Mavzu: O'zbekiston respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo'yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati reja


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “



Yüklə 86 Kb.
səhifə3/5
tarix17.02.2023
ölçüsü86 Kb.
#84789
1   2   3   4   5
5 MAVZU

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylardagi bolalar sporti obyektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori

2010-yil 1-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylardagi bolalar sporti obyektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2010-yil 11-martdagi qaroriga muvofiq hamda qizlarni, ayniqsa qishloq joylardagi qizlarni sport bilan shug‘ullanishga faol jalb etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolalar sporti obyektlarida bolalar va o‘quvchi yoshlar bilan ishlash uchun ayollar orasidan yuqori malakali, professional tayyorlangan ustoz kadrlarni keng jalb etish, ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2010-yil 1-apreldan boshlab qishloq joylardagi umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida va bolalar — o‘smirlar sport maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hamda sport ustozi bo‘lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz miqdorda ustama haq belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda sport ustozlari bo‘lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda qo‘shib beriladigan ustama haq belgilanishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Ta’lim” bo‘limi bo‘yicha tasdiqlangan xarajatlar doirasida budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va ularning hududiy organlari bir oy muddatda qishloq joylardagi umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va bolalar — o‘smirlar sport maktablarining shtat jadvallari hamda xarajatlar smetalarini mazkur qaror talablari bilan muvofiq holga keltirilishini ta’minlasinlar.

Yüklə 86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin