Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja


-Mavzu: Sport mashqlarini o’tkazish



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə25/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

20-Mavzu: Sport mashqlarini o’tkazish
Reja: 1. Sport mashqlarini o’tkazish 2. Sport musobaqalarini, bayramlarini tashkil qilish
Sport musobaqalarini, bayramlarini tashkil qilish va o'tkazish qonun-qoidalari
Jismoniy tarbiya jamiyat tarixining barcha bosqichlarida xalq madaniyatining tarkibiy va
muhim qismi bo'lib kelgan. Xususan, unga O'zbekiston hududida yashayotgan xalqlar
ma'naviy va jismoniy barkamollik mezoni sifatida qarashgan. Jismoniy tarbiya va harbiy
san'at XIV-XV asrlarda ham ancha rivoj topgan. Amir Temur olib borgan siyosat
jamiyatning hamma sohalarida bo'lgani kabi jismoniy tarbiya mohiyatini ham yuqori
bosqichga ko'targan. Temuriylar davrida harbiylarni jismoniy tarbiyalashga alohida e'tibor berilgan. Kurash, kamondan otish, ot sporti o'yinlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilgan. Sobiq ittifoq davrida jismoniy tarbiya O'zbekiston Respublikasida katta yo'qotishlarga uchradi. Kuch, tezkorlik, chiniqish maktabi bo'lgan milliy o'yinlarga e'tibor susaydi. Bu mahalliy aholining jismoniy tarbiyadan uzoqlashishiga olib keldi. Bu esa mahalliy aholining jismoniy rivojlanishiga, jismoniy tayyorgarligiga hamda salomatligiga putur yetkazdi.
Ayniqsa, yosh bolalarda bu holat ancha sezilarli bo'ladi.
Bolalarning jismoniy tayyorgarligi ancha pasaydi. Biz olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari
buni isbotladi. Mustaqil O'zbekiston davrida bu masalaga katta e'tibor berilmoqda. Masalan, jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi Prezident qarorlari, farmonlari bunga isbot bo'la oladi. "O'zbekiston Respublikasida bolalar sportini rivojlantirish to'g'risida"gi qaror hamda "Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish" hamda "Maktabgacha tarbiya va bolalar sporti" fakultetlarida qo'shimcha ikkinchi mutaxassislikning kiritilishi (boshlang'ich sinf o'qituvchisi va jismoniy tarbiya o'qituvchisi), - bolalar sportini rivojlantirishda ilgari tashlangan qadam boidi. Lekin jismoniy tayyor-garlik, musobaqalarda qatnashish ko'nikma va malakalarini shakllanti-rishni eng kichik bog'cha yoshidan boshlash kerak. Afsuski, bog'chalar-da bunga yetarlicha e'tibor berilmaydi.
Bog'chalarda qanday sport musobaqalarini o'tkazish mumkin va unga qanday
tayyorgarlik ko'rish kerak? Nimalarni e'tiborga olish lozim?
Tuman va shahar birinchiligida: futbol, 10-20 m. ga tez yugurish, estafetalar,
velosipedda yurish, sport konkurslari, quvnoq startlar, 4x10 m. mokkisimon yugurish va
turli musobaqalar dasturga kiritilgan. Shu musobaqalar yuqoridan (tuman, shahar,
respublika) kelgan musobaqalar kalendariga asosan yoki o'qituvchilar-tarbiyachilarning o'z tayyorgarligi asosida boshlanadi.
Bunday tayyorgarliklar jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida, kun tartibida o'tkaziladigan
jismoniy tarbiya jarayonida olib boriladi hamda o'yinlar orqali musobaqaga oid harakatlar hisobida o'tkaziladi. Masalan estafeta o'yini, yoki "Kim uzoqqa sakraydi?", "Eng mergan", "Mokkisimon yugurish" va boshqalar.
3-4 yoshdagi bolalar uch g'ildirakli velosipedda uchishni juda yoqtiradilar, 5 yoshdan
yuqori ikki g'ildirakli velosipedda uchishni o'rgatish mumkin. Velosipedda uchishning
ahamiyati shundaki, bola ko'p vaqt havoda bo'ladi hamda muskullarini, ayniqsa, oyoq
muskul-larini mustahkamlaydi. Bulardan tashqari, muvozanat saqlash qobiliya-tini
rivojlantiradi, koordinatsion qobiliyatlarini, jasurlik va dovyuraklik fazilatlarini tarbiyalaydi.
Bog'cha bolalariga va boshlang'ich sinf o'quvchilariga sayr qilish ham yoqadi. Sayr
orqali bolalarda tabiatga, atrof-muhitga qiziqish oshib boradi, organizm chiniqtiriladi,
qiziquvchanligi rivojlanadi. Bunday sayrlar 3-4 yoshli bolalarda 15-20 daqiqa davom etadi, 5-6 yoshli bolalar kattaroq masofani charchamay bosib o'tadilar va 30-40 daqiqagacha davom etadi shu jumladan boshlang'ich sinf o'quvchilarini 60-90 daqiqagacha.
Xalq ta'lim tizimini takomillashtirish masalalari, pedagog kadrlarni tayyorlash,
tarbiyalash va o'qitish-o'rgatish metodlari davlat ahamiyatidagi masala bo'lib kelgan va
shunday bo'lib qoladi, chunki u milliy davlat dasturining vazifalarini bajarishga
yo'naltirilgan hamda shaxsni har tomonlama garmonik rivoj lntirishga qaratilgan. Hozirgi texnikaning rivojlanishi islohotlar o'zgarishi, zamon talabiga binoan har bir odam o'z bilimlarini mustaqil boyitishga ega bo'lishlari kerak. Bunday ko'nikma, malakalarni eng kichik yoshdan boshlash lozim. Shu boisdan kichkintoy bolalarning salomatligi, jismonan tayyorgarligi, o'qishga bo'lgan ehtiyoji, uning dunyoqarashi va boshqalar bog'cha tarbiyachilarning ish mahoratiga bog'liq. Shulardan biri bolalar kun tartibini har xil harakatlar bilan boyitish. Masalan, maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim muassasalarida sport bayramlarini o'tkazish bolalarda jismoniy mashqlar bilan
mustaqil shug'ullanish, sport bilan oshno bo'lish, do'stlashish va boshqa ko'nikma,
malakalarni shakllantirish, harakat faoliyatini oshiradi. Maqsad ham shulardan iborat. Lekin bu maqsadni amalga oshirish uchun sport bayramlarini tashkil qilish, uning samaradorligini oshirish va o'tkazishga katta tayyorgarlik kerak.
Misol tariqasida (bog'chada) maktabda sport bayramini tashkil qilish va o'tkazish
tajriba asosida bayon etiladi. Eng avvalo har bir o'tkaziladigan sport tadbirlari rejaga
kiritilgan bo'lishi kerak, reja pedagogik kengashda tasdiqlanadi, so'ng olib boriladigan sport bayramiga ssenariy yoziladi. Ssenariya ham pedagogik kengashda muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Bu bayramga tayyorgarlik ko'rish ishchi guruhi tuziladi. Chunki o'tkazilayotgan sport bayramining samarali ta'sirini oshirish maqsadida bolalarning safda yurish turlari (chiziqlar bo'ylab yurish, o'rtadan 2-3-4 tadan bo'lib yurish, diagonal bo'ylab yurish, 2 tomondan diagonal bo'ylab qarama-qarshi yurish, hosil qilib yurish va h.k.), yurish turlarini ko'rsatish (oyoq uchlarida, tovonlarda, kaftning ichki va tashqi tomonlarida yurish, askarcha yurish, katta qadam tashlab yurish, oyoqlarni chalkashtirib yurish, tizzalarni baland ko'tarib yurish va h.k.).
Bolalarning jismoniy tayyorgarligini hamda mashg'ulotlarda o'tilgan materiallarni
o'zlashtirish darajasini aniqlash va nazorat qilish maqsadida yakkama-yakka bellashuv
tarzida yugurishlar, estafetalar, sakrashlar, to'plar bilan mashqlar bajarish, turli o'yinlarni o'rganish va bajarish amalga oshiriladi. Shular qatorida aralash mashqlarni ham musobaqa tarzida bajarish maqsadga muvofiq.Bunday tayyorgarliklar albatta ssenariy-reja asosida olib boriladi.

Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin