Jismoniy tayyorgarlik- bu har bir inson, ayniqsa aqliy va jismoniy soha ishchi - xizmatchilari va o‘quvchi -yoshlarning har qanday mehnatga yaroqliligi (qobiliyati), jismonan baquvvat, chiniqqan, bo‘lishidagi faol harakatlardir.
Sport mashg’uloti – bu tanlangan sport turida yuqori sport natijalariga erishishga yo’naltirilgan pedagogik ixtisoslashtirilgan sport takomillashuvi jarayonidir.
Sport mashg’ulotlarining maqsadi - mazkur sportchi uchun mumkin bo’lgan eng yuqori tayyorgarlik darajasiga erishish hamda musobaqa faoliyatida yuksak natijalarni namoyish etishdan iboratdir.