1-MAVZU:O‘zbekiston Respublikasi Pzezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining ta’lim tizimiga tegishli dolzarb farmon va qarorlar tahlili Reja: 1.1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan demokratik islohotlarni izchil davom ettirilishi.
1.2.O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi.
1.3.Yoshlarga oid davlat siyosati va uning ustuvor yo’nalishlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan demokratik islohotlarni izchil davom ettirilishi.
Barchamizga ma’lumki, har bir suveren davlat o’zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O’zbekistonimizning ko’p asrlik tarixi va keyingi 29 yillik rivojlanish davri, o’z davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan taraqqiyoti bu haqiqatni yana bir bor yaqqol tasdiqlab berdi. Ana shu bunyodkorlik jarayonining qudratli va hal qiluvchi kuchi, hech shubhasiz, ko’pmillatli xalqimizdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev O’zbekistonda Islom Karimov davrida boshlangan islohotlarni qat’iy davom ettirishga kirishdi. Bugun zamonning o’zi barchamizning oldimizga yangi va g’oyat mas’uliyatli vazifalarni hal etishni talab qlayotganiga e’tiborni qaratdi. Bu asosiy vazifalar sifatida quyidagilarga alohida to’xtalib o’tdi:
Birinchidan,muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov boshlab bergan keng ko’lamli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yo’lini og’ishmasdan, qat’iy va izchil davom ettiriladi. Bu yo’l erkin, demokratik, insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir. Shuningdek, Sh.Mirziyoev mamlakat Prezidenti sifatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini qat’iy va so’zsiz bajarish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquk va erkinliklarini ta’minlaydigan ichki va tashki siyosatni amalga oshirishni o’zining eng asosiy burchi va vazifasi ekanini aytib o’tdi.