Sinfdan tashqari o„qish va nutq o„stirish
Sinfdan tashqari o‗qish mashg‗ulotlari uchun sinf kutubxonasini tashkil
qilish. Sinfdan tashqari o‗qish uchun hajm va mazmun jihatidan 1-sinf alifbe
davri uchun mos ertak, hikoya, masal kabilarni to‗g‗ri tanlash.
O‗quvchilarni sinfdan tashqari o‗quv materiali bilan tanishtirishda ifodali,
jonli nutq sharoiti, pedagogik mahorat va artistlik ko‗maklarini uyg‗un qo‗llash.
Sinfdan tashqari o‗quv mashg‗ulotlarida o‗quvchilarning ota- ona yoki
tarbiyachi ko‗magida o‗rgangan ertak, hikoya, hadis va she‘rlaridan namuna
aytib berishlari, uyda bolani kitobxonlikka havas uyg‗otuvchi muhit yaratishga
erishish.
O„zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. Savod o‗rgatish analitik-sintetik
tovush metodiga asosan olib boriladi. So‗z bo‗g‗inga bo‗linadi, bo‗g‗indn kerakli -
o‗rganilayotgan tovush ajratib olinadi, tahlil qilinadi, o‗rganilayotgan harf bilan
16
sintezlanadi, shu asosda harf va butun o‗qish jarayoni o‗zlashtiriladi.Bunda o‗zbek
tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi.
Savod o‗rgatishda o‗zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini
hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
№ XUSUSIYATLAR
O‗ZIGA XOSLIKLARI
MISOLLAR
1. Tovush-harf
bilan
tanishtirish
unlilardan
boshlanadi.
6 ta unli fonema bor.
E,o,a,u,i,o‗
2. Undoshlarni
o‗rgatishda
ham
muayyan
tartibga,
talabga asoslaniladi.
24 ta undosh tovush bor.
Yozuvda 23 ta harf bilan
ifodalanadi:
3
tasi
harf
birikmasi, 21tasi yakka harf.
B,d,f,g,j,k,l,m,
n,p,q,r,s,t,v,x,y,z,
g‗,sh, ch, ng.
Davlat ta‘lim standarti asosida o‗quvchilar orfografiyadan egallashi lozim
bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalar.
Umumiy o‗rta ta‘limning davlat ta‘lim standarti o‗quvchilar umumta‘lim
tayyorgarligiga, saviyasiga qo‗yilgan majburiy minimal darajani belgilab berdi.
Boshlang‗ich sinflarda o‗quvchilar ona tili bo‗yicha quyidagi bilim, ko‗nikma
va malakalarni egallashlari shart:
O‗quv yili davomida 1–sinf o‗quvchilari quyidagilarni bilishlari lozim: o‗zbek
alifbosidagi harflar nomini, unli va undosh tovushlarning belgilarini, jarangli va
jarangsiz undosh tovushlarni, bo‗g‗in ko‗chirish qoidalarini.
O‗quvchilar quyidagilarni uddalay olishi kerak: matnni sinf taxtasi va
darslikdan orfografik hushyorlik qoidalariga rioya qilgan holda chiroyli, to‗g‗ri
ko‗chira olishni, talaffuzga mos bo‗lgan 25-30 so‗zli matnni harf va bo‗g‗inlarni
tushirib qoldirmay, oshiqchasini qo‗shmay, o‗rin-tushuncha beriladi va bu haqdagi
badiiy boshqa matnlarni o‗qish tavsiya etiladi.
17
1.2. 1-SINF ONA TILI DARSLARIDA CHIROYLI YOZUV
DAQIQALARINI O`TKAZISHNING PSIXOLOGIK VA MЕTODIK
ASOSLARI
Orfografik malaka - murakkab malaka. U o‗z ichiga yozuv, so‗zning tovush
tomonini tahlil qila olish ko‗nikmasi, grammatik bilim asosida orfogrammani
tanish, unga kеrakli qoidani tadbiq etish va, nihoyat, bu orfogrammani to‗g‗ri
yozishni oladi.
D.V.Bogoyavlеnskiy orfografik malaka shakllanishidagi murakkab psixologik
vaziyatlarni taxlil qilib, muayyan tilning uziga xos xususiyatlaridan kеlib chiqib,
jumladan, to‗g‗ri yozuvga asos bo‗ladigan orfografik assotsatsiya strukturasini
bеlgilaydi. Masalan, u orfogrammani eshitish va artikulyatsiya orqali idrok qilish -
ko‗rish tasavvuri - yozuv rеaktsiyasi, morfеmalarni eshitish va artikulyatsiya orqali
idrok qilish - ma'nosi va grammatik moxiyat - ko‗rish tasavvuri - yozuv
rеaktsiyasi, so‗zni eshitish va artikulyatsiya orqali idrok qilish - uning ma'nosi va
ko‗rish orqali hosil bo‗lgan tasavvur -yozuv rеaktsiyasi kabilarni fonеtik,
morfologik va traditsion yozuvga mos holatlar, dеb qayd qiladi.
Orfografiya o‗qitishda psixologik asoslar masalasiga L.V.Zankov jiddiy
e'tibor bеrgan. U o‗zining ekspеrimеntal ta'limida o‗quvchilarning to‗g‗ri yozuvni
egallashdagi
individual
farqlarni
hamda
ularning
umumiy
rivojlanish
xususiyatlarini hisobga olish masalasini qo‗yadi. Olim o‗z asarlarida hali
o‗rganilmagan imlo qoidalariga oid orfogrammani matnlarni yozdirish natijasida
o‗quvchilarning shaxsiy individual xususiyatlarini tahlil kilib, ta'limda bolaning
umumiy rivojlanishini hisobga olish tеndеntsiyalarini bayon etadi.
O‗qish va yozish ko‗nikmasi takomillasha borib, malakaga aylantiriladi.
Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim.
Yozish malakasida o‗quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida
o‗ylab o‗tirmay, so‗z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o‗qish va yozish
malakasi harakatning o‗ylab o‗tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka
18
o‗qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga
yetkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |