Davlatimiz rahbarining 2005-yil 23-iyunda qabul qilingan «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori mustaqil NNTlarni tashkil qilish, ijtimoiy va gumanitar masalalarni hal etishda ularning rolini kuchaytirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur hujjatda vazirlik va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari zimmasiga fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning farovonligini yuksaltirish, mamlakatimizni yanada sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi yuklatilgan. 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining qabul qilinishi natijasida bu jarayon yanada jadallashdi. Ushbu hujjatga muvofiq mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda ushbu fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi. Bularning barchasi davlat byudjetidan “uchinchi sektor”ni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag‘larni ochiq-oshkora, manzilli va, eng muhimi, demokratik taqsimlashni ta’minlashga xizmat qilmoqda, NNTlar faoliyatining tashkiliy-texnik va iqtisodiy asosini mustahkamlab, ularning barqaror hamda mustaqil tuzilma sifatida yanada rivojlanishiga ko‘maklashmoqda. Masalan, 2008-2013-yillarda grant tanlovlarini o‘tkazish, subsidiyalar ajratish va ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirish orqali fuqarolik jamiyati institutlarining turli loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 28,8 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur.Sh.MirziyoevBirlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9 dekabr – “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan va har yili ushbu sana keng nishonlanadi. 2003 yilning ushbu sanasida BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi imzolangan. Mazkur hujjat uni imzolagan davlatlardan pora olish, byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va korrupsiya ortidan boylik orttirish kabilarni jinoyat deb belgilashni talab etadi.Ushbu Konvensiyada korrupsiyaga shunday ta’rif beriladi: “Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Korrupsiya past iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, kambag‘allik darajasini kamaytirish va rivojlanishni ta’minlash uchun eng katta to‘siq hisoblanadi”.