Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati.
O`zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo`l qo`yilmaydi. e'lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishi, shuningdek, ularning matni o`zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo`q. senzura, oddiy qilib aytganda, bu muayyan axborot berilishiga (nashr qilinishiga) to`sqinlik qilish, unga nisbatan ta'qib va cheklov o`rnatishdir. so`z erkinligi fikr bildirish erkinligini har qanday cheklash demokratiyaga xilofdir. va aksincha, senzuraning olib tashlanganligi jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari orqali istagan xabar, ma'lumot va materialni E'lon qilaveradi degan gap emas, albatta. masalan, «jurnalistlik faoliyatni himoya qilish to`g`risida»gi qonunning 5-moddasiga muvofiq jurnalist o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish huquqiga ega.
Ommaviy axborot vositalari «davlat sirlarini saqlash to`g`risida»gi qonun1[16] bilan taqiqlangan hamda vazirlar mahkamasi tomonidan alohida tasdiqlangan davlat sirlari hisoblangan obyektlar ro`yxatidan tashqari masalalar xususida erkin tarzda xabarlar e'lon qilishi mumkin. qonunga binoan, davlat tomonidan qo`riqlanadigan va maxsus ro`yxatlar bilan chegaralab qo`yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va o`zga xil ma'lumotlar o`zbekiston respublikasining davlat sirlari hisoblanadi (1-modda).
Ommaviy axborot vositalaridan mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, respublika hududiy yaxlitligini zo`rlik bilan o`zgartirishga da'vat qilish, davlat sirini oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladigan boshqa hatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.
Qonunda yana bir muhim jihat borki, u ham bo`lsa, jurnalist yoki ommaviy axborot vositasi prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini e'lon qilishi, muayyan ish bo`yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning hal qiluv qarori yohud hukmi qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini tahmin qilishi yoki sudga o`zgacha yo`l bilan ta'sir ko`rsatishi taqiqlanadi.
Mazkur taqiq fuqarolarning aybsizlik prezumsiyasi prinsipi buzilmasligi uchun belgilangandir. zero, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan (gumon kilinayotgan) hech bir shaxsning ishi sudda ko`rilib, uning aybi isbotlanmagunicha u aybdor hisoblanmaydi. shu bois, sud qarori yoki hukmi chiqmaguncha jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari ish bo`yicha oldindan xulosa chiqarishlari, shaxsning hatti-harakatlariga baho berishlari joiz emas. aks holda, shaxsning sha'ni va obro`si asossiz zavol topib qolishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari to`g`risidagi qonun talablarini buzishda aybdor deb topilgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar. muharrir yoki jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan materiallarni tarqatganligi uchun, agar ma'lumotlar: rasmiy xabarlardan olingan bo`lsa; axborot agentliklari yoki davlat organlarining matbuot xizmatlari orqali olingan bo`lsa yoxud muallifning oldindan yozib olinmay, to`g`ridan-to`g`ri efirga berilayotgan nutqlarida aytilgan bo`lsa, javobgar bo`lmaydi.
Demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari «to`rtinchi hokimiyat», deb ta'riflanadi. bu «hokimiyat»ni ro`yobga chiqarishda jurnalist, uning kasb mahorati, umumiy saviyasi va madaniyati katta rol o`ynaydi. jurnalistlik faoliyatining davlat darajasida muhofazalanishi, jurnalistning huquq va majburiyatlari tartibga solinishi «to`rtinchi hokimiyat» uchun mustahkam zamindir.
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilganlik, uning so`rov va axborot olish huquqini buzganlik, jurnalistga tazyiq o`tkazganlik va faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. jurnalistning materiallari va texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yish mumkin emas. jurnalist sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.
O`zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning axborot olish huquqi maxsus qonunlar bilan ham mustahkamlab qo`yilgan. 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan o`zbekiston respublikasining «axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida»gi qonuni bevosita ushbu huquqni amalga oshirish bilan bog`liq masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va qabul qilingan. ushbu qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosbatlarni tartibga soladi.
Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o`zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga dahldor bo`lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo`li bilan ta'minlanadi2[17].
Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirlardan iborat axborotni berishi mumkin emas. davlat organlarining, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi hatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
O`zbekiston respublikasi prezidenti i.karimovning 2005 yil 28 yanvardagi oliy majlis qonunchilik palatasi va senatining qo`shma majlisida nutqida beshta ustuvor vazifalaridan biri etib, “ o`zbekistonda demokratik jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashning g`oyat muhim sharti- bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo`yicha aniq choralarni amalga oshirishdir” etib belgilandi. ommaviy axborot vositalarini jamiyatdagi o`rni yanada oshirish, ularni iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash muhim vazifalardandir.
O`zbekiston respublikasi oliy kengashining axborotnomasi, 1993 yil 5-son, 232-modda.
Demokratik jamiyat taraqqiyotini ommaviy axborot vositalaridan ayricha holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlarini, inonparvarlik mazmun-mohiyatini, rivojlanish qonu-niyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, siyosiy asoslarini omma ongiga etkazish va targ‘ib-tashviqot etishda matbuot, radio va televideniyaning, barcha axborot vositalarining tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Mamlakatimiz xalqlari, millatlari va har qaysi fuqaroning islohotlarni amalga oshirish va hayotga joriy etishdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, bilim saviyasi, madaniyatini-ma’naviyatini o‘stirish, Onggi, tafakkuri, dunyoqarashi, intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida ommaviy axborot vositalari nechog‘lik ahamiyat kasb etayotganligini har birimiz o‘zimizning ijtimoiy va shaxsiy hayotimiz misolida aniq-ravshan ko‘rib-bilib, chuqur his etib turibmiz. hozirgi paytda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik jamoatchilik fikrining holatiga etarli darajada bog‘liq bo‘lib turibdi. jamoatchilik fikri shakllanishida ommaviy axborot vositalariga keng o‘rin beriladi. “ommaviy axborot vositalari mamlakatda yuz berayotgan jarayonlarga turlicha qarashlarda erkin va holis vositachi bo‘lishi va muhimi, inson hamda jamiyat manfaatlarining faol va izchil himoyachisi bo‘lishi uchun professional jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tayyorlash jarayonini qayta ko‘rib chiqish, axborot olish, tahlil qilish, ishlash va etkazishning zamonaviy usullarini va vositalarini o‘zlashtirishda ularga yordam berish zarur”. Ommaviy axborot vositalari orqali insonlar siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotda hamda dunyo hamjihatligi, davlatlararo munosabatlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan voqif bo‘ladi, uni idrok etadi, ularga o‘z munosabatini bildiradi. ijtimoiy-siyosiy hayotimizda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli oshib bormoqda. bugungi taraqqiyotimizni, hayot tarzimizni, barqaror inson tarbiyasini, shaxsning g‘oyaviy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va aqliy axloqiy kamolotini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur etolmaymiz. davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Respublikasi uchun ommaviy axborot vositalarining faoliyatini va ularning samarali ishlashiga yordam beradigan mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish, huquqiy asosini yaratish muammosi dolzarbdir. asosiy qonunimizning o‘n beshinchi bobi “ommaviy axborot vositalari” deb atalishida juda katta ma’no-mazmun bor. bu bob mazmunan chuqur bo‘lgan bittagina moddadan iborat. ya’ni “ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. tsenzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilangan (67-modda). “mazkur qoidaning asosiy qonun darajasida mustahkamlanganligi, birinchidan, fuqarolarning o‘z fikrlarini erkin tarzda matbuotda, radio, televidenie orqali yozma yoki og‘zaki chiqishlarda ifodalash huquqini kafolatlasa, ikkinchidan, ommaviy axborot vositalariga berilgan benazir ahamiyat, yuksak e’tibordir. ushbu konstitutsiyaviy bitikda uchta muhim prinsip: ommaviy axborot vositalarining erkinligi, ular faoliyatida qonun ustuvorligi hamda tsenzura qilishga yo‘l qo‘ymaslik o‘z ifodasini topgan. ayni vaqtda axborotning haqqoniyligi uchun mas’uliyat yuklanib, yuridik javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan. bundan ko‘zlangan maqsad ommaviy axborot vositalari tomonidan ehtirosga berilish oqibatida nojo‘ya axborot tarqatilishining oldini olish, ularga chek qo‘yishdir”. qonunga ko‘ra, o‘zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo‘lib, qonunga muvofiq ishlaydi. O‘zbekiston respublikasi oliy majlisining 1997 yil 26 dekabrda “O‘zbekiston respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi yangidan qabul qilgan qonunida ommaviy axborot vositalari xodimlarining mustaqilligi, erkinligi, respublika konstitutsiyasi va ushbu qonun asosida faoliyat yuritishlari mustahkamlab qo‘yilgan. ommaviy axborot vositalarining erkinligiga erishish asosida:
– ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik fikri xilma-xilligi, inson e’tiqodlari va qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; – axborotni tsenzuradan, mafkuralashuvdan to‘liq xalos bo‘lishini nazarda tutgan holda aholi va jamiyatning xolis, ishonchli va xilma-xil axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; – aholini ommaviy axborot vositalari yordamida demokratlashtirishni chuqurlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarga, keng yoyilgan ma’naviyat va ma’rifat g‘oyalariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash jarayonlarini keng jalb qilish imkoniyati vujudga keladi. bu huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda juda muhim bo‘lib, konstitutsiyaviy tuzumning mustahkam bo‘lishini ta’minlovchi vositalardandir. O‘zbekiston respublikasining qonunlar majmui ommaviy axborot vositalarining huquqlari va erkinliklari kafolatlari bilan bir qatorda ular tomonidan tarqatilgan axborot uchun javobgarlikni ham belgilaydi. konstitutsiyaning 67-moddasida davlatimiz tarixida birinchi marta qayd qilinganidek, “...ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar”. ommaviy axborot va muxbirlarning kasbini muhofazasi to‘g‘risidagi qonunlarda ham so‘z erkinligini suiiste’mol qilishga va tekshirilmagan axborotning tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida alohida ta’kidlangan. qonunlarda belgilab qo‘yilganidek, noxolis yoki bila turib, yolg‘on xabar tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi. xolislik o‘rniga noxolis yo‘l tutish, uydirma va bo‘xtonlarni tarqatish, haqiqatni soxtalashtirish, ig‘vo, fisq-fasod bilan shug‘ullanish ommaviy axborot vositalarining obro‘siga putur etkazadi, jurnalistlar sha’niga to‘g‘ri kelmaydi. keng jamoatchilik ishonchli va e’tiqodidan mahrum bo‘lish, el-yurt nazaridan qolish har bir inson, har qaysi jurnalist uchun juda katta yo‘qotish, juda katta fojia va baxtsizlikdir. jurnalist hamisha va har doim, har qanday vaziyatda ham yuz bergan voqea va hodisalarni aniq dalillar va manbalarga tayanib, hissiyotlarga berilmasdan, g‘arazgo‘ylik qilmasdan qanday bo‘lsa o‘shandayligicha sharhlab, izohlab, ommaga etkazishi kerak. shu joyda prezidentimizning quyidagi qimmatli fikrlarini keltirib o‘tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: “biz jurnalistning o‘z fikrini bayon etish, dalillarni qanday tushunsa, shundayligicha talqin qilish huquqiga hurmat bilan qaraymiz, lekin barcha uchun birdek qat’iy bir qoida mavjudki, jurnalist har qanday vaziyatda ham aniq dalillarga tayanishi lozim. yana bir bor aytaman: sizlar biron-bir voqeani turlicha talqin qilishingiz mumkin, biroq jurnalistning doimiy va o‘zgarmas qoidasiga rioya etishingiz shart, sizlar faqat dalillarga,dalillarga va yana bir bor dalillarga asoslanishingiz kerak”.
Xulosa Darhaqiqat, ommaviy axborot vositalari – gazetalar, jurnallar, radio-televideniyaning jamiyat a’zolariga ta’sir kuchi nihoyatda katta. ommaviy axborot vositalari bizning mamlakatimizda haqli ravishda “to‘rtinchi hokimiyat” deb ataladi. ommaviy axborot vositalarini “to‘rtinchi hokimiyat” deb atalishi to‘g‘ri ma’noda emas, balki ko‘chma ma’nodadir. “to‘rtinchi hokimiyat”, xuddi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati kabi, jamiyatning turli sohalari faoliyatini tahlil etadi, nazorat qiladi, ularni boshqarish va tashkiliy tomonlarini o‘rganadi. bu boradagi kamchiliklar va xatolarga ommani, hokimiyat tarmoqlarining diqqatini jalb etib, jamiyat taraqqiyotini tezlatishga, dolzarb masalalarni o‘z vaqtida va samarali hal etilishiga ko‘maklashadi, mamlakat rahbariyatiga ichki va boshqa siyosat, iqtisod va madaniyat-ma’naviyat sohasida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun zamin tayyorlab, xalq ommasi fikri va harakatlariga ijobiy yo‘nalish beradi. shu yo‘l bilan aholi ommaviy axborot vositalari orqali davlatni boshqarishda qatnashadi va undan qo‘shimcha vosita sifatida foydalanadi. ayni vaqtda hokimiyat ham o‘z siyosatini tushuntirish, keng ommaga etkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanadi.