Mavzu: O'zbekiston respublikasi harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion faollik



Yüklə 2,96 Mb.
səhifə16/19
tarix25.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#148086
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Kurs ishi (1)

2019 yilda O'zbekiston Respublikasining ilk xalqaro evro obligatsiyalari London birjasida joylashtirildi va bu bilan respublikaning xalqaro moliyaviy bozorga kirib kelishi ta'minlandi. London shahrida nufuzli “Global Capital” nashriyoti tomonidan o'tkazilgan “Bond Awards 2019” taqdirlash marosimida O'zbekiston Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) mintaqasining xalqaro obligatsiyalar chiqarish bo'yicha eng yaxshi emitentlari qatoridan joy oldi.
2020 yilning 19 noyabr` kuni Moliya vazirligi tomonidan umumiy hajmi 750 mln. dollar miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar ikki transhda – 10 yillik muddat bilan 555 mln. dollar dollarda va 3 yillik muddat bilan ilk bora milliy valyuta – o'zbek so'mida 2 trln. so'm miqdorida London qimmatbaho qog'ozlari bozorida (London Stock Exchange) muvaffaqiyatli joylashtirildi.
“JP Morgan Development Finance Institution” (“JP Morgan DFI") tuzilmasi 2020 yil 19 noyabrda chiqarilgan O'zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi ilk xalqaro obligatsiyalari tranzaktsiyasiga “taraqqiyot moliyasi” maqomini (“Development Finance Qualification”) berdi va tranzaktsiyaning taraqqiyotga bo'lgan ta'siri “yuqori darajada” baholandi.
YUqorida qayd etilgan o'zgarishlar, xususan O'zbekistonning xalqaro hamjamiyatga “ochilishi” va xalqaro hamkorlik kuchaytirilishi hamda olib borilgan islohotlar xalqaro hamjamiyatning mamlakatga nisbatan munosabati va ishonchi ortishiga sabab bo'ldi.
Xususan, 2020 yilda O'zbekiston birinchi marta Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalari bo'yicha me'yoriy cheklovlar indeksiga kiritildi va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar uchun iqtisodiyotning ochiqligi bo'yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida etakchi o'rinni egalladi.
2017-2020 yillardagi bu borada olib borilgan sa'y-harakatlar natijasi o'laroq, O'zbekistonda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda ko'plab loyihalar amalga oshirildi.
Xususan, 2017-2020 yillarda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi 327 ta investitsiya loyihalari doirasida 10,26 mlrd. dollar kredit mablag'lari o'zlashtirilib, qator sohalarni rivojlantirishga yo'naltirildi. Jumladan, mablag'lar yoqilg'i-energetika sanoatiga (5,88 mlrd. dollar); kommunikatsiya va mudofaa sanoatiga (1,56 mlrd. dollar); qishloq va suv xo'jaliklari tizimiga (1,27 mlrd. dollar); moliyalashtirish yo'nalishiga (0,95 mlrd. dollar); ijtimoiy sohalarga (0,47 mlrd. dollar) va boshqa tarmoqlarga yo'naltirildi.




Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin