Mavzu: O’zbekiston respublikasining yaimning tarkibidagi o’zgarishlar tahlili. Reja


YaMTD= Yakuniy iste’mol +Milliy jamg‘armalar



Yüklə 39,4 Kb.
səhifə7/12
tarix20.07.2023
ölçüsü39,4 Kb.
#137001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu O�zbekiston respublikasining yaimning tarkibidagi o�zgari

YaMTD= Yakuniy iste’mol +Milliy jamg‘armalar
Yakuniy iste’mol uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste’molga xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Nominal va real Yalpi ichki mahsulot. Iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko‘rsatkich dinamikasi bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o‘zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo‘yadi. Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko‘rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o‘laroq milliy iqtisodiyotda juda ko‘p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o‘zgarishi koeffitsienti (baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun:
- deflator (Paashe indeksi);
- iste’mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
- sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.
Deflator ko‘rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi:
Nominal YaIM
Deflator = ———————————— 100
Real YaIM

Nominal YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YaIM esa doimiy narxlarda baholaydi.



Yüklə 39,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin