I SINF
SAVOD O‘RGATISH VA NUTQ O‘STIRISH
(128 soat)
Savod o‗rgatish davri sentabr oyidan to dekabr oyining oxirigacha bo‗lgan
muddatni, ya‘ni 2 o‗quv choragini qamrab oladi. Savodga o‗rgatish jarayoni
tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta‘lim
savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga
oshiriladi. Savodga o‗rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‗ra matndan gap, gapdan
so‗z, so‗zdan bo‗g‗in va tovush, yoki aksincha, tovush → bo‗g‗in → so‗z → gap
→ matn uzviy aloqada butundan bo‗lakka, bo‗lakdan butunga qarab tahlil va tarkib
qilinadi. Bu esa, o‗quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik,
mantiqiylik, ilmiylik kabi didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini
vujudga keltiradi.
Boshlang‗ich ta‘limning ilk savodga o‗rgatish davridanoq o‗quvchilar nutqini
yangi so‗zlar hisobiga boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi.
11
―Alifbe‖ darsligida berilgan yangi so‗zlar matn, hikoyacha va she‘rlardan
foydalanib, o‗quvchilarni so‗z ma‘nosi bilan atroflicha tanishtirish, she‘riy va
nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e‘tibor beriladi. Shuningdek,
sinfdan tashqari o‗qish darslarida o‗quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan
tanishtirib borish, ularni mustaqil o‗qishga, ota-onalar va o‗qituvchilar yordamida
badiiy o‗qishga qiziqtirish, o‗quvchi nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam
beradi.
Tayyorgarlik davri ( 8 soat)
1. Tayyorgarlik davrida o„qish darslari.
O‗quvchilarni darslik va qo‗shimcha ko‗rgazmali illyustrativ materiallar
(rasmlar, fil‘moskop, buyumlarning asl nusxasi va darslikdagi rasm-
illustratsiyalar) vositasida maktab ta‘limiga moslashtirishga, o‗quvchilar qo‗lini
yozuvga tayyorlash, gapdan so‗z, bo‗g‗in va tovushni turli harakatlar (oyoq, qo‗l
harakati, o‗yin elementlari) asosida o‗rgatishga e‘tibor beriladi.
Bu davrda o‗quvchilar, asosan, quyidagi tushuncha, malaka va ko‗nikmalarni
egallaydilar:
o‗quv predmeti mazmuni asosida tashkil etiladigan dars
haqidagi amaliy ko‗nikma; darsning muayyan vaqt oralig‗ida davom
etishi; dars jarayonida o‗quvchining tutgan pozitsiyasi haqida
tushuncha;
rasm mazmunini anglash, rasm mazmuni asosida mantiqiy
izchillikka ega bo‗lgan matn tuzish;
darslik bilan ishlash, og‗zaki nutq haqida tushuncha;
yozma nutq, gap haqida tushuncha;
so‗z va bo‗g‗in haqida tushuncha;
unli va undosh tovush haqida tushuncha;
maktab partasida to‗g‗ri o‗tirish;
darslikdan foydalanishga oid ilk o‗quv ko‗nikmalarini
shakllantirish.
|