Mavzu O’zbekiston iqtisodiyotida buxgalteriya hisobini tashkil
Buxgalteriya usullarining nomi
Xususiyati
1
Hujjatlashtirish
Buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish
2
Inventarizatsiya
Korxona mablagʻini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish
3
Baholash
Xoʻjalik mablagʻlari, majburiyatlar va xoʻjalik
jarayonlarini pul oʻlchov birligida aks ettirish
4
Kalkulyatsiya
Yaratilgan mahsulot (ish va xizmat)lar birligi
tannarxini aniqlash
5
Ikkiyoqlama yozuv
Har bir xoʻjalik muomalasining summasi ikki
marotaba: bir schyot debeti va ayni vaqtda oʻzaro bogʻliq boshqa schyotning kreditida aks ettirish
6
Schyotlar rejasi
Mablagʻlar tarkibi va joylashtirilishi, ularning
manbalari boʻyicha aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish
7
Buxgalteriya balansi
Muayyan sanaga korxonaning mol-mulki va ularning manbalari toʻgʻrisidagi axborotni iqtisodiy guruhlashtirish hamda pul bahosida umumlashtirish
8
Hisobot
Moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tavsiflaydigan umumlashtirilgan koʻrsatkichlar tizimini oʻzida mujassamlashtiradi
Ikkinchi ma'noda - alohida foydalaniladigan usullar ma'nosida - qoʻllaniladigan usullar yigʻindisi hisobning metodologiyasi (uslubi)ni tashkil etadi.
Metodologiya buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni yechish imkoniyatlari, ya'ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar korxonaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini ta’minlash bevosita buxgalteriya hisobini korxonada qay darajada tashkil etganliklari bilan bo’liq hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining aniq, ishonchli, uzluksiz bo’lishi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning usullari bilan baholanadi. Sababi Buxgalteriya usullarining barchasi bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Ularning birini oqsashi boshqasini ham rivojlanmay faqat orqaga ketishiga sabab bo’ladi. Keling bularni misollar orqali ko’rib chiqamiz.
Aytaylik, avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona rahbari auditorlik xizmatini yolladi. Sababi, korxonada moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlari orqaga ketayotgan edi. Auditorlik tashkiloti mutaxassis sifatida avvalambor, buxgalteriya usullarini tashkil etuvchi omillarni tekshiruvini amalga oshirdi. Bir qarashda, hujjatlashtirishlar to’g’ri, o’z vaqtida amalga oshirilgandek ko’rinsa-da, inventarizatsiya natijasi shuni ko’rsatdiki, korxonada hujjatlarda aks etgan asosiy vositalar soni amalda teng kelmas ekan. Buxgalteriya balansi yil so’ngida aktiv va passiv qismlarida bir xil summa aks etib turgan bo’lsa-da, balansga ishlab chiqarilgan mahsulotga ketgan xarajatlar to’liq aks ettirilmagan va buning natijasida kalkulyatsiya xato natija bilan hisoblanib, avtomobil tannarxi tushib ketgan. Bu esa korxonaga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatgan. Auditor korxonani barcha kamchiliklarini bartaraf etib, hujjatlashtirishdagi xatolarni to’g’irlab, qayta inventarizatsiya o’tkazish natijasida kelib chiqqan kamomad sabablarini aniqlab, ularni bartaraf etib, barcha xarajat va daromadlar oqimini ikkiyoqlama yozuv asosida aks ettirib, kalkulyatsiya qilish jarayonida vujudga kelgan xatolarga to‘g‘irlashlar kirgazib, korxonaning ahvoli haqida aniq bir xulosa qilib, rahbarga hisobot topshirdi. Ishonchli manbalarga asoslangan hisobot orqali korxonaning kelajagini bashorat qilish va keyingi o’rinlarda qanday islohotlar amalga oshirish zarurligi aniq bo’ladi.
Eng avval shunga e’tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir bo’ladigan barcha xo’jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag’larni aks ettiruvchi axborotlarni shakllantiradi. Har xil jarayonlarda sodir bo’ladigan operatsiyalar soni hamda korxona ixtiyorida joylashgan mablag’lar turi va manbalari juda ko’pdir. Har bir xo’jalik operatsiyasi mablag’lar hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini umumlashtirish, shakllantirish hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi.
Lekin xo’jalik jarayonida bo’lib o’tayotgan barcha hodisalarni ham hujjatlashtirish yordamida qayd qilib bo’lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo’qolish, mablag’larni qabul qilish va topshirish paytidagi noaniqliklar, hisobdagi xatolar va qolaversa, o’g’riliklar tegishli qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni tashuvchilar hamda hisobda aks ettirilganlaridan chetga og’ishishiga olib keladi. Bunday hodisalarni rasmiylashtirish, ular sodir bo’layotganda emas, balki ma’lum bo’lgandagina mumkin bo’ladi. Dastlabki axborot tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, hujjatlashtirishga zaruriy qo’shimchalar, ya’ni qayta ro’yxatga olish yordamida aniqlanadi. Uning ma’lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z vaqtida hisobga olinmay qolgan hisob ko’rsatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi.
Shunday qilib, hujjatlashtirish va ro’yxatga olish buxgalteriya hisobining obyektlarini dastlabki kuzatishni amalga oshirish uchun qo’llaniladi. Ulardan foydalanish - mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. HujHujjatlashtirish va ro’yxatga olishning ma’lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning xatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan muomalalarning qonuniyligi, mablag’larning to’g’ri saqlanishi, ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, xo’jalik operatsiyalari va mablag’lar turli-tumandir. Lekin buxgalteriya hisobi ular haqida yig’ma ko’rsatkichlarni berishi kerak. Bu, yig’iladigan ma’lumotlar pul o’lchovlarida ifodalanadi. Buning uchun buxgalteriya hisobida baholash usuli qo’llaniladi. Baholash yordamida natura va mehnat ko’rsatkichlarini pul ko’rsatkichlariga aylantiriladi.
Хo’jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan barcha chiqimlarni hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham jonli ham moddiylashtirilgan mehnatni hisoblab chiqish kerak. Bunda xar bir chiqim turining miqdorinigina emas, balki aniq bo’lgan, ularning obyektiga tegishli bo’lgan umumiy summasini topish, ya’ni hisobga olinayotgan mahsulotlarning tannarxini aniqlab topish lozim bo’ladi. Mahsulot tannarxi - ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori ustidan nazorat qilish uchun qo’llaniladigan kalkulatsiya yordamida hisoblab topiladi. U obyektlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobining obyektlari tarkibidagi va funksiyalaridagi farqlanishlar ularning ustidan alohida guruhlar bo’yicha, masalan, mehnat vositalari, buyumlari, pul mablag’lari va hokazolarni kuzatish zarurligini taqozo etadi. Undan tashqari, ushbu guruhlarning ichida mablag’larning alohida turlari va ularning joylashgan joylari bo’yicha tashkil qilish kerak bo’ladi. Demak, hisob bilan alohida ajratilgan har bir mehnat vositasining turi - binolar, mashinalar, uskunalar; mehnat buyumlari - asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, yarim tayyor mahsulot va boshqalar; pul mablag’lari ularning joylashgan joylari bo’yicha hisob-kitob, valuta va bankdagi boshqa schyotlar, korxonaning kassasida qamrab olingan bo’lishi kerak. Shu bilan birga bunday guruhlash ko’pincha yetarli deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat buyumlarining har xil turlari, aytaylik, asosiy materiallar ustidan kuzatish ularning har bir turi, navi, katta-kichikligi va hokazolar to’g’risida ma’lumotlar olishni talab qiladi. Shunga o’xshash guruhlash buxgalteriya hisobida mablag’lar manbalari va xo’jalik jarayonlari bo’yicha ham amalga oshiriladi. Хo’jalik mablag’lari va xo’jalik operatsiyalarini aks ettirishda, ularni boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni olishda, buxgalteriya hisobi obyektlarini iqtisodiy jihatdan guruhlashda buxgalteriya schyotlardan foydalaniladi.
Хo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikkiyoqlama yozuv vositasida amalga oshiriladi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati har bir xo’jalik operatsiyasi natijasida yuzaga keladigan ikki hodisani o’zaro bog’langan holda aks ettirishdan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilish operatsiyasini qayd eta turib, sotib olingan qiymatliklarning kelishi va mol yetkazib beruvchilarga to’langan pul mablag’larining sarflanishi ko’rsatkichlari o’zaro bog’lanadi yoki mahsulot tayyorlashga meteriallar sarflashni aks ettira turib, o’zaro bog’liqlikda ishlab chiqarish chiqimlarining oshishi va korxona omboridagi materiallarning kamayishi ko’rsatiladi. Operatsiyalarni bunday usul bilan yozish ularning iqtisodiy mazmunini ochib beradi va xo’jalik faoliyatini chuqurroq o’rganishga yordam beradi.
Buxgalteriya hisobi, aniq obyektlarning keng bo’lgan tarkibi korxona xo’jalik mablag’larini doimiy ko’zdan kechirish zarurligini taqozo etadi. Buning uchun xo’jalik mablag’larini ikki, ya’ni ularning turlari va joylashishi hamda tashkil topish manbalari qanday maqsadga mo’ljallanganligiga qarab, ko’rsatadigan buxgalteriya balansi xizmat qiladi. Хo’jalik mablag’larini aks ettirishning bunday tartibi ularning barcha yig’indisini o’zaro bog’langan holda ko’rish imkonini beradi va korxonaning ular bilan ta’minlanganligini tahlil qilishni yengillashtiradi.
Хo’jalik jarayonlarini vaqti-vaqti bilan ko’zdan kechirish buxgalteriya hisobida ularni tavsiflovchi ko’rsatkichlar ustidan kuzatish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday ko’rsatkichlar xo’jalik faoliyatining barcha asosiy uchastkalari bo’yicha belgilanadi. Bu ishlab chiqarish va sotish xajmi, foyda va rentabellik, tannarx va boshqalardir. Bularning hammasi hisob ma’lumotlari asosida budjet bajarlishining yig’ma tizimini ifodalovchi hisobotda aks ettiriladi. Hisobot hisob-kitoblarning ilmiy asoslangan tizimi yordamida tuziladi. U hisoblab chiqariladigan ko’rsatkichlarni to’g’riligini va ularning o’tgan davrdagi xuddi shunday ko’rsatkichlari bilan hamda korxonaning moliyaviy ahvolini baholash maqsadida boshqa korxonalarning xuddi shunday ko’rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining amaliyotida barcha usullar ajralgan holda emas, balki yagona butunlikning bir qismi sifatida quyidagi ketma-ketlikda qo’llaniladi. Hujjatlashtirishdan - xo’jalik operatsiyalari haqida dastlabki ma’lumotlarni olish uchun foydalaniladi. Ma’lumotlarni hujjatlashtirish asosida xo’jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida navbatdagi aks etirish amalga oshiriladi. Hujjatlardan ma’lumotlar, albatta, umumlashtirilgan pul o’lchovida ifodalanadi. Buning uchun natura va mehnat ko’rsatkichlaridan pul ko’rsatkichlariga o’tkazish imkonini beradigan baholash xizmat qiladi.
Hujjatlarda qayd etilgan buxgalteriya hisobi obyektlari to’g’risidagi ma’lumotlar iqtisodiy jihatdan guruhlanadi va summalashtiriladi. Buning uchun esa schyotlar va ikkiyoqlama yozuvdan foydalaniladi. Schyotlardan olinadigan ko’rsatkichlar ikkiyoqlama yozuv yordamida o’zaro bog’lanadi. Schyotlarda keltirilgan ma’lumotlar inventarizatsiya jarayonida tekshiriladi va aniqlanadi. Тekshirilgan ma’lumotlar asosida u yoki boshqa obyektga tegishli bo’lgan chiqimlar, ya’ni ularning tannarxi hisoblab chiqiladi - kalkulatsiya tuziladi.
Shunday tarzda joriy buxgalteriya hisobi yuritiladi hamda korxona va uning tarkibiy bo’linmalarining faoliyati boshqariladi. Buxgalteriya hisobi ob’ektlarini joriy aks ettirish mablag’larning turlari va ularning manbalari sinov balansida solishtirish bilan nazorat qilinadi va ichki hisobot yordamida joriy ma’lumotlarni vaqti-vaqti bilan yig’ib yakunlanadi.
Shulardan ko’rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi usullari korxonadagi moliyaviy hodisalarni qayd qilib, kelajakda pul mablag’lari to’g’ri sarflanishi uchun,
hamda korxonaning iqtisodiy-moliyaviy barqarorligi to’liq ta’minlanishi uchun asos bo’luvchi omillar majmuidan iboratdir. Demak, har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z korxonasida buxgalteriya hisobi usullari qay darajada to’g’ri, mukammal, uzluksiz va ishonchli ekanligini nazorat qilishi va to’g’ri yo’lga qo’yishi zarur.
XULOSA. Men ushbu kurs ishimdan shuni xulosa qilib aytamanki Respublikamizda buxgalteriya hisobini tartibga solishda, buxgalterlar qonun doirasida himoyalangani, qonunlar puxta va adolatli ishlab chiqilganiga guvohi bo’ldim. Buxgalteriya hisobi amaliyotining istiqbolli yo’nalishlaridan biri ekanligi, uning muhim tarkibiy qismi hisoblangan boshqaruv hisobining ahamiyati beqiyos darajada ortib borishi, boshqaruv hisobi korxona faoliyatini tezkor va istiqbolli boshqarishda asosiy o’rinlardan birini egallagani, xalqaro standart talablariga to’liq muvofiq kelishi, xarajatlar va mahsulot tannarxini boshqarish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashni yaratib berishini ko’rdik. Ko’rib chiqanimizdek ushbu “Buxgalteriya hisoboti to’g’risida” gi qonunda buxgateriyaning hisobotini qonun doirasida xalqaro standartlarga mos ravishda nazorat qilinishi, maxfiyligi, saqlash, hisobotlarni topshirish, qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarliklar ko’rsatib o’tilgan.
Qonunda ta’kidlanganidek buxgalteriya hisobini yanda takomillashtish , tadbirkor va buxgalterlarga yangi qulayliklar yaratilmoqda. Yildan yilga ushbu qonun hujjatlarga yangiliklar, o’zagartirishlar kiritilmoqda. Sababi, rivojlanayotgan har bir mamlakat uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi tartib qoidalar, yangi texnoligiyalar, yangi tadbirkorlik g’oyalari yaratilar ekan albatta buxgalteriyaning ham yangi takomillashgan variantlari ham ortib boraveradi. Bu albattda xalq manfaatlarini ko’zlagan holda xizmat qilishiga guvohi bo’lmoqdamiz.
Qisqacha qilib aytganda ushbu qonun hujjatlari jamiyatimizni, ishlovchilarning keng imkoniyatlarini yaratish maqsadida, huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlashda va uni bartaraf etishda, ish sifatini yaxshilashda, vaqtni tejashda va boshqa ko’p imkoniyatlar uchun xizmat qiladi.