Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Pzezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining ta’lim tizimiga tegishli dolzarb farmon va qarorlar tahlili Reja


O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi



Yüklə 52,16 Kb.
səhifə4/9
tarix09.11.2022
ölçüsü52,16 Kb.
#68247
1   2   3   4   5   6   7   8   9
P1u8Ahh5knwXfNAfZU8rZtxgXSIF3bDhK9265Is8

O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi.

O’zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017—2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o’rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo’yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e’lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o’tdi.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo’yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, 2018-yil Faol tadbirkorlik innovatsion goyalar va texnologiyalarni qo’llab –qo’vvatlash yili,2019-yili Faol investetsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili,2020-yil Ilm, ma’rifat ba raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, 2021 yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi. 2017−2021-yillarga mhljallangan O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi beshta ustuvor yo’nalishdan iborat. Ular:
Birinchisi- Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari. Unda asosiy masala sifatida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish; davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish; jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish vazifalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchisi - Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari. Unda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish; fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash; ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish; jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish; sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash; yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish masalalari muhim o’rin olgan.

Yüklə 52,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin