Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja


-Mavzu: Мaktabgacha ta‘lim tashkilotlarida harakatli o’yinlar



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə18/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

15-Mavzu: Мaktabgacha ta‘lim tashkilotlarida harakatli o’yinlar
Reja:
1. Мaktabgacha ta‘lim tashkilotlarida harakatli o’yinlar 2. Jismoniy daqiqalar 3.Maktabacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun mashqlar Ertalabki gimnastika. Ertalabki gimnastika bolaning oila, yasli bolalar bog’chasidagi kundalik rejimining majburiy qismidir. Uning kattalar rahbarligida o’tkazib turilishi bolalar asta-sekin yoqimli mushak sezgisi, ijobiy emotsiyalar xushchaqchaqlik kayfiyatini uyg’otadigan jismoniy mashqlarga nisbatan ko’nikishni tarbiyalaydi. Ertalabki gimnastikaning a hamiyati rang-barang: u organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi, uyqudan so’ng asab tizimini harakatga keltiradi, bedorlikka o’tish vaqtini qisqartiradi, ijobiy xislar uyg’otadi. Uyqudan so’ng maxsus tanlangan jismoniy mashqlardan iborat ertalabki gimnastika bolani butun organizmini asta-sekin faoliyat holatiga jalb yetadi. Jismoniy mashqlarni bajarish bosh miya tizimi faolligini kuchaytiradi. Ko’rish, eshitish, tayanch harakat, teri kabi barcha retseptorlardan bosh miyaga keladigan butun impulslar oqimi asab tizimi ish qobiliyatini va organizmining hayot faoliyatini tiklaydi. Ertalabki gimnastika to’g’ri qad-qomatni tarbiyalashga ta‘sir etib, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon aylanishini kuchaytiradi, modda almashishiga yordam beradi. Ertalabki gimnastika bolalarda diqqatni, maqsadga intiluvchanlikni tarbiyalaydi, aqliy faoliyatining oshishiga yordam beradi, emotsiya va quvonch tuyg’ularini uyg’otadi. Bolalarning jismoniy mashqlarni ochiq havoda yoki darcha derazalari ochiq xonada suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush) bilan o’tkazishlari juda sog’lomlashtiruvchi samara beradi, asab tizimining umumiy holati va funksional imkoniyatlarini yaxshilaydi, uni mustahkamlaydi va chiniqtiradi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining muqobillashuviga yordam beradi, almashinish reaksiyalarini yaxshilaydi, s hamollash va yuqumli kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qiladi, bolalarda tetiklik, yengillik, quvonch sezgilarini uyg’otadi. Bolalar organizmini chiniqtirish maqsadida suv harorati asta-sekin pasaytirib boriladi, bunda shifokor ko’rsatmasi asosida har bir bolaga yakka yondashishga rioya qilinadi. Ertalabki gimnastikani o’tkazish uchun avval o’rganilgan mashqlar ichidan tanlanib, mashqlar majmuasi tuziladi. Mashqlar quyidagi tartibda o’tkaziladi: 1. yelka kamari mushaklarining rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi, yelka bo’g’imlari, ko’krak qafasi harakatchanligini rivojlantirishga, umurtqa pog’onasini rostlashga xizmat qiluvchi mashqlar; 2. orqa mushagi va umurtqa pog’onasi egiluvchanligini rivojlantirish va mustahkamlashga mo’ljallangan, ichki organlarga massaj kabi ta‘sir etuvchi, oyoq bo’g’imlarini rivojlantiruvchi mashqlar; 3. qorin va oyoq mushaklarini rivojlantirishga mo’ljallangan mashqlar. Mashqlar majmuasini tuzishda har bir yosh guruhining yosh va yakka xususiyatini hisobga olish lozim. Ertalabki gimnastika birinchi kichik guruhdan boshlab joriy etiladi. Ertalabki gimnastikada harakatlarga o’rgatilmaydi, shuning uchun tarbiyachi mashqni oldindan tushuntirishi va namoyish qilishi kerak emas. Kichik va o’rta guruhlarda yilning birinchi yarmida tarbiyachi bolalarga mashqni o’zi bilan birga bajarishni taklif yetadi. O’rta guruhning ikkinchi yarmi va katta va tayyorlov guruhlarida u mashqlarni nomini qisqagina aytadi, dastlabki holat uchun buyruq beradi. Mashq boshlashdan oldin va u tugagach, katta guruh bolalari asosiy tik holatda (tovonlarni juftlashtirib, oyoq uchlarini kerib) turadilar. Kichik va o’rta guruhlarda bolalar oyoqlarni parallel holda biroz kerib turadilar, bu yassi tovonlikni oldini oladi. Ertalabki gimnastika so’ngidagi sur‘atni sekinlatib yurish, turgan holatida oyoqlarini biroz qutarib qadam tashlash, nafas olish mashqlarini bajarish bilan tugallanadi. Bu bola yurak pulsini normal holga keltiradi. Jismoniy daqiqalar. Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli jismoniy mashqlar) o’rta, katta va tayyorlovchi guruhlarida mashg’ulotlar o’rtasidagi tanaffusda, shuningdek dars jarayonining o’zida o’tkaziladi. Jismoniy daqiqaning a hamiyati bola faoliyati va xolatini harakat faolligi orqali almashtirishdan iborat bo’lib, u charchoqni yozadi, bolaning emotsional ijobiy holatini tiklaydi. Agar bola mashg’ulot jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish yuzaga keladi. Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg’ulot yuklamasini buzilishi tufayli kuchayadi, bu bolalarning e‘tiborini susaytiradi. Bu bosh miya po’stlog’ida rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o’quv materialini o’zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U chalg’iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu belgilarning barchasi faoliyatni o’zgartirish zarurligini ko’rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, xatto 6 yoshli bolalar ham 20 daqiqagina nisbatan harakatsiz va diqqatni jamlab tura olar ekanlar; shu muddatdan so’ng ular toliqish tufayli bilimlarni yaxshi o’zlashtirish va ko’nikmalarni egallashga qodir bo’la olmaydilar. Jismoniy mashqlarni bajarish mushak ishini faollashtiradi, bu o’z navbatida qon aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas olishning intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan ta‘minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda bola psixikasi emotsional – ijobiy holatning shakllanishiga, diqqatning, aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning oshishiga ta‘sir qiladi. Charchoq yo’qoladi, bola dam oladi va yana ishtiyoq bilan shug’ullana boshlaydi. Jismoniy daqiqalar tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho’qqayib o’tirish yoki turgan joyida yugurish (30-40 sekund) kiradi. Jismoniy daqiqalari o’z ichiga yelka kamari va qo’llarga mo’ljallangan 2-3 ta mashq, tortilish, egilish va gavdani burish mashqlarini oladi. Jismoniy daqiqalar 2-3 daqiqa davom etadi. Maktabacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun mashqlar yig‟indisi. Mashqlar taqlid qilish holatida bo‘ladi va bolalar uni obrazli so‘zlar va dadil harakatlar bilan so‘zlab bajaradilar. ―Cho‘zilish‖. Bola tarbiyachining yonidan o‘ta turib to‘xtaydi, qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi va barmoqlari bilan tarbiyachining qo‘llariga tegishga harakat qiladi (3-5 marta). ―Safda ketayotgan harbiy kabi yurish‖- Safda qadam tashlab yurish-oyoq uchini cho‘zib, oyoq kafti bilan erni bosish. Dastlab qo‘llar yonga qisiladi, keyin faol harakatlar bilan yuriladi. 20-30 sek takrorlanadi.


Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin