Mavzu: O'zbekiston qishloq xo'jaligi geografiyasi agro sanoat majmuasi Agrosanoat majmuasi (asm)



Yüklə 209 Kb.
səhifə5/22
tarix03.04.2023
ölçüsü209 Kb.
#92799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
O\'zbekiston geografiyasiююююю

Mavzu: Mintaqaviy siyosat
Mintaqa” tushunchasi jahon yoki mamlakat hududining bir qismiga nisbatan qо‘llaniladi.Mintaqa jahon territoriyasining bir qismi sifatida, о‘z ichiga geografik, siyosiy, iqtisodiy, yekologik, yetnomadaniy, harbiya va boshqa mezonlar hamda yondashuvlar asosida bir necha mamlakatlarni oladi. Masalan, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Yevropa, О‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy, Sharqiy Osiyo va boshqa mamlakatlar turkumi, mintaqalari mavjud. Bir alohida olingan mamlakat о‘z ichida viloyatlar, tuman va shaharlar geografik, iqtisodiy-siyosiy, yetnomadaniy, yekologik, axborot va boshqa mezonlar bо‘yicha ma’muriy hududiy birlik sifatida uning mintaqalarini tashkil yetadi. Mintaqa iqtisodiyotining shunday tuzilmalari mavjudki, ular har bir mamlakatning milliy iqtisodiyotida, mustaqil xо‘jalik yuritishda alohida о‘rin tutadi va о‘zining tabiiy iqlim, geografik joylashuvi, tabiiy mineral va xom ashyo resurslarining zaxiralari, mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarish salohiyati, tarmoqlari va sohalarining ham infratuzilmasi miqyosi, aholisining urf-odat va an’analari, mahsulot ishlab chiqarish bо‘yicha ixtisoslashuvi hamda ijtimoiy mehnat taqsimotidagi hissasi, aholi jon boshiga ishlab chiqargan hududiy yalpi mahsuloti kabilar bilan farqlanadi.Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda quyidagi vazifalarni amalga oshirish kо‘zda tutiladi:Mintaqadagi barcha resurslardan (moddiy, moliyaviy, mehnat) foydalanib, ishlab chiqarishning jadalligi va mutanosibligini ta’minlash ham shu asosda uning samaradorligini oshirish.Mintaqalarning istiqboldagi rivojlanish sur’atlarini aniqlash. Bunda mahalliy resurslardan tо‘liq foydalanishga ye’tibor berish.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan ishlab chiqarishda keng foydalanish. Buning uchun mintaqada ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmni yaratish, rejalashtirishni yanada demokratlashtirish lozim.Mintaqalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat mintaqaviy siyosatining muhim tarkibiy qismi mintaqaviy iqtisodiy siyosat hisoblanadi. Mintaqaviy iqtisodiy siyosat maqsadlari mintaqaviy rivojlanish maqsadlari mintaqaviy rivojlanish maqsadlari bilan uzviy bog‘liqdir. Davlatning mintaqaviy iqtisodiyotga bevosita, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aralashishi ma’muriy vositalardan foydalanish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Bu usullar davlat hokimiyati kuchiga tayanish, ruxsat berish, man qilish, majburlash choralarini о‘z ichiga oladi.Ma’muriy usullar о‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzgan ayrim korxonalarga nisbatan majburlash imkoniyatlarini ham kо‘zda tutadi. Ma’muriy usullar yordamida mahalliy boshqaruv organlari davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini tartibga soladi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududiy tabiiy resurslardan foydalanish hamda ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi Mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mintaqaviy siyosatning muhim yо‘nalishi hisoblanadi. Bu borada kо‘zlangan asosiy maqsad asosiy maqsad mamlakat va uning mintaqalari raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. Ushbu maqsadga yerishish quyidagilarga yо‘naltiriladi:mamlakat va uning mintaqalarini xalqaro bozorlar bilan integratsiyalshuvini ta’minlash, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini mintaqa va hududlar bо‘yicha oqilona joylashtirish, ularning о‘zaro aloqadorligi, ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini ta’minlash orqali mamlakat hamda mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, barqaror va mutanosib iqtisodiy о‘sishgacha yerishish;mintaqalar infratuzilmasini rivojlantirish mintaqalarda ishlab chiqarish sohalarining raqobatbardoshligini oshirish;
mintaqalar rivojlanishidagi farqlarni qisqartirish.


Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin