Mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar



Yüklə 18,71 Kb.
səhifə4/5
tarix22.12.2023
ölçüsü18,71 Kb.
#190191
1   2   3   4   5
9- mavzu prezintatsiyasi

Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. Sh.MirziyoevBirlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9 dekabr – “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan va har yili ushbu sana keng nishonlanadi. 2003 yilning ushbu sanasida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi imzolangan. Mazkur hujjat uni imzolagan davlatlardan pora olish, byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va korrupsiya ortidan boylik orttirish kabilarni jinoyat deb belgilashni talab etadi.Ushbu Konvensiyada korrupsiyaga shunday ta’rif beriladi: “Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Korrupsiya past iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, kambag‘allik darajasini kamaytirish va rivojlanishni ta’minlash uchun eng katta to‘siq hisoblanadi”.


4: O’zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” to’g’risidagi qonunning mazmun –mohiyati, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish , jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
2017 yil 4 yanvar kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun keng jamoatchilik tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Sababi, bundan oldin aynan Korrupsiya va unga qarshi kurash sohasidagi amaliy chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini tubdan yoritib beruvchi va davlat organlarining umumiy holatda vazifa va majburiyatlarini uzviy holatda belgilovchi normativ-xuquqiy hujjat mavjud emas edi. Qonun ijtimoiy-adolat ruhida tuzilgan bo‘lib, islohotlar samaradorligi va natijadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni o‘rganib, xalqaro amaliyot bilan taqqoslash va uni odamlarimiz, ayniqsa, joylardagi tadbirkorlar, jamoatchilik tashkilotlari bilan keng muhokama qilish asosida ishlab chiqildi. SHuningdek, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat hokimiyat iorganlari qolaversa har bir fuqaro mas’ul ekanligini chuqur izohlaydi.

Yüklə 18,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin