Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja


-Mavzu: Katta va tayyorlov guruhlar uchun umurivojlantiruvchi mashqlarni ishlanmasini tuzish va o’tkazish



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə17/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

14-Mavzu: Katta va tayyorlov guruhlar uchun umurivojlantiruvchi mashqlarni ishlanmasini tuzish va o’tkazish.
Reja: 1. MTMlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining mazmuni 2. Katta va tayyorlov guruhlar uchun umurivojlantiruvchi mashqlarni ishlanmasini tuzish 3. Katta va tayyorlov guruhlar uchun umurivojlantiruvchi mashqlarni ishlanmasini tuzish va o’tkazish
MTMlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining mazmuni va tuzilishi Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o’rgatishning asosiy shaklidir. Mashg’ulotlarning a hamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta‘limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Mashg’ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Jismoniy mashg’ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o’tkaziladi. Yoz paytida o’yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o’tkaziladi. «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturida har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg’ulotlarning mazmunini tashkil yetadi. Mazmuniga ko’ra xilma-xil mashg’ulotlarni o’tkazishda vazifalarning aniq va oydin bo’lib qolishi, dasturni o’tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Mashg’ulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo’yilgan vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg’ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’zaro bog’liq uch qismdan iboratdir: Mashg’ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko’nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg’ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir. Shu maqsadda bolalarga to’g’ri qad-qomatni tarbiyalashga, yassi tovonlikni oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo’ljal olish bilan bog’liq, bajarilishi ko’p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi. Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi:
 saflanish mashqlari – turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar;
 turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish;
 tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonna va hakozo bo’lib saflanish;
 turli ko’rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar. Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to’rttadan bo’lib, saflanishi, tarqalishi… bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashg’ulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatishga o’tish uchun xizmat qiladi. Bu qism kichik guruhlarda 2- 4 daqiqagacha, o’rta guruhlarda 3 dan 5 daqiqagacha, katta guruhlarda 4 dan 6 gacha davom yetadi. Mashg’ulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni. Mashg’ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so’ngra asosiy harakatlarga o’rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga o’rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko’nikmalarini takomillashtirishni ko’zda tutadi. Shundan so’ng barcha bolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli o’yinlar o’tkaziladi.Bolalarning psixik ish qobiliyatining davomsizligini hisobga olib, murakkab vazifalar asosiy qismning boshida belgilanadi (bolalarni yangi material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish). Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bolalar kichik buyumlar, bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar, lentalar, shnurlar bilan bajaradilar. Chunki ular organizmning funksional holatini yaxshilashga ta‘sir yetadi. Dastlab to’g’ri qad-qomatni shakllantirish va nafas olishni tartibga solish maqsadida qo’l mushaklari va yelka kamari mushaklarini rivojlantirish hamda mustahkamlash mashqlari beriladi. Ikkinchi navbatda gavda uchun, orqa mushaklarni mustahkamlash va umurtqa egiluvchanligini rivojlantiruvchi (oldinga, orqaga va yon tomonlarga egilish, gavdani aylantirish) mashqlari beriladi. Uchinchi navbatda qorin va oyoq mushaklarini mustahkamlovchi (cho’qqayish, tizzadan bukilgan oyoqlarni ko’tarish…) mashqlari beriladi. Shundan so’ng asosiy harakatlarni o’rgatishga o’tiladi. Bunda ulardan biri bolalar uchun yangi, boshqalari esa o’rganish va takomillashtirish bosqichida bo’ladi. Mashg’ulotning umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatish bilan olib boriladigan asosiy qismi davomiyligi: kichik guruhlarda 15 dan 18 daqiqagacha; o’rta guruhda 20 dan 22 daqiqagacha; katta guruhda 25 dan 28 daqiqagacha bo’ladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarsiz o’tkazilganda esa uning davomiyligi kichik guruhlarda 8-12 daqiqa, o’rta guruhda 12-15 daqiqa, katta guruhda 15-20 daqiqani tashkil yetadi. Mashg’ulotni yakunlovchi qismi. Mashg’ulotning o’yindan so’nggi yakunlovchi qismi tobora sekinlashadigan intensiv suratdagi yurishni o’z ichiga oladi. U umumiy qo’zg’aluvchan ishga yordam beradi; yurish jarayonida bolalar bir necha nafas olish mashqlarini bajarishlari mumkin. Ba‘zi hollarda yurish barcha bolalar ishtirokidagi kam harakatli o’yin bilan almashtirilishi mumkin. Yurish yoki uni almashtiruvchi o’yin so’nggida mashg’ulotga yakun yasaladi. Yakunlovchi qism: kichik guruhda 2 dan 3 daqiqagacha, o’rta va katta guruhlarda 3 dan 4 daqiqagacha bo’ladi. Butun mashg’ulotning davomiyligi:
 kichik guruhlarda 15-20 daqiqa;
 o’rta guruhlarda 20-25 daqiqani;
 katta guruhlarda 30-35 daqiqani tashkil yetadi.


Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin