Mavzu: O'zbekistonda agrosanoat majmuasining rivojlanishi va istiqbollari Reja


Fermer xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari



Yüklə 187,5 Kb.
səhifə9/10
tarix24.10.2023
ölçüsü187,5 Kb.
#160204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O\'zbekistonda agrosanoat majmuasining rivojlanishi

Fermer xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari

O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi korxonalari orasida fermer xo`jaliklari ham salmoqli o`rinni egallaydi. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq fermer xo`jaliklariga istiqbolli yo`nalish sivatida e`tibor berildi. Rahbarlar, mutaxassislar va olimlar bu xo`jaliklarning rivojlanishga tabiiy sharoit yaratib berdilar. Natijada fermer xo`jaliklari tarixan qisqa davrda qishloq xo`jaligida o`z faoliyatini olib boishga haqli ishlab chiqarish shakllaridan biri ekanligini isbot qildi. 2001 yilning 1 yanvariga 52228 ta fermer xo`jaligi mavjud bo`lib, ularga 1038,1 ming gektar yer biriktirilgandi. Fermer xo`jaliklarida 366,7 ming kishi mehnat qildi. 2003 yilning 1 yanvariga kelib ularning soni 72406 tani tashkil etdi. Shundan 63497 tasi dehqonchilik, 6150 tasi chorvachilik, 2759 tasi bog`dorchilik va boshqa sohalarda tashkil etilgan. Ularning umumiy yer maydoni 1591,7 ming gektar, o`rtacha bir fermer xo`jaligining yer maydoni 22 gektar. Fermer xo`jaliklarida 1477,2 ming tonna don, 937 ming tonna paxta, 28,4 ming tonna kartoshka, 213,1 ming tonna sabzavot, 76,3 ming tonna poliz, 56,1 ming tonna meva, 31,5 ming tonna uzum, 81,7 ming tonna sut, 272,4 ming tonna go`sht (tirik vaznda), 265,6 ming dona tuxum va 9,0 tonna jun mahsulotlari yetishtirildi. 2002 yilda fermer xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotidagi ulushi 9,9 foizni tashkil etdi.


Fermer xo`jaliklari o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining “Fermer xo`jaliklari to`g`risida”gi qonuni va o`z nizomi asosida yuritadi. Fermer xo`jaliklari ustun darajada ularni tashkil etish imkoni katta zonalarda ko`proq rivojlantiriladi. YA`ni yer maydonlari yetarli, mehnat resurslari juda ko`p bo`lmagan yerlarda, zahira yerlarda ko`proq tashkil etiladi. Ular davlat yerlarida faoliyat ko`rsatadilar. Fermer xo`jaliklariga yer 50 yilgacha, ammo 30 yildan kam bo`lmagan muddatga beriladi.
Dehqon xo`jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari

O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi korxonalarining yana bir shakli dehqon xo`jaliklaridir. Dehqon xo`jaliklari aholining mustaqillikka qadar mavjud bo`lgan shaxsiy tomarqa xo`jaliklari rivojlanishi natijasida ularning o`rniga vujudga keldi. Ular 1990 – 2000 yillar davomida 2,3 mln.tadan 3,3 mln.taga yetdi. Yangi vujudga kelgan dehqonxo`jaliklari ixtiyoridagi sug`oriladigan yer 0,35 gektarni tashkil etdi. Oldin aholining shaxsiy tomorqa uchastkalari aksariyat holda 0,08 gektardan oshmas edi. 2001 yilning 1 yanvariga bo`lgan ma`lumotga qaraganda, mamlakatda 3322606 ta dehqon xo`jaligi bo`lib, ular 522592 gektar yerga ega. Shulardan, 1798401 tasi dehqon xo`jaligi sifatida qayta ro`yxatdan o`tdi, 800 mingdan ziyodi yuridik shaxs sifatida shakllandi.


Dehqon xo`jaliklari 2002 yilda 1973,4 ming tonna sabzovot (respublikada yetishtirilgan jami sabzavotning 74,8 foizi), 583,9 ming tonna kartoshka (80%), 292,7 ming tonna poliz (64%), 498,8 ming tonna mnva (62,6%), 219 ming tonna uzum (35%), 766,4 ming tonna go`sht (91,1%), 3402,7 ming tonna sut (90,2%) va 751,8 mln. dona tuxum (60%) yetishtirdi
Dehqon xo`jaliklarining faoliyati 1998 yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Dehqon xo`jaligi to`g`risida”gi qonuni asosida olib borilmoqda.
Xulosa
Dehqon xo`jaliklari qonunda belgilangan tartibda yuridik shaxs maqomini olishi mumkin. Yuridik shaxs maqomini olgan dehqon xo`jaligida ishlayotganlar ixtiyoriy ravishda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Pensiya jamg`armasiga badallar to`lab borishlari mumkin. Shunday hollarda Pensiya jamg`armasining tuman bo`limlarida ularga mehnat daftarchasi belgilangan tartibda yuritiladi.
Agarda shirkatlar va fermer xo`jaliklari asosan tovar ishlab chiqaruvchi yirik qishloq xo`jaligi korxonalari hisoblansa, dehqon xo`jaliklari oila a`zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanib, mayda tovar ishlab chiqaruvchi subyekt sanaladi. Dehqon xo`jaligida yetishtirilgan mahsulot eng avvalo oilaning o`z ehtiyojlari uchun ishlatiladi, oiladan ortgan qismigina sotilishi mumkin. Yirik xo`jaliklar foydalana olmaydigan imkoniyatlardan, resurslardan dehqon xo`jaligi samarali foydalanadi. Uning yashovchanligi ham shunda. Lekin dehqon xo`jaligi yirik xo`jaliklar erishgan yutuqlar asosidagina rivojlana oladi. Bunga juda ko`plab misollar keltirish mumkin. Jumladan, chorva mollarining sermahsul zotlari yoki o`simlik turlarining yangi, serhosil navlari fan va texnika taraqqiyoti natijasida yirik korxonalarda vujudga keladi. Demak, qishloq xo`jaligining kelajagi shirkatlar va fermer xo`jaliklari, yirik davlat xo`jaliklari rivojlanishi bilan (dehqon xo`jaligining yutuq va imkoniyatlarini kamsitmagan holda) belgilanadi.


Yüklə 187,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin