Mavzu: O’zbekiston qishloq aholi punktlari geografiyasi Bajardi: Saidboboyev Odilbek Qabul qildi: Ernazarov Sh toshkent-2023 Mundarija: reja



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/7
tarix25.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#195854
1   2   3   4   5   6   7
Saidboboyev

1-rasm
1-rasm Qishloq aholi punktlari turlari
tegishli yerlar.
Qishloq aholi punktlarining yerlari turlarga bo‘linadi:
posyolkaning qurilish yerlari;
umumiy foydalaniladigan yerlar;
qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa yerlar;
o‘rmon ekinlari bilan band bo‘lgan yerlar;
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yoʻnalishlarga moʻljallangan, ushbu maqsadlarda yuk tashish uchun hujjatlarga berilgan yerlar.
Yer uchastkalarining qishloq xoʻjaligi punktlari tarmoqqa kiritilishi ushbu uchastkalarga boʻlgan mulk huquqi, bu yerlarga nisbatan egalik, eksport hamda ijara huquqining tugatilishiga olib kelmaydi.
Qishloq aholi punkti yerlari tarkibiga mahsulot qishloq va o‘rmon xo‘jaligi zarari, kasalliklar va tashkilotlari tomonidan foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi va o‘z xo‘jaligi yerlari, zarur sharoit, qishloq aholi punktlarining ehtiyojlari uchun posyolka, qishloq va ovul fuqarolari. Yig'ini hududini arxitektura-rejaviy tibbiy tashkilot qurish, bosh yoki aholi punktini qurish loyihasiga muvofiq ravishda olib qo'yilishi mumkin
1.2. Qishloq aholi punktlari yer resurslaridan foydalanishni boshqarish ishlarini takomillashtirish
Bugungi kundagi dolzarb bo‘lgan muammolar qatoriga aholi punktlarida amaldagi xo‘jalik mexanizmining jiddiy kamchiliklaridan biri yer bozorining sust rivojlanganligi, uning iqtisodiy salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga imkon bermayotganligi, bu esa mablag‘larning tizimli ravishda yetishmasligiga olib keladi. Bu muammoni hal qilish uchun aholi punktlarida mavjud yer munosabatlari tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish zarur. Bular yer uchastkalarining past narxlari, yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini kadastr baholash usullarining nomukammalligi, yerdan foydalanish hisoblanadi.
Sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazaning nomuvofiqligi va boshqalar. Bu bosqichda asosiy e’tiborni yer munosabatlari va yer tuzishni takomillashtirish, qishloq hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,sanoatlashuv yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, shu jumladan, undan foydalanishni faollashtirishning eng muhim yo‘nalishlariga qaratish zarurligi bilan bog‘liq. Mamlakatimiz aholisining 49 foizi yashaydigan qishloq joylarda salmoqli demografik, mehnat va iqtisodiy salohiyat jamlanishiga qaramasdan, ular uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilmagan, turmush darajasi va sifatini oshirishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Jumladan, so‘nggi yillarda paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda hissasi yuqori bo‘lgan dehqonfermerlarning va boshqa toifadagi aholining hayotiy-maishiy extiyojlari to‘liq ta’minlanmagan. Bunday holat qishloq aholi punktlarini tubdan qayta yangilamasdan va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirmasdan, mamlakatimizni zamonaviy rivojlangan davlatga aylantirishga to‘siq bo‘lmoqda. Xususan, hududlarni o‘rganishlar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahalla va xonadonlarga kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari quyidagi tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan shaharsozlik me’yor va qoidalariga amal qilmagan holda, bino-inshootlar va uy-joylarni tartibsiz va o‘zboshimchalik bilan qurish holatlariga chek qo‘yilmayapti. Qurilish ishlarining qishloq va mahalla darajasida kompleks yondashuvlar asosida olib borilmasligi oqibatida qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasi eskicha ko‘rinishda qolmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJning quyi tizim korxonalari tomonidan qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, transformator punktlarini ekspluatatsiya qilish qoniqarsiz ahvolda olib borilishi oqibatida zarur infratuzilmalar eskirgan va yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Shaharsozlik me’yor va qoidalari hududlarning o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilmaganligi oqibatida qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash, xususan, mazkur hududlarda avtomobil yo‘llari va yo‘l bo‘yi infratuzilmasi barpo etish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va irrigatsiya tizimlarini barpo etish tartibsiz ravishda olib borilmoqda
2-rasm


2.rasm Qishloq tumanlarini sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish darajasi bo’yicha guruhlashtirish
Shu boiz xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun yerga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini inobatga olib shahar va qishloq aholi punktlarida qishloq tumanlar sanoat salohiatini oshirgan holda(2.rasm) yer resurslaridan foydalanishni samadorligini oshirish, ularning resurs salohiyatini tortib olingan yerlar miqdorini ko‘paytirish orqali emas, balki mavjud hududlardan yanada samarali va oqilona foydalanish uchun “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PF-5386-sonli Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Mamlakatimizning boy va qadimiy tarixidan ma’lumki, ajdodlarimiz tomonidan mahallalarni obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish eng bebaho qadriyat va an’analardan hisoblanadi. Mazkur qadriyatlarimizni izchil davom ettirgan holda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini barcha hududlarda amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, eng asosiysi, yoshlarni xayrli ishlarga da’vat etish alohida ahamiyat kasb etilishi “Obod qishloq” dasturining asosiy mezoni etib belgilangan. “Obod qishloq” dasturining e’tiborli tomoni shundaki O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tegishli loyiha institutlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini batafsil rejalashtirish loyihalari bilan oldindan ishlab chiqiladi. Ya’ni har bir qilinadigan ishlar yer resurslaridan foydalanishni boshqarish takomillashganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari qishloq aholi punktlari me’moriy qiyofasini yaxshilash tizimini takomillashtirish maqsadida shaharsozlik me’yor va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish, zarur hollarda yangi standart va mezonlarni ishlab chilgan. Har bir ob’ekt bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi va qurilishmontaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rnatilishini ta’minlangan. shunday qilib, qishloq aholi punktlarida yerdan foydalanishni faollashtirish shaharsozlik yutuqlari va ilg‘or tajribalarni qo‘llash, aholining turmush sharoitini yaxshilash asosida hudud birligiga ortib borayotgan rivojlanish hajmlarini joylashtirish asosida ularni izchil rivojlantirish jarayonidir. infratuzilmani rivojlantirish orqali aholini yashash sharoitini yaxshilash va qishloq aholi punktlari yer resurslaridan foydalanishni boshqarish ishlarini takomillashtirish mumkin. “Obod qishloq” dasturi doirasida joriy yilda 159 ta tumandagi 386 ta qishloqda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu qishloqlarda 142 mingta yakka tartibdagi uy va mingdan ziyod ko‘p qavatli uy, 3 ming kilometr yo‘llarni ta'mirlash, 2,5 ming kilometr elektr energiyasi, 2 ming kilometr ichimlik suv tarmoqlarini qurish va qayta tiklash, 2 ming 400 ta bozor va boshqa infratuzilma obektlari qurish belgilab olingan.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin