Mavzu: O‘zbekiston va jahon. Ijtimoiy-siyosiy leksika Reja


O‘zbekiston Respublikasining BMTga qabul qilinishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni



Yüklə 21,41 Kb.
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü21,41 Kb.
#161652
1   2   3
O‘zbekiston va jahon. Ijtimoiy-siyosiy leksika

O‘zbekiston Respublikasining BMTga qabul qilinishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni.

Mustaqil O‘zbekistonning umuman hamma daryolari hamda respublika hududini kesib o‘tadigan, uzunligi 150 va undan ko‘p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, uning suv resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor. Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulaylik omilidir. Uni saqlab qolish borasida amaliy tadbirlar o‘tkazilgan bo‘lishiga qaramasdan, so‘nggi yillarda Orol dengizining sathi 12-15 metr pasayb ketdi. Uning maydoni ancha qisqarib, qirg‘og‘i o‘nlab kilometr qochib ketgan.
O‘tish davrida bu kiyinchiliklarni bartaraf etish, yurtimizning geosiyosiy imkoniyatlarini rivojlantirish borasida muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi uning xalqining asriy orzu maqsadlarini to‘la ma’noda ro‘yobga chiqarish tomon keng ufqlar ochibgina qolmay, ayni paytda mustaqil yosh davlatimizning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi uchun ham imkoniyat yaratdi. SHu boisdan mamlakatimiz rahbariyati istiqlolning ilk kunlaridan e’tiboran O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo‘lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo‘shilish, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy – texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. YUrtimiz mustaqilligini mustahkamlash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko‘p jihatdan ana shu vazifalarning hal etilishiga bog‘liq bo‘lib qolgan edi.
Ma’lumki, 130 yil davom etgan istibdod davrida mamlakatimiz to‘la mustaqil ravishda tashqi siyosat va diplomatik faoliyat yuritish, xorijiy davlatlar va xalqaro nufuzli tashkilotlar bilan aloqalarni o‘rnatish kabi huquqlaridan maxrum etilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «O‘zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish – davlat faoliyatining yangi va amalda qo‘llanilmagan yo‘nalishlaridan biridir. YAkkahokimlik tizimi sharoitida O‘zbekiston xalqaro maydonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq chiqish imkoniyatidan mahrum etilgan bo‘lib, o‘zining tashqi siyosiy davlat idoralariga, etarlicha diplomatlariga va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi mutaxassislariga ega emas edi». Sobiq sovet davrida, Ittifoq konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston teng huquqli suveren davlat hisoblanib, mustaqil tashqi siyosat yurgizish, xorijiy mamlakatlar bilan shartnomalar tuzish va diplomatik vakolatlarini ayirboshlash va boshqa huquqlarga ega bo‘lgan suveren respublika hisoblanardi. Ammo real hayotda esa buni aksini ko‘rish mumkin edi. O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosiy davlat idoralariga, etarlicha diplomatik vakillariga va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi mutaxassislariga ega emas edi. O‘zbekistonda Markaz ko‘rsatmasi bilan 1944 yil 27 sentyabrda Tashqi ishlar vazirligi ochilgan. Biroq u kichikkina bir idoracha bo‘lib, hech qanday vakolatlarga ega emas edi. Bu vazirlik markazning ko‘rsatmalarini bajarar, chet ellardan kelgan mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish bilan cheklanardi. Tashqi ishlar va diplomatik soha Markaziy Osiyo mintaqasi mahalliy millatlari, shu jumladan o‘zbek millati, eng kamsitilgan tarmoqlardan biri edi. Sobiq SSSR Tashqi ishlar vazirligi tizimida rasmiy ravishda ishlaydiganlarning 92 % bir millatning vakillari edi. Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘nggi 45 yil ichida (1945 – 1990 yillar) O‘zbekistonning faqat 7 vakili SSSRning chet eldagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi (A. Abdullaev, Bahodir Abdurazzoqov, Sarvar Azimov, Latif Maqsudov, Nuriddin Muhiddinov, Rafiq Nishonov va Anvar Qo‘chqorov). SHulardan faqat uchtasi (A.Abdullaev, B.Abdurazzoqov va L. Maqsudov) maxsus diplomatik oliy ma’lumotga ega edilar xolos. Markaziy Osiyo respublikalari vakillari jahonning etakchi davlatlariga mas’ul lavozimlarda belgilanmas, ularni odatda, «o‘rtacha» davlatlarga ishga belgilar edilar (Somali, Pokiston, Livan, SHri Lanka, Gabon, Suriya va boshqalar). Oqibatda o‘zbek millatining farzandlari xalqaro munosabatlarning hal qiluvchi yo‘nalishlaridan chetlatilgan edilar. Holbuki, ular jiddiy ahamiyatga ega qator takliflarni kiritib, tashqi ishlar va munosabatlarda asosli va mustaqil fikrlarni olg‘a surganlar.
Bu holatga sobiq SSSRning parchalanishi bilan barham berildi. Tarixan o‘ta qisqa davr ichida o‘tmishdan qolgan «kamchiliklar»ni bartaraf etish borasida muhim islohotlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsiplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IV bob 17-moddasida o‘zining qonuniy aksini topdi. Konstitutsiya 17-moddasiga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin».
Konstitutsiyaning boshqa bo‘limlarida esa hukumat idoralari va davlat boshlig‘ining (93-moddasida) tashqi siyosiy vakolati belgilangan.


Yüklə 21,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin