Mavzu: O`zbek orfografiyasi va uning boshlang`ich ta’lim dasturi hamda darsliklarda aks etishi, o`rgatishga tavsif


Bog„lanishli nutq (matn) ustida ishlash



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix13.12.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#74528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog„lanishli nutq (matn) ustida ishlash. 
Og‗zaki nutq madaniyatini egallash, unga xos xususiyatlarni bilish; 
o‗quvchilardan gap va nutqni grammatik, orfografik, stilistik jihatdan adabiy til 
me‘yorlariga rioya qilgan holda tuzishga o‗rgatish. Og‗zaki nutqni rivojlantirish 
uchun o‗quvchilar lug‗at boyligini izchil oshirib borish, gapning sintaktik 
tuzilishiga oid bilimlarni amaliy jihatdan egallash, nutq birliklari o‗rtasidagi 
mantiqiy uyg‗unlikni ta‘minlashga oid malakalarni rivojlantirish, yangi harf-
tovushga bog‗lab tavsiya etilgan so‗zlar ma‘nosini o‗quvchilarga to‗liq 
anglashilishiga erishish, rasm asosida o‗zaro bog‗langan kichik hikoyachalar 
tuzishga o‗rgatish. 
O‗quvchilarning bog‗lanishli nutqini o‗stirishga oid ta‘limiy ishlarni amalga 
oshirish. 

O‗quvchilar bilan rasmlar asosida hikoya tuzish; 

Rasm mazmuniga mos sarlavha toptirish; 

Alifbe darsligi va sinfdan tashqari mashg‗ulotlarda o‗rganilgan o‗quv 
materiallarini qayta hikoyalash

Savollarga to‗liq va burro javob berish; 

Adabiy nutq me‘yorlarini amaliy jihatdan o‗rgatishga e‘tibor qaratish ( 
bu sohada o‗qituvchi nutqi o‗quvchilar uchun namuna bo‗lishi kerak); 

Topishmoq, maqol, hikmatli so‗zlar ustida ishlash (darslik materiallari 
va sinfdan tashqari o‗qish uchun tanlangan o‗quv materiallari asosida); 


15 

Kichik guruhlar bilan ishlashda sinf o‗quvchilarini aqliy-intellektual 
jihatdan teng guruhlarga taqsimlash, guruhlarga bog‗lanishli matn tuzishga 
oid muammoli topshiriqlar berish, guruhlar javobini sharhlash asosida g‗olib 
guruhni rag‗batlantirish; 

Yakka tartibda (individual) ishlarda o‗quvchida o‗z nuqtini 
rivojlantirib borishga ishtiyoq uyg‗otish (lug‗at daftari, yangi she‘r, hikoya, 
ertak mutolaasi asosida); 

So‗zlarni yaxlit, gaplarni ifoda mazmuniga (darak, buyruq, so‗roq) 
mos ohangda o‗qishga erishish; Qahramon xarakterini ohang orqali
ifodalash; 

Matn ichida qo‗llanilgan tinish belgilariga rioya qilish malakasini 
shakllantirish; 

4 va 8 misrali she‘rlarni yod oldirish. 
Lug‗at ustida ishlash. O‗quvchilar nutqini boyitish, ular nutqida kam 
qo‗llaniladigan so‗zlarni alohida yozdirib borish, dars jarayonida lug‗at daftaridagi 
so‗zlarning ishlatilishiga e‘tibor berish bilan qo‗shib olib borilishi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin