Mavzu: Gul teramiz
Maqsad: Ta`limiy: o’quvchilarga “Gul teramiz” qo’shig’ini o’rgatish.
Tarbiyaviy: ularda tabiatni sevish hissini shakllantirish;
Rivojlantiruvchi: bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: suhbat, kuylash.
Darsning jihozi: qo’shiq kuyi yozilgan tasma, darslik.
Darsning borishi:
I. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash.
III. Yangi mavzu bayoni:
Darslikda berilgan qo’shiq aytish qoidalarini eslatib o’tish..
Qo’shiq matni bilan tanishtirish.
Gul teramiz
I. Muslim she`ri Ik. Akbarov musiqasi
Qish ketib, bahor keldi,
Gul-lolalar teramiz.
Qo’zilar chopib-yeldi,
Barra o’tlar beramiz.
Gulni tanlab olamiz,
Maktabga keltiramiz.
Tuvaklarga o’tqazib,
Biz parvarish qilamiz!
Qo’shiqni kuyga solib kuylash.
Darslikdagi topshiriqlarni bajarish.
IV. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: qo’shiq matnini yodlash, kuylash.
Musiqa
Dostları ilə paylaş: |