Mavzu:O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar
1
1: Kuchli ijtimoiy konsepsiyasining shakllanish bosqichlari va rivojlantirilishi.
2
2: Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarni izchil oshirib borish.
3
3: Nodavlat notijorat tashkilotlarning ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
4
4: O’zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” to’g’risidagi qonunning mazmun –mohiyati, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish , jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
Reja:
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. 24 — 26 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar ko‘magida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassamdir.
Xalqaro miqyosda ijtimoiy himoya eng kam darajasining tan olingan 9 turi mavjud bo‘lib, bular tibbiy xizmat, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, boquvchisini yo‘qotishi munosabati bilan beriladigan nafaqa, kasallik bo‘yicha nafaqa, qarilik pensiyasi, oilaviy nafaqa, nogironlik bo‘yicha nafaqalarni o‘z ichiga oladi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu xizmatlarning 5 turi to‘liq, 2 turi esa qisman ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olingan xodimning hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq afsuski, bugungi kunga kelib, ijtimoiy sug‘urtalangan xodimlar soni borgan sari kamayib ketayapti. Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo aholisining 55 foizi ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lsa, atigi 29 foizi kompleks ijtimoiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatiga ega. Pensiya yoshidagi keksalarning 68 foizi qarilik pensiyasini oladi. Bu esa ko‘plab davlatlarda ham jamg‘arib boriladigan, ham sug‘urtali pensiya ta’minoti yetarlicha rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Yana bir og‘ir muammo — taraqqiy topgan yigirma birinchi asrda ham, afsuski, insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqi dunyoning ko‘pgina mintaqalarida hali real haqiqatga aylanmadi. Bu, ayniqsa, aholining 56 foizi mazkur imtiyozdan mahrum bo‘lgan qishloq joylariga taalluqlidir.