Mavzu: O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlanishi reja



Yüklə 140,17 Kb.
səhifə13/42
tarix19.10.2023
ölçüsü140,17 Kb.
#157500
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
jismoniy tarbiya majmua

- Jismoniy tarbiya — to'pni uloqtirganda qo'lni qamchi uigandek oldinga -yuqoriga qilib siltash va oyoqni bir qadam oldinga qo'yish; - to'pni oldinga — yuqoriga qarata oyoq va gavda kuchi bilan uloqtirish hamda to'pni uloqtirgandan keyin oyoqni bir qadam oldinga qo'yish; - to'pni bir qadamdan (halqadan halqaga qadamlagandek) uloqtirish; - to'pni yurayotib, 3 qadam yugurib otish; - to'pni 3—5 qadam yugurib kelib belgiga to'g'ri tushish uchun uch urinishda uloqtirish, buni sinfdoshlari baholashlari;
- kuch bilan yugurib kelib, to'pni uzoq masofaga uloqtirish; — to'p uJoqtirishdan o'quv me'yorini topshirish va chempionni aniqlash lozim.
Mavzuga doir savottar Yengil atletika darslarida qanday jisrnoniy sifatlar rivojlanadi? Yengi! atletika sport turiga nimalar kiradi? Yugurish, sakrasn, uloqtirish mashg'ulotlarida o'zini qanday tutish lozim va xavfsizlik qoidalariga qanday rioya qilinadi? Sprinterlik va stayerlik yugurish nima? Qisqa masofaga yugurishda qanday jisrnoniy sifatlar rivojlanadi? Kross yugurishda qaysi jismoniy sifatlar rivojlanadi? Qisqa, o'rta masofaga yugurishda sportchilar startning qaysi turidan foydalanadilar? Uzunlikka sakrash chog'ida yugurish joyi qanday belgilanadi? Balandlikka sakrashda yugurish va depsinish joyi qanday belgilanadi? To'pni to'g'ri uloqtirish uchun dastlabki holat qanday bo'lishi lozim?

14-Mavzu: МТТda umurivojlantiruvchi mashqlar
Reja:
1. Umumrivojlantiruvchi mashqlar. 2. Mashqlar davomida buyumlardan foydalanish 3. Saflanish mashqlari.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu maxsus mashqlardir. Ular butun organizmning rivojlanishi va sog’lomlashishida muxim rol o’ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga, bo’g’imlarning xarakatchan bo’lishiga muskullar taranglashuvi va bo’shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi. Bu mashqlarning vazifasi to’g’ri qad-qomatni shakllantirish, butun tayanch xarakat apparatini mustaxkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish jarayonlari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiy-emotsional kayfiyat uyg’otadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar bir necha guruhga bo’linadi: 1.Yelka kamari va qo’l mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar. 2.Gavda, orqa mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar. 3.Oyoq va qorin mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlash uchun mashqlar.

Yüklə 140,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin