Mavzu: O`zbek orfografiyasi va uning boshlang`ich ta’lim dasturi hamda darsliklarda aks etishi, o`rgatishga tavsif



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix13.12.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#74528
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
U U U U U U U U U U U - to‘g‘ri
U U U U U U U U U U U - to‘g‘ri 
U U U U U U U U U U U U U - nоto‗g‗ri 
Huddi shuningdek, so‗zlarni yozishda ham harflarni juda zich yoki ularning 
оrasini keng qilib yubоrmay bir me‘yorda yozishga оdatlanish zarur. So‗zlarning 
оrasidagi masоfa esa bir хilda saqlanishi (5-6 mm dan оshmasligi, bundan оz ham 
bo‗lmasligi) kerak.
Хatning chirоyli chiqishida harflar va so‗zlar оrasidagi masоfa bir хilda katta 
rоl o‗ynaydi. Shuning uchun 3 sinfda bu masalaga alоhida e‘tibоr berish lоzim.
Masalan:
Lola – mening dugonam. - to‘g‘ri 
L o l a – m e n i n g d u g o n a m . - to‘g‘ri 
L ola– men in g dugonam. - nоto‘g‘ri 
So‗zlarni qatоrga to‗g‗ri jоylashtirish malakasi ko‗prоq ko‗chirib yozuv 
mashqlari оrqali hоsil qilinadi. Uchinchi sinfda bоsh harflarning yozilishini 
ko‗prоq mashq qildirish lоzim. Bоsh harflarni mashq qildirish оrqali ayrim ish 
qоg‗оzlarini хat, adres va hоkazо yozish qоidalari ham tushuntiriladi. Bunday ish 
qоg‗оzlarini aniq, оzоda va to‗g‗ri bajarish shu sinfdan bоshlab talab etiladi. 
3- sinfda yozuv bilan bоg‗liq bo‗lgan har bir dars husniхat talablaridan chetda 
qоlmasligi kerak. 
Ma‘lumki, yozuv san‘atning bir turidir. Yozuv insonning his–tuyg‗usi hamda 
ruhiy qiyofasini namoyon qiladigan sifatlardir. Bu sifatlarni amalga oshirish esa 
ona tili fanining maqsadlaridan biridir. 


51 
O‗quvchini orfografik hushyorliki va savodli yozishga o‗rgatish albatta 
boshlang‗ich sinflarda amalga oshiriladi. Bola bu davrda so‗zlarni yozuv 
taxtasidan va kitobdan ko‗chirib to‗g‗ri yozish malakasini egallaydi. Asta–sekin 
so‗z birikmasi, gap tuzishni o‗rganadi. 
Boshlang‗ich sinflarda o‗quvchilarni grammatikaga oid bilimlarini o‗rgatish 
va ularni yozma nutqlarini shakllantirishda yozma ishlar alohida o‗rin tutadi. Bular 
– ko‗chirib yozish, diktant, bayon, insho tarzida amalga oshiriladi. 
Bolalar savodxonligini oshirishda foydali bo‗lgan mashqlardan biri – yozma 
ishlardir.
Uni o‗tkazishda o‗quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, aniqlikka 
e‘tibor berish soddadan murakkabga qarab borish muhim ahamiyatga egadir. 
Yozma ishlar quyidagi shakllarda bo‗ladi: mashqlar ko‗chirib yozish, diktant, 
bayon, insho. Mashqlar o‗quvchining ona tilidan olgan bilim va malakalarini 
mustahkamlash maqsadida qo‗llaniladi. 
Mashqlar bajarish natijasida o‗quvchilar: 
a)olgan bilimlarini ongli o‗zlashtira boradilar, 
b)bilimlarni amalda qo‗llay oladilar, 
v)savodli fikrlash malakalari ham orta boradi. 
Mashq bajarish jarayonida til faktlarini doimo kuzatib boradilar
taqqoslaydilar va nihoyat umumlashtiradilar. 
Yozma va og‗zaki nutq madaniyatlarini takomillashtirish imkoniyatlariga ega 
bo‗ladilar. 
O‘rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovushni ajratish, yangi harf 
bilan tanishtirish, mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, 
shuningdek qo‘shimcha so‘zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o‘qish va tahlil 
qilishga, ko‘rgazma vositalari bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit 
doskasi, abak, sirli mato, rasmlar va b.) nutq o‘stirishga, o‘yinlar va qiziqarli 
materiallarga, ilgari o‘rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga 
alohida ahamiyat beriladi. Tarqatma materiallardan ham foydalaniladi. 


52 
Birinchi uchragan so‘zlar bilan ishlash; ochiq bo‘g‘inlar bir undosh bilan 
tuziladi va o‘qiladi, yopiq bo‘g‘in esa unli bilan tuzilgan ochiq bo‘g‘inni o‘qib 
keyingi undosh o‘qiladi va so‘z to‘liq tuziladi. 
YAngi so‘z urg‘usi qo‘yilgan holda beriladi, bu uni o‘qishga, bo‘g‘inlab 
o‘qishdek sintetik o‘qishga (so‘zni butunicha o‘qishga) yordam beradi. 
YAngi so‘zni doskada katta bosma harflar bilan yozish o‘quvchilarga o‘qitish 
tavsiya qilinadi. So‘z shivirlash bilan o‘qiladi, kesma harf bo‘g‘in bilan yoziladi. 
Syujetli (rasmning asosiy mazmunini bildiradigan) rasmga qarab o‘qituvchi 
yordamida, uning yo‘llovchi so‘roqlari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish 
va analiz qilish). YAngi bo‘g‘in, so‘z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, 
sirli mato kabilarning va yangi so‘zni doskada va daftarda ―yasash‖ning ahamiyati 
juda katta. O‘qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko‘p bo‘lsa, 
ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o‘qish shunchalik ongli, qiziqarli 
bo‘ladi, malaka puxta shakllantiriladi. Bola endigina o‘qiy boshlagan bosqichda 
ularni qatorni yo‘qotmaslikka, shuningdek, hatto, so‘zdagi keyingi harfni,keyingi 
so‘zni yo‘qotmaslikka o‘rgatish juda muhimdir. Bu vazifani savod o‘rgatishning 
boshlang‘ich bosqichida xatcho‘p(o‘qiyotgan betni belgilab qo‘yish uchun kitob 
ichiga solib qo‘yiladigan qog‘oz yoki lentacha) va tayoqcha bajaradi. O‘qilayotgan 
qatorni kuzatib borish ko‘nikmasi sinf o‘quvchilaridan o‘rtog‘ining xatosini 
to‘g‘rilashni talab qilish bilan ham erishiladi. O‘quvchilar bu talabni qizg‘anib 
bajaradilar, shu yo‘l bilan ularda darsga, o‘qishga e‘tibori jalb etiladi. 
Quyida boshlang‗ich sinflarda fonetik mashqlar ustida ishlash hamda fonetik 
tahlil qilish metodikasidan namunalar keltiramiz. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin