Mavzu: O'zbekiston respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo'yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati reja



Yüklə 86 Kb.
səhifə1/5
tarix17.02.2023
ölçüsü86 Kb.
#84789
  1   2   3   4   5
5 MAVZU


MAVZU: O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING JISMONIY MADANIYAT VA SPORT BO'YICHA QABUL QILGAN HUJJATLARINING AHAMIYATI
Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” gi qonuni va unda belgilangan moddalar hamda ularning mazmuni

  2. Bolalar sportini rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan Farmonlar va qarorlar

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylardagi bolalar sporti obyektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori




  1. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonuni va unda belgilangan moddalar hamda ularning mazmuni

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni dastlab 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan1. Shundan so’ng 2 marta, 2000-yil 26-mayda2 va 2015-yil 4-sentabrda3 mazkur qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, yangi tahrirda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni 28 moddadan iborat bo’lgan. Shundan so’ng O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan. Yangi tahrirda qabul qilingan qonun uncha kata o’zgarishlarni amalga oshirmadi va 27 moddadan iborat bo’ldi.
Vaqt o’tishi bilan ushbu qonunni yana qayta ko’rib chiqish va qo’shimchlar kiritish extiyoji tug’ildi. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2015-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-394-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilindi. Qonun boblar va moddalarga ajratildi. Yangi tahrirda qabul qilingan qonun o’zida katta o’zgarishlar bilan 8 bob 47 moddadan iborat bo’ldi.
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasini davlat tomonidan tartibga solish
3-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni tashkil etish
4-bob. Ta’lim tizimida, fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida jismoniy tarbiya va sport
5-bob. Sport zaxirasini tayyorlash
6-bob. O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari va ularni shakllantirish
7-bob. Jismoniy tarbiya va sportning moddiy, tibbiy, moliyaviy hamda boshqa ta’minoti
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Qonun aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy va har tomonlama etuk yoshlarni tarbiyalash, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish, zamonaviy va samarali sport infratuzilmasini yaratish uchun imkon yaratadi.
Yangi tahrirda qabul qilingan qonunda oldingisidan farqli o‘laroq, «jismoniy tarbiya», «jismoniy reabilitatsiya», «sport», «ommaviy sport», «professional sport», «sportchi» kabi jismoniy tarbiya va sportga oid bir qator asosiy tushunchalar ta’rifi batafsil ochib berilgan. Qonunga ko‘ra, sportga — odamlarning muayyan qoidalar bo‘yicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intellektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat bo‘lgan havaskorlik va professional asosdagi faoliyati, shuningdek, ushbu faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda bu jarayonda odamlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, deb ta’rif berildi.
Shuningdek, yangi tahrirdagi qonunda jismoniy tarbiya hamda sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, har bir insonning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shug‘ullanishga bo‘lgan huquqini ta’minlash, shuningdek, sport tadbirlari ishtirokchilari hamda tomoshabinlarning xavfsizligini ta’minlash, nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarga oid sport turlari, ya’ni paralimpiya, surdalimpiya, maxsus olimpiada va boshqalarning rivojlanishiga sharoit yaratish, O‘zbekistonning milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish hamda ommaviylashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi qator vazifalar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu bilan birga, qonunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, maxsus vakolatli davlat organining, Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari, shuningdek, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda ishtirok etishining huquqiy asosi belgilab berilgan.
Yangi tahrirda qabul qilingan Qonun nafaqat davlatning sohani tartibga solish funksiyalarini belgilab bermoqda, shuningdek, fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom hayot kechirishlariga imkon beruvchi me’yorlarni takomillashtirmoqda. O‘zbek milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirishga asos bo‘ladigan huquqiy normalarni belgilab bermoqda.
Qonunda yana bir yangilik sifatida xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda va sportchilarning faoliyatini muntazam monitoring qilishning yagona tizimini joriy etish maqsadida sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligini va uning malakasini tasdiqlaydigan yangi «sport pasporti» tushunchasi kiritildi. Sport pasporti yagona namunadagi hujjat bo‘lib, unda sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi, sport unvonlari va sport razryadlari berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, sport musobaqalarida erishilgan natijalar, davlat mukofotlari va sportchi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Yangi tahrirdagi qonunning oldingi qonundan yana bir farqli jihati sifatida O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkiblarini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratishga doir talablarni joriy qilish masalalari alohida bob bilan belgilab berilganini e’tirof etish mumkin.
Xulosa o‘rnida aytganda, yangi tahrirda «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi aholini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilishga, fuqarolarimizning sog‘lom va uzoq umr ko‘rishiga, sohada mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini hamda sport infratuzilmasini shakllantirishga, sportning milliy turlarini rivojlantirishga, yurtimiz yoshlarining xalqaro musobaqalarda, Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qiladi.




  1. Yüklə 86 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin