Mavzu: O'zbekiston respublikasi harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion faollik


Harakatlar strategiyasi: iqtisodiy sohadagi 4 yillik samaradorlik va ustunliklar



Yüklə 2,96 Mb.
səhifə14/19
tarix25.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#148086
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Kurs ishi (1)

Harakatlar strategiyasi: iqtisodiy sohadagi 4 yillik samaradorlik va ustunliklar


O'zbekistonda bundan 4 yil avval iqtisodiy sohada o'ta muhim va zarur islohotlar boshlandi. 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning bosh ustuvor hujjati hisoblangan Harakatlar strategiyasi asosidagi mazkur yangilanishlar bugungi kunga kelib dastlabki natijalarini va qator ustunlikliklarini namoyish etmoqda.
Bosh strategik hujjatning hayotga joriy etilishi tufayli davlat boshqaruvi, jamiyat, fuqarolik institutlari, ommaviy axborot vositalari, iqtisodiyot va boshqa barcha sohalarda uyg'onish, oldga siljish boshlandi.
Buni o'tgan 4 yillik muddat davomida erishilgan natijalar va samaradorlik misolida ham ko'rish mumkin.
eng avvalo, shuni ta'kidlash kerakki, O'zbekistonda 2017 yildan e'tiboran Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor chora-tadbirlardan kelib chiqqan holda, hamkor rivojlangan davlatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv o'zgartirildi.
Binobarin, O'zbekiston global iqtisodiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanib borayotgan sharoitda, mamlakatda olib borilayotgan makroiqtisodiy, shu jumladan, pul-kredit siyosati va bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida xalqaro jamoatchilikni, xususan, xorijiy investorlar, xalqaro reyting kompaniyalari hamda moliyaviy tashkilotlarni xabardor qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aynan shu jihatdan, hukumat, barcha vazirlik va idoralar hamda Markaziy bank tomonidan makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, davlat byudjeti ijrosi, pul muomalasi va oltin-valyuta zaxiralari holati to'g'risidagi barcha statistik va tahliliy ma'lumotlarni doimiy ravishda ochiq chop etib borish amaliyoti yo'lga qo'yildi.
Xususan, Xalqaro valyuta jamg'armasi ekspertlari tomonidan byudjet oshkoraligini baholash, davlat moliya statistikasini tuzish sifati va davlat sektori ma'lumotlarining aniqligini baholash bo'yicha o'rganishlar o'tkazildi va 2018 yildan boshlab O'zbekistonda ilk bor “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri chop etildi, byudjet jarayonining barcha bosqichlari elektron saytlarda e'lon qilib boriladigan bo'ldi. SHuningdek, 2018 yildan boshlab, O'zbekiston Respublikasining to'lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiya choraklik statistikasi Xalqaro valyuta jamg'armasi standartlariga muvofiq har chorakda Markaziy bank veb-saytida o'zbek, rus va ingliz tillarida hamda Xalqaro valyuta jamg'armasining ma'lumotlarni tarqatish tizimlarida joylashtirib borilmoqda.
2019 yilda Xalqaro valyuta jamg'armasining asosiy statistik ma'lumotlar platformasi – "Xalqaro moliyaviy statistika" tizimida O'zbekiston Respublikasining sahifasi ochildi. Natijada, xalqaro hamjamiyat, xalqaro tashkilot va moliyaviy institutlarning O'zbekistonga munosabati o'zgarib, olib borilayotgan islohotlar e'tirof etildi.
2020 yilda O'zbekiston Open Data Inventory (ODIN) — Ochiq ma'lumotlar reytingida 63 ball to'plab, jahon bo'yicha 44-o'rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o'rinni egalladi. Ochiq ma'lumotlar reytingida O'zbekiston Osiyo davlatlari orasida eng katta o'sish kuzatilgan mamlakat bo'lib, ushbu ko'rsatkich bo'yicha bira to'la 125 pozitsiyaga yuqoriladi.
Mamlakatda 2016 yil oxiridanoq xalqaro moliyaviy institutlar bilan to'laqonli munosabatlar tiklanishiga kirishildi. Xususan, shu yili Frantsiya rivojlanish agentligi o'zining O'zbekistondagi birinchi loyihasini amalga oshirishga kirishdi. SHuningdek, O'zbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli a'zosiga aylandi.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin