Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə21/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

O‘yinda rollarni taqsimlash.Tarbiyachi pedagogik vazifalarga amal qilib (yangi kelgan bolani rag’batlantirish yoki aksincha, faol bola misolida botir bo’lish qanchalik muhim ekanligini isbotlash yoki o’ziga ishongan bola iltimosini rad etib, bu rolni qo’rqib turgan tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin etishi yoki bolalarni hursand qilgan holda o’yinga o’zi kirishib o’z zimmasiga boshlovchi yoki oddiy ishtirokchi rolini oladi. Shuningdek boshlovchi saylashni bolalarni o’ziga xavola etishi va ulardan bu rolni mazkur bolaga nima uchun topshirganlarini tushuntirib berishlarini so’rashi mumkin. Kichik guruhda boshlovchi rolini tarbiyachini o’zi bajaradi. O’yin jarayonida tarbiyachi bolalar harakati va o’zaro munosabatlar, qoidalarini bajarilishini kuzatib boradi, qisqacha ko’rsatmalar beradi, bolalarning hissiy holatlarini boshqarib boradi. Qoidaning ayrim bolalar tomonidan buzilishi haqida o’yinni qayta o’tkazishdan oldin gapiradi.
O‘yinni yakunlash. Harakatli o’yin jismoniy yuklamani kamaytiradigan xolga keltiradigan umumiy yurish bilan tugallanadi. Yurishni ahamiyatiga k o’ra bir xil bo’lgan kam harakatli o’yin bilan almashtirish ham mumkin. O’yin tugagan zahoti uni yakunini chiqarish kerak emas, bolaning tez harakatdan dam olishga asta-sekin o’tmasligi yurak faoliyatini va butun organizmiga noxush ta‘sir etadi. Tarbiyachi o’yinni baholashida uning ijobiiy tomonlarini ta‘kidlaydi, o’z rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik, chidamlilik, o’zaro o’rtoqlik yordami ko’rsatgan bolalar nomini aytadi va qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu bilan bog’liq harakatini kuyinib ko’rsatib o’tadi. Katta guruhlarda tarbiyachi bolalarni harakatli o’yinlarni mustaqil tashkil etishga tayyorlaydi, bunda o’yinlarning borishini va ayniqsa, qoidalarni bajarilishini hamda bolalar o’rtasidagi munosabatlarni kuzatib boradi. U bolalarga harakatli o’yin variantlarini uning mazmuni, qoidasini, o’yin harakatlarini o’zgartirgan holda o’ylab topish, keyinchalik yangi o’zi o’ylab o’yin topish kabi topshiriљlar beradi. Katta guruh bolalarida mustaqillik, tashkilotchilik malakasini tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga kichik gruh bolalari bilan o’yin tashkil etishini taklif etadi. O’yin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi ostida o’tkaziladi. Harakatli o’yinlar bolalarni har tomonlama tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. O’yin faoliyati qaysi shaklda ifodalanmasin bolani quvontiradi, ularda ijobiy hislarni uyg’otadi. Harakatli o’yinlar bola dunyoqarashini kengaytiradi, atrof-muhitni bilishida o’ziga xos vosita hisoblanadi. Harakatli o’yinlardagi qoidalar o’yinning borishini belgilaydi, bolalar harakat faoliyatini, o’zaro munosabatlarini yo’lga soladi, axloqiyirodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Har bir bolaning o’yin qoidasini anglashi va unga rioya qilishda kattalarning rahbarligi katta ahamiyatga egadir. O’yinlar orqali bolalarda halollik, adolatlilik, do’stlik, botirlik, o’zini tuta bilish, qat‘iyatlik kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. O’yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, tafakkur, tushuncha va mo’ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, o’yinlar ijodiy hayol, xotira, topqirlik, fikr yuritish faolligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli o’yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Bola o’yin faoliyati tufayli fazo va buyum voqeligini amalda o’zlashtiradi, shu bilan birga fazoni idrok etish mexanizmini o’zi ham juda takomillashadi. Masalan, bola tomonidan harakat yo’nalishini mustaqil tanlash va harakatini o’yin qoidasida qat‘iy belgilangan yo’nalishda bajarishi bir tomondan o’yin vaziyatini (bevosita idrok qilinadigan) va ko’rish-motor reaksiyasini (o’yin harakatlarini) darhol baholashni, ikkinchi tomondan o’z harakatlarini fazo-o’yin muhitida anglash va tasavvur qilishni talab etadi. Harakatli o’yinlar bolalarda oddiy vaqt mo’ljalini shakllantiradi. Ular quyidagilarda ifodalaniladi: o’yin harakatlarining izchilligini tushunib olishda avval, so’ng, bundan keyin, bundan oldin, barini bir vaqtda kabi o’yin topshiriqlarini signalga ko’ra, bolalar uchun belgilangan muddat doirasida tez bajarishida ko’rinadi. Bu o’yinlarga bolalar fazoda mo’ljal olishni, harakatlar izchilligi va ularga vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi.


Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin