2019 yilda tadbirkorlik sub'ektlariga tashqi savdo shartnomalari bo'yicha 2017 yil 5 sentyabrga qadar hosil bo'lgan va asossiz ravishda saqlanib turgan kreditor qarzdorliklarni hisobdan chiqarish va korxona daromadiga olish, bunda ularga tegishli daromad soliqlarini hisoblamaslikka ruxsat berildi. Buning natijasida mamlakat tashqi sektor statistikasi ma'lumotlarining sifati oshirilishiga zamin yaratildi.
Keyingi 4 yilda tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida eksport tarkibi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish kabi yo'nalishlarda muhim o'zgarishlar yuz berdi.
Xususan, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini faollashtirish doirasida tashqi savdo rejimini liberallashtirish borasidagi sa'y-harakatlar kengaytirilmoqda.
O'zbekiston tashqi savdo faoliyatida 2017-2020 yillarda tashqi savdoni liberallashtirish va respublika eksport salohiyatidan yanada samarali foydalanish natijasida o'zgarishlar yuz berdi. Xususan, eksport qilinadigan barcha tovarlar va xizmatlar uchun bojxona to'lovlari bekor qilindi, litsenziyalash va eksport tizimi soddalashtirildi. Tovarlarning 60% dan ortiq turlari uchun bojxona to'lovlarining “nol`” darajasi belgilandi. SHuningdek, O'zbekistonda bojxona to'lovi stavkasi 6,45%gacha pasaytirildi.
"YAgona darcha" tamoyili bo'yicha eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish uchun milliy veb-sayt ishga tushirildi, bu esa, elektron so'rov yuborish va turli ruxsat beruvchi hujjatlarni, shu jumladan, tovar kelib chiqish sertifikati va fitosanitariya sertifikatlarini to'lash imkonini beradi. Ushbu yangi mexanizmlarning joriy etilishi bilan eksport hujjatlarini rasmiylashtirishning umumiy vaqti 174 soatdan 96 soatgacha kamaydi.
“O‘zbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari” mavzusida IV an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Jahon banki, Konrad Adenauer Fondi (Germaniya), AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, AQSH, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya, Chexiya, Polsha, Bolgariya, Yangi Zelandiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi davlatlarning nufuzli universitetlari rahbarlari, olimlari va soha mutaxassislari ishtirokidagi xalqaro konferensiyada