Xususiy
|
Davlat
|
Asosiy
kapitalga yalpi
ichki
investitsiya
|
Zaxiralarning
o‘zgarishi va
boshqalar
|
|
2000
|
61,9
|
18,7
|
24,0
|
- 4,4
|
- 0,2
|
2001
|
61,5
|
18,5
|
27,9
|
-6,8
|
- 1,1
|
2002
|
60,2
|
18,0
|
22,1
|
-0,9
|
0,6
|
2003
|
55,6
|
17,4
|
21,5
|
-0,7
|
6,2
|
2004
|
51,9
|
16,2
|
23,5
|
1,0
|
7.4
|
2005
|
48.4
|
15.9
|
22.0
|
6.0
|
7.7
|
2006
|
48.2
|
15.3
|
21.6
|
8.0
|
6.9
|
2007
|
47,9
|
15.6
|
23.5
|
4,7
|
8,3
|
2008
|
47,1
|
17,5
|
25,5
|
5,5
|
4,4
|
2009
|
48,3
|
18,9
|
28,6
|
-1,7
|
5,9
|
2010
|
49,0
|
15,8
|
27,3
|
-1,8
|
9,7
|
2011
|
50,3
|
15,4
|
25
|
1,5
|
7,8
|
2012
|
52,2
|
15,8
|
25,4
|
3,5
|
3,1
|
2013
|
54,5
|
15,8
|
23,2
|
4,4
|
2,1
|
2014
|
56,0
|
15,9
|
23,0
|
4,8
|
0,3
|
2015
|
55,3
|
17,6
|
26,9
|
-0,1
|
0,3
|
2016
|
56,5
|
18,1
|
26,2
|
-0,9
|
0,0
|
2017
|
53,2
|
16,7
|
26,1
|
1,5
|
2,5
|
YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
YaIM = C + I + G + Xn
O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan YaIMning foydalanish (xarajatlarga ko‘ra) tarkibi tahlili (2.3-jadval) shuni ko‘rsatadiki, uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari YaIM tarkibidagi eng salmoqli komponent ekan. Bu ko‘rsatkichning YaIMdagi ulushiga ko‘ra, O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya va Ispaniya davlatlariga yaqin turadi. Yalpi jamg‘arish, yoki yalpi investitsiyalar ulushi kattaligi bo‘yicha ikkinchi komponent bo‘lib 2017- yilda YaIMning 27,6 foizini (shu jumladan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 26,1 foizni, zaxiralarning o‘zgarishi 1,5 foizni tashkil etgan. Taqqoslov uchun maqlumotlar keltiradigan bo‘lsak, 2017 yil yakunlariga ko‘ra, yalpi investitsiyalarning YaIMdagi ulushi Rossiya Federatsiyasida 24,1 foizni, Yaponiyada 24,0 foizni, Ispaniyada 20,6 foizni, Xitoy Xalq Respublikasida esa 44,4 foizni tashkil etgan.
Mamlakatda 2000 – 2017 yillarda iste’mol ulushi o‘rtacha 53,2 foizga teng bo‘lib, uning tarkibidagi 2017 yilda davlat xarajatlari ulushi o‘rtacha 16,7 foiz, xususiy iste’mol ulushi esa o‘rtacha 53,2 foizga teng bo‘lgan.
YaIMni daromadlar (taqsimot usuli) bo‘yicha hisoblash. YaIMni daromadlar bo‘yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo‘shilgan qiymatlar hisobidan, to‘langan dastlabki daromadlar qo‘shib chiqiladi.
YaIMni daromadlari yig‘indisi ko‘rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
- sof bilvostia soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o‘rtasidagi farq;
- yollanma ishchilarning ish haqlari (W) – xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to‘lovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to‘lanadigan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari.
O‘zbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2005- yilda ish haqi fondiga nisbatan 31 foiz bo‘lgan bo‘lsa. 2006 yildan boshlab 25 foiz qilib belgilandi, 2017- yildan boshlab 15-25 foiz atrofida qilib belgilandi.
- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar – kichik hajmdagi, uy xo‘jaliklariga tegishli korxonalar bo‘lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari o‘zaro qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo‘llashga sabab bo‘ladi.
R= Korporatsiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari (R2) +amortizatsiya (A);
YaIMni daromadlar ko‘rinishida yalpi qo‘shilgan qiymatni ko‘rsatilgan uch guruhga bo‘lib topish mumkin:
YaIM = Tn + W+R
Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko‘rinishidagi daromadlar paydo bo‘ladi.
Shuningdek, YaIMni daromadlar ko‘rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga bo‘lish ko‘zda tutiladi:
-amortizatsiya (A); - bilvostia soliqlar (T);
-yollanma ishchilarning ish haqlari (W);
- ijara haqi to‘lovi va renta ko‘rinishidagi daromadlar(R1);
- kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (P1);
-korporatsiya foydasi (P2).
Korporatsiyalar foydasi o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
a) korporatsiyasi foydasidan to‘lanadigan soliqlar (P2.1);
b) hissadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan dividendlar (P2.2);
v) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi (P2.3).
Keltirilgan yondoshvuga ko‘ra:
YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2
Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o‘zaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir sub’ekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi sub’ekt uchun daromad bo‘lib tushadi.
Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular o‘rtasidagi nisbat
Milliy hisobchilik tizimiga ko‘ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko‘rsatkichidan boshqa yana bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko‘rsatkichi ham kiradi. Bu ko‘rsatkich MHTning oldingi ko‘rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko‘rsatkichi bilan mohiyatan bir xil.
Dostları ilə paylaş: |