilim orttirish obyekti:- predmet va hodisalar o’rtasidagi sabab – oqibatli bog’liqlik .
Bilim ortirish usuli:-mustaqil faoliyat, kattalar va tengdoshlar bilan bilim orttirish muloqot qilish.
Muvaffaqiyatli o’zlashtirish shartlari:- shaxsiy dunyoqarashning kengligi, xar bir ishda bilimdonlik.
Muloqot yuritish sharti:- vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqot.
Tengdoshlari bilan munosabatlar:- hissiy ko’mak manbai.
His-hayajonlar:- yuqori darajadagi his- tuyg’ularga egalik.
O’yin faoliyati:- o’zini zimmasiga olgan ro’lga muofiq tutish shakillanadi
Interfaol o‘yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to‘g‘ri bayon etishga, boshqalarni tinglashga o‘rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o‘yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zamir bo‘lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o‘yinlarni samarali o‘tkazish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim:
1.Mashg‘ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmunini qay darajada tushunganliklarini aniqlash.
2.Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini hisobga olish.
3.Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish.
4. O‘yin jarayonida bolalarga qiziq bo‘lgan materiallardan foydalanish.
5. Diqqat va e’tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.
6. Bolalarga rohami to‘g‘ri taqsimlash.
7. O‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish.
8. O‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish va natijalarini prognoz qilish.
Pedagogik nuqtayi nazardan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak. O‘yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismidir. .O‘yin texnologiyasi an’anaviy tahimdagi o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro bog’liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
XULOSA Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tarbiya jarayonlariga pedagogik texnologiya va interfaol usullarni maqsadli qo’llash, maktabgacha yoshdagibolalarni intellektual qobilyatlarini, ta’lim shakillarini o’ptimallashtirish, bolalarning mustaqil faoliyatini o’stirish va ta’lim samarodirligiga erishishga olib keladi.