Guruhli o‘zaroalmashinuvchanlik. Oldindan o‘lchamlari bo‘yicha navlarga ajratilgan elementlar guruhlari doirasidagigina kiritish va almashtirish mumkin bo‘lgan xossa
O‘zaro almashinuvchanlikni yo‘l xo‘jaligiga joriy etish
Guruhli o‘zaroalmashinuvchanlik. Oldindan o‘lchamlari bo‘yicha navlarga ajratilgan elementlar guruhlari doirasidagigina kiritish va almashtirish mumkin bo‘lgan xossa.
To‘liqmas (cheklangan) o‘zaroalmashinuvchanlik. Talab etilgan anilikni osil ilish uchun detallar gurularga ajratib tanlash, kompensatorlar o‘rnatish, mashina va asboblardagi ba’zi qismlarning xolatini rostlash. Moslash usullari va boshqa tadbirlar qo‘llaniladigan o‘zaroalmashinuvchanlik.
To‘liq o‘zaroalmashinuvchanlik. Buyumlarning talab etilgan darajada sifatli bo‘lishi uchun detallarning geometrik, mexanikaviy, elektr va boshqa ko‘rsatkichlari birlashtiriladigan har qanday detallarni va tarkibiy qismlarni qo‘shimcha ishlovsiz, moslamasdan, to‘plamasdan yoki rostlamasdan yiqishga imkon beradigan aniqlikda bajarilganda amalga oshiruvchi xossa.
O‘lchamlar bo‘yicha o‘zaroalmashinuvchanlik. Funksional o‘zaroalmashinuvchanlikning tashkil etuvchisi bo‘lib, mashinadagi chiziqli va burchak o‘lchamlari, tirqishlari, o‘zaro masofalari va shu kabi ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘langan elementlar kompleksining umumiy aniqligi bilan belgilanadigan xossa.
Funksional o‘zaroalmashinuvchanlik. Buyumlarning vaqt davomida belgilangan chegarada maqbul va barqaror foydalanish ko‘rsatkichlari bilan ishlash qobiliyatini yoki yig‘ma qismlarning maqbul ko‘rsatkilar bilan sifatli ishlashini ta’minlaydigan xossa.
O‘zaroalmashinuvchanlik koeffitsienti. O‘zaroalmashinuvchanlik detallar va tarkibiy qismlarni tayyorlashga sarflangan mehnatning buyumni tayyorlashga sarflangan umumiy mehnatga nisbati.
O‘zaroalmashinuvchanlik prinsipi. Boshlang‘ich ilmiy - texnikaviy qoidalar majmuasidan iborat bo‘lib, ular, loyihalash, ishlab chiqarish va foydalanish jarayonlarida bajarilgan detallar, yig‘ma qismlar va buyumlarning o‘zaroalmashinuvchanligi ta’minlanadi.
Ob’ektlarning mos keluvchanligi. Ob’ektlarning tayyor murakkab buyumda o‘z o‘rnini egallashi va foydalanishi sharoitlarida birgalikda yoki ketma-ket ishlaganda ularning talab etilgan vazifalarini bajara olish xossasi.
O‘lcham. Chiziqli kattalik (diametr, uzunlik, va .k.)ning tanlangan o‘lchov birliklaridagi sonli qiymati.
haqiiy o‘lcham. Joiz xatolik bilan o‘lchash natijasida aniqlangan haqiqiy o‘lchash.
Nominal o‘lchash. Chekka o‘lchamlarni anilash va oishlarni isoblash boshi bo‘lib xizmat iladigan o‘lcham.
Chekka o‘lchamlar. Ikkita chekka joiz o‘lcham bo‘lib, haqiqiy o‘lcham ular o‘rtasida joylashishi yoki ularga teng bo‘lishi lozim.
Og‘ish. haqiqiy chekka va yoki o‘lchashlarning nominal o‘lchamdan algebraik farqi.
haqiqiy og‘ish. Nominal o‘lchamlar o‘rtasidagi algebraik farq.
Chekka og‘ish. Chekka va nominal o‘lchamlar o‘rtasidagi algebraik farq.
Joizlik. Eng katta va eng kichik chekka o‘lchamlar o‘rtasidagi farq yoki yuqori quyi og‘ishlar o‘rtasidagi algebraik farqning mutloq qiymati.
O‘tazish. Bir detalni ikkinchisiga nisbatan siljish darajasi isoblanadi.
Ichki va tashqi bozorda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovarlarni raqobatbardoshligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini xalqaro tovar numeratsiyasiga binoan indentifikatsiyalash, xaridor haq-huquqlarini himoya qilish, ishlab chiqarilayotgan tovarlarni avtomatik ravishda hisobga olishni ta’minlash maqsadida 1999-yili O‘zbekistonda tovarlarni - shtrix kodlash haqida qaror qabul qilindi va me’yoriy hujjat ishlab chiqildi. Unga asosan:
O‘zbekistonda shtrix- kodlash tizimi EAN (eurpean article Number) tovarlarni xalqaro numeratsiyalash asosida faoliyat ko‘rsatadi, milliy va
xalqaro shtrix - kodlashni mosligini va ma’lumotlarni o‘zaro ayirboshlashdagi yagona tilga keltirishini ta’minlaydi;
shtirix- kodlash ob’ektlari bo‘lib shtrixlar va oraliqlar shaklidagi ma’lumot belgilari (raqamlar, harflar, maxsus belgilar) xizmat qiladi.
xalqaro EAN shtrix - kodlash tizimidan foydalanayotgan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va mahsulotini EAN shtrix kodlash simvollari bilan ta’minlaydi;
me’yoriy hujjat talablari korxonalar, tashkilotlar va xo‘jallik sub’ektlari uchun majburiydir.
SMS (standarllashtirish metrologiya va sertifikatsiyalash) ITI (ilmiy-tekshirish instituti) qoshidagi shtrix kodlash markazi quyidagilarni amalga oshiradi:
turli moslamalarda(qog‘ozda, disketada, kompyuterda) shtrix - kod original maketini va o‘zi elimlanadigan yorliqlarini tayyorlaydi;
original maketdagi va qutidagi shtrix kodlarni tekshirib tasdiqlab beradi;
tovardagi, qutidagi va yorliqdagi shtrix kod muhrining sifatini tekshirib beradi;
O‘zbekistonda ishlab chiarilayotgan mahsulot shtrix - kodlarining davlat reestrini yuritadi.
Shtrix-kod bu optik ravishda ko‘ndalang skanerlab qo‘yiladigan parallel terilgan turli qalinlikdagi va oraliqlardagi belgilardir.
Shtrix-kod turli endagi shtrix va oraliqlar shaklidagi ketma - ket joylashgan raqamlar, harflar va belgilarni qo‘yishdan iboratdir. Bu esa tovar haqidagi ma’lumotlarni kompyuterga tez va aniq kiritishga yordam beradi.
Rasmda tovar shtrix kod belgisining namunasi keltirilgan:
Ba’zi davlatlaming prefiks kodlarini misol tariqasida keltiramiz: O‘zbekiston - 478,Q ozog‘iston - 487, Rossiya - 460-469, Turkiya 869, Xitoy- 690- 693, Germaniya - 400-440, Janubiy Koreya - 888, ASh - 00-13.
Shtrix - kod skanerlab shtrixlarni o‘qib tagiga yozilgan raqamlar sifatida ma’lumotlarni kompyuterga kiritishdir:
Shtrix kodni amaldaq uyidagi sohalarda qo‘llash foydalidir:
qadolashdagi va konveyrdagi mahsulotni avtomatik ravishda navlarga ajratish;
tovarning partiyaisini kuzatish;
ishlab - chiqarishdagi xabarlar, ish vaqti va ishga qatnashishni hisobga olib borish;
omborxona ishlarini avtomatlashtirish, zahiralarni hisobga olish, chakana savdo qilish;
tovar ayirboshlash va ishlab chiqarishda turlarga va navlarga ajratishni avtomatik tizimi, ombordagi va sotuvdagi mahsulotlarni doimo hisobga olib turish, yuborilgan yukni kuzatish, qurilish materiallari haqidagi ma’lumotni qayta ishlashda ko‘mak beradi.
Shtrix -kod juda aniq ma’lumotlar ba’zasidir. Agarda qo‘lda 10 belgida bir xatolik bo‘lsa, shtrix -kodlashda 1 mlnga 1 xatolikka yo‘l qo‘yilar ekan. Shtrix - kodni qo‘llashda quyidagi afzalliklar mavjud:
qanday mahsulot bo‘lishdan qat’iy nazar zahirani aniq nazorat qilish;
ishlab - chiqarishdagi to‘xtalishlarni kamaytiradi;
ishlab - chiqarish haidagi axborotga tezda ega bo‘lish va statistikani yaxshilash;
ma’lumotlarni qayta ishlashdagi aniqlik;
yuklatilgan va saqlanayotgan mahsulotlarni aniq hisobini olib borish;
boshqaruvda hujjatlarni tez aylanmasiga olib keladi.
Xulosa
O‘zaroalmashinuvchanlik mashinalardan foydalanishni soddalashtiradi. Mashinalarning ta’miri amalda singan va yeyilgan detallarni almashtirish bilan cheklanadi. Bu esa mashinalar yig‘ish va ta’mirlash jarayoniga yuqori malakali ishchilar talab etilmaydi.
Uzel va detal konstruksiyasiga o‘zaroalmashinuvchanlik quyidagi asosiy talablarni qo‘yadi:
uzel va detallarning shaklini soddalashtirish ularni tayyorlashni arzonlashtiradi va kerakli aniqlikda ishlov bcrishni ta’minlaydi;