Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə14/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

Birinchi guruhdagi yelka kamari va qo’l mushaklari uchun mashqlar ko’krak qafasining nafas olishini oshirishga yordam beradi; diafragmani mustahkamlaydi, chuqur nafas olishga imkon beradi, umurtqani rostlaydi, yurak mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi.
Ikkinchi guruh mashqlari gavda, orqa mushaklari uchun. Bu mashqlar qad-qomatning to’g’ri shakllanishiga ta‘sir qiladi va gavdani oldinga va yon tomonlarga engashtirishda, o’ng, chapga burilishda, aylanishda umurtqaning egiluvchanligini rivojlantirishga yordam beradi.
Uchinchi guruh mashqlari oyoq va qorin mushaklari uchun. Ular ichki organlarni tez harakatlar (sakrashlar, sakrab tushishlar) paytida chayqalishdan qorin muskullarini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, vena qon tomirlarida qon yurishmay qolishining oldini oladi (tizzaga chapatilash, yarim cho’qqayish, cho’qqayish). Umumrivojlantiruvchi mashqlar bola organizmiga har tomonlama mustahkamlovchi ta‘sir yetadi. Mashqdagi har bir harakat dastlabki holatdan gavdaning to’g’ri holati (tik turgan), o’tirgan, yotgan holatlardan hamda oyoq va qo’llarning muayyan mashq uchun zarur holatidan boshlanadi. Dastlabki holatlar turlicha bo’ladi: tik turgan holatda oyoqlar uchun dastlabki holat;
 tik turganda qo’llarning dastlabki holatlari;
 o’tirgandagi dastlabki holatlar;
 yotgandagi dastlabki holatlar. Jismoniy mashqlar ko’krak qafasi harakatchanligining kuchayishiga, nafas olishning chuqurlashishiga, o’pka hayot ko’lamining kengayishiga, qonning kislorod bilan to’yinishiga yordam beradi. Mashqlar davomida buyumlardan foydalanish. Bolalar bajaradigan umumrivojlantiruvchi mashqlarning katta qismi buyumlar: tayoqchalar, bayroqchalar, chambaraklar, lentalar, shnurlar, langarcho’plar, sharlar bilan; predmetlarda – gimnastika devori, skameyka, stullar, xodada amalga oshiriladi. Bolalar buyumlar bilan bajariladigan mashqlarni qiziqish bilan bajaradilar, mashqlarni takrorlash to’g’ri muskul tonusini hosil qilishga yordam beradi. Saflanish mashqlari. Saflanish mashqlari – saflanishlar (davra, kolonna, sherenga) qayta saflanishlar (bittadan kolonna bo’lib saflanishdan ikkita, uchta, to’rttadan, sherenga bo’lib saflanish…) turli tomonlarga burilishlar (o’ngga, chapga, orqaga), tarqalish va yig’ilish, fazodagi barcha harakatlardan (turli saflanishlar va tarqalishlar) turli jismoniy mashqlarni bajarishda foydalaniladi (mashg’ulotlarda, ertalabki gimnastikada, harakatli o’yinlarda, bayram tantanalarida sayrlarda, ekskursiyalarda). Bolalarda bu mashqlarni bajarish jarayonida jamoada harakatning muvofiqligi (turli mashqlarni birgalikda va o’zaro aloqadorlikda bajarish) tarbiyalanadi. Saflanish mashqlari bolalarda to’g’ri qad-qomatning shakllanishiga xizmat qiladi. Ular turli buyumlar bilan, qo’shiq, musiqa yoki zarbli asboblar (doira, nog’ora) jo’rligida bajarilishi mumkin. Shunday qilib, gimnastika mashqlarining barcha guruhi – asosiy harakatlar, umumrivojlantiruvchi va saflanish mashqlari bola organizmida kechadigan funksional jarayonlarni kuchaytiradi, jismoniy va har tomonlama rivojlanishga ta‘sir ko’rsatadi


Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin