Mavzu: O'zbekiston respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo'yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati reja


Bolalar sportini rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan Farmonlar va qarorlar



Yüklə 86 Kb.
səhifə2/5
tarix17.02.2023
ölçüsü86 Kb.
#84789
1   2   3   4   5
5 MAVZU

Bolalar sportini rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan Farmonlar va qarorlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida” 2002-yil 24-oktabrdagi PF-3154-son Farmoni4 qabul qilindi. Mazkur Farmon O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi PF-5787-sonli «Jismoniy tarbiya va sport ob’ektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga asosan o’z kuchini yo’qotgan.
Lekin mavzu doirasida ushbu farmon va uning asosida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha o’rganish foydadan holi bo’lmaydi.
Respublikamizda o’sib kelayotgan yosh avlod salomatligini shakllantirish va uni mustahkamlashda qonunchilik tizimining yaratilishi hamda bu orqali faoliyatlar ko’lamini yaxshilash masalalari davlatimizning asosiy e’tiborida bo’lib kelmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi 3154-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 oktyabrdagi 374-sonli "Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil qilish to’g’risida"gi Qarori (Mazkur qaror O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 iyuldagi 508-sonli «O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2018 yil 5 martdagi PF-5368-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to’g’risida» 2018 yil 5 martdagi PQ-3583-son qarori)» qaroriga asosan o’z kuchini yo’qotgan.)5 va 2004 yil 29 avgustda imzolangan "O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonlari (Mazkur Farmon O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi PF-4956-sonli «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga asosan o’z kuchini yo’qotgan.)6 bu jarayonlarni yanada takomillashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo’lmoqda. Jismoniy tarbiya va sportni har bir mahalla, oila va keng jamoatchilik orasida tatbiq etish uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochildi. O’quvchi bolalar va yoshlar o’rtasida "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" kabi sport musobaqalari ommalashdi. Shu bilan birga, sport inshootlarini qurish ishlariga ham alohida ahamiyat qaratildi. Respublikamizda sportning ommaviy turlari anchaga ko’payib qolganligini ta’kidlash joiz. Xususan, ayollar sportiga berilayotgan e’tibor tufayli ko’pchilik sportchi qizlarimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqdalar. Ayniqsa, sportning badiiy gimnastika turi maktab o’quvchilari orasida tobora ommalashib bormoqda. Bu esa ta’lim jarayonini yaxshilab, yoshlarni ham jismonan, ham ruhan kamol topishlariga keng imkoniyat yaratmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2002 yilda tashkil etilgan O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tomonidan 2003—2015 yillar mobaynida jami 2205 ta inshoot qurib foydalanishga topshirildi. Ulardan 1922 tasi sport inshooti, 283 ta bolalar musiqa va san’at maktabidir. Bugungi kunda O’zbekistonda 2,6 milliondan ortiq bola sportning 30 dan ziyod turi bilan muntazam shug’ullanmoqda. SHundan bir milliondan ortig’ini qizlar tashkil qiladi.
Bolalar sportini rivojlantirish faqatgina masalani moddiy-texnik jixatlari bilan belgilanmaydi, balki yosh avlodni keng miqyosda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, mashg’ulotlarni ilmiy asosda tashkillashtirish va sport maxoratining fundamental negizi bo’lmish jismoniy tayyorgarlikni samarali shakllantirish muximligiga e’tibor qaratadi.
Shu bilan birga 2004-2012 yillarda foydalanishga topshirilgan bolalar sport inshootlari, maktab sport zallari va suzish xavzalarini qayta jixozlash uchun 86 turdagi sport anjomlari va uskunalari bilan ta’minlandi.
Xukumatimizning doimiy e’tibori va amaliy yordami bilan sport inshootlarini jixozlashda 120 nomdagi sport jixozlaridan 119 nomdagisi maxalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yildi. Vaxolanki, 2003 yilda sport jixozlarining atigi 73 tasi o’zimizda ishlab chiqarilardi, xolos. Xozirgi kunda mamlakatimizda sport anjomlari va uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 123 tani tashkil etmoqda. 2003 yilda bu ko’rsatkich atigi 32 tani tashkil qilardi.
2016 yil 15 noyabr xolatiga Jamg’arma mablag’lari xisobidan 27 ta mamlakatda (Germaniya, Portugaliya, Qozog’iston, Polsha, Mo’g’iliston, Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Eron, Armaniston, Estoniya, Vetnam, Litva, Italiya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Tayvan, Tayland, Slovakiya, Belorusiya, Bolgariya, Gretsiya, Niderlandiya, Moldova, Hindiston, Malayziya, Vengriya davlatlarida) bo’lib o’tgan 52 ta xalqaro sport musobaqalarida sportning 24 turidan (badiiy gimnastika, basketbol, gandbol, erkin va yunon-rum kurashi, suzish, ogir atletika, yengil atletika, trampolin, shaxmat, shashka, sport akrobatikasi, dzyudo, taekvondo, armrestling, universal jang, boks, karate, qo’l jangi, o’q otish, uzbek jang san’ati, baydarka va kanoeda akademik eshkak eshish, regbi, ushu) 500 nafar (181 nafari kizlar) o’quvchi-yoshlar ishtirok etib jami 415 ta medallarni (176 ta oltin, 126 ta kumush, 113 ta bronza) qo’lga kiritib, Vatanimiz bayrog’ini baland ko’tarib xalqaro maydonda uning obro’ e’tiborini qozonishga erishildi.
(2015 yil 1 noyabr bilan solishtirganda jami 284 ta shundan, 129 ta oltin 77 ta kumush va 78 bronza medallari qo’lga kiritilgan)
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz rahbari bolalar sportini rivojlantirish sog’lom millat kamolotining asosiy omili bo’lishliligini ta’kidlab o’tdilar. O’z o’rnida barcha tashiklot va tegishli vazirlik, idoralar rahbarlari ham yuklatilgan vazifalarni yanada chuqurroq his etib, masalaga e’tiborli va jiddiyroq yondashadilar, deb ishonamiz. Zero, bolalar sportini rivojlantirish – ertamiz yaratuvchilari bo’lgan yosh avlod salomatligiga bo’lgan g’amxo’rlik va e’tiborning amaliy ifodasidir.
Bundan tashqari hukumatimiz tomonidan bolalar sportini rivojlantirish borasida ko’plab qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin 7.
2018 yilga kelib, 5 iyulь kuni Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi — BSRJ negizida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi. Mazkur jamg’armaning BSRJdan farqi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining asosiy vazifalaridan biri 6 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalarning sport bilan shug’ullanishlari uchun shart-sharoit yaratishdan iborat edi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi esa maktabgacha ta’lim yoshidan to keksa yoshdagi aholi o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo’yicha tadbirlar tashkil qilish, shuningdek, sport-sog’lomlashtirish markazlari hamda sport inshootlarini qurish, qayta qurish va kapital ta’mirlash kabi vazifalarni o’z zimmasiga oladi. Bularning barchasi tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning qoplanishini kafolatlash yo’li bilan moliyalashtiriladi.
Yangi tashkilot o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik sub’ektlari, nodavlat-notijorat va boshqa tashkilotlar, investorlar, homiy va donorlar, jumladan, chet ellik homiy va donorlar mablag’larini jalb qilish; jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, sportchi kadrlarni tayyorlashning o’quv-mashg’ulot jarayonini takomillashtirish masalalarida xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida mutaxassislarning (murabbiylar, olimlar, o’qituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, dietologlar va sport sohasidagi boshqa mutaxassislar) xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etishga ko’maklashish kabi vazifalari bilan Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasidan farq qiladi.




  1. Yüklə 86 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin