Mavzu: O’zbekiston qishloq aholi punktlari geografiyasi Bajardi: Saidboboyev Odilbek Qabul qildi: Ernazarov Sh toshkent-2023 Mundarija: reja


Qishloq aholi punktlarini joylashtirishni loyihalash



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#195854
1   2   3   4   5   6   7
Saidboboyev

1.3. Qishloq aholi punktlarini joylashtirishni loyihalash
O`zbekiston sharoitida barcha aholi punktlari shahar va qishloq aholi punktlariga bo'linganligini hisobga olgan holda qishloq zonalari kattaligi va aholi zichligi bilan ajralib turadi, ularning asosiy qismi qishloq xo'jaligida band bo`lib, qishloq aholi punktlari qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining muhim bo'lganligi sababli, hududni oqilona ishlab chiqarish texnologiyasi ta'minlanadigan tarzda tashkil qilishdan tashqari mintaqaning tuproq unumdorligi va uning tiklanish funksiyalari inobatga olinishi, tuproqning qaysi xususiyatlarga mansubligi ham ayniqsa ahamiyatli hisoblanadi. Qishloq aholi punktlarining joylashish va hududiy tuzilishi va ularda istiqomat qiluvchi aholining qishloq xo`jaligining qaysi turi bilan shug`ullanishiga ham uzviy bog`liqdir, bunda ushbu zonalardagi yer osti suvlari, doimiy va mavsumiy yomg`irlar ham hisobga olinishi lozim. Bunda aholining zichligi bo'yicha alohida turlarga ajratilishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi: voha va tog' oldi vodiylardagi zich joylashuv (tog'-vodiy joylashuvi); yaylov chorvachiligi hamda dehqonchilik rivojlangan hududlardagi joylashuv; asosan yaylov chorvachiligi rivojlangan hududlardagi joylashuv va tog'li hududlardagi joylashuv. Lekin bugungi kunda zamonaviy texnologiyalarning qishloq xo`jaligida keng qo`llanilayotganligi bu joylashuvning tarixiy mezoniga birmuncha o`z ta`sirini ko`rsatmoqda. Turli chorvachilikka asoslangan fermer xo`jaliklar, klasterlar shular jumlasidan. Lekin kelajakda agrar sohaning maksimal rivojlanishi natijasida qishloq aholi punktlarining joylashuv tendensiyasi bo`yicha ilgaridagi kabi ahamiyatli bo`lmasdan qolish ehtimoli ham yo`q emas ammo butkul ushbu tabiiy joylashish shartliligini yo`qqa chiqarmaydi. O’zbekistonda qishloq joylarni barqaror rivojlantirish ustuvor vazifalar qatoriga kiritilgan bo’lsada, ushbu masalani ilmiy jihatdan asoslash, uni amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot doirasini kengaytirish va amaliy ahamiyatga molik takliflar ishlab chiqish lozim. Xorij olimlari tomonidan bayon etilgan qishloq joylarini barqaror rivojlanish konsepsiyalari va uning asosiy tamoyilda turlicha yondoshuvlar mavjud bo’lib, yagona bir tushuncha va kelishuv yo’qligini ko’rsatmoqda. Barqaror rivojlanish konsepsiyasidagi yangicha qarashlar turli nazariya va ilmiy maktablar yo’nalishlarini o’zida aks ettirgan holda, hozirda dunyoda bo’layotgan murakkab jarayonlarni chuqur tahlil qilib, insoniyat sivilizatsiyasiga ta‘sir ko’rsatayotgan turli omillarga baho berishdan iborat. Tahlillar aholi punktlarida qurilish ishlarini olib borish va rekonstruksiya qilish, loyiha va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davomida belgilangan tartib, qoida va me‘yorlar qo’pol ravishda buzilayotgan holatlar mavjudligini ko’rsatmoqda. Joylarda O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda davlat boshqaruvi organlari o’rtasida hududlarni rivojlantirishda shaharsozlik jarayonini boshqarish borasida vazifalar va vakolatlarning aniq chegaralari mavjud emasligi shaharlar hamda boshqa aholi punktlarini rejali rivojlantirish va kompleks qurish hamda izchil rivojlantirish borasida shoshilinch, ba‘zida esa noto’g’ri loyihaviy-rejali qarorlar chiqarilishiga sabab bo’lmoqda. Zamonaviy loyihalashtirish usullarini, amaliy dasturiy mahsulotlarni, ilm-fan, arxitektura va dizayn yutuqlarini hayotga tatbiq etish, zamon talablariga javob beradigan, murakkab hamda yuqori kategoriyali loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega istiqbolli yoshlarni jalb etish uchun yetarli qiziqishi bo’lmagan loyiha tashkilotlari faoliyatini qayta ko’rib chiqish talab etilmoqda.
Darhaqiqat, bugungi kunda shaharsozlik sohasiga oid asosiy masalalar va muhim muammolarni hal etish g’oyat dolzarb vazifa ekani inobatga olinib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmon hamda «O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaror qabul qilindi. Xususan, qabul qilingan Farmon, avvalo, O’zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasining arxitektura va shaharsozlik sohasida yagona davlat va ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish jarayonidagi rolini oshirishga qaratilgan bo’lib, uning faoliyatidagi asosiy vazifalar va yo’nalishlarni belgilab beradi. Jumladan: shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatiga oid me‘yoriy-huquqiy bazani muntazam ravishda takomillashtirib va yangilab borish, loyihalash ishlari va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, qurilishda ishlab chiqarish jarayoniga ilg’or texnologiyalar jalb qilinishini tashkil etish, bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kapital qurilishda davlat haridlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish, arxitektura, loyihalash va qurilish sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlashni ta‘minlashdan iborat.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin