2. Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
2. Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko‘rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlariga narxning o‘sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda oshirib borish hisoblanadi. Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi aholining kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Amaliy hayotda qashshoqlikning o‘zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi
3: Nodavlat notijorat tashkilotlarning ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
Davlatimiz rahbarining 2005-yil 23-iyunda qabul qilingan «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mustaqil NNTlarni tashkil qilish, ijtimoiy va gumanitar masalalarni hal etishda ularning rolini kuchaytirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur hujjatda vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari zimmasiga fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning farovonligini yuksaltirish, mamlakatimizni yanada sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi yuklatilgan. 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining qabul qilinishi natijasida bu jarayon yanada jadallashdi. Ushbu hujjatga muvofiq mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda ushbu fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi. Bularning barchasi davlat byudjetidan “uchinchi sektor”ni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag‘larni ochiq-oshkora, manzilli va, eng muhimi, demokratik taqsimlashni ta’minlashga xizmat qilmoqda, NNTlar faoliyatining tashkiliy-texnik va iqtisodiy asosini mustahkamlab, ularning barqaror hamda mustaqil tuzilma sifatida yanada rivojlanishiga ko‘maklashmoqda. Masalan, 2008-2013-yillarda grant tanlovlarini o‘tkazish, subsidiyalar ajratish va ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirish orqali fuqarolik jamiyati institutlarining turli loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 28,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.