Mavzu: O’zbekistonda Axborot texnologiyalarni rivojlantirishning iqtisodiy-huquqiy asoslari. Reja: Kirish



Yüklə 48,2 Kb.
səhifə1/3
tarix07.03.2023
ölçüsü48,2 Kb.
#86912
  1   2   3
O’zbekistonda Axborot texnologiyalarni rivojlantirishning iqtisodiy-huquqiy asoslari


Mavzu:O’zbekistonda Axborot texnologiyalarni rivojlantirishning iqtisodiy-huquqiy asoslari.
Reja:
Kirish.
1.O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanish tarixi
2.O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishining huquqiy-iqtisodiy asoslari
3.O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari(AKT) taraqqiyoti bilan birgalikda rivoji masofa va vaqt oralig‘iga qaramay axborot, pul va boshqa resurslarni tez yetkazib berish, almashish uchun imkoniyat yaratmoqda.
Axborotlashgan iqtisodiyotga o‘tish bilan bog‘liq sodir bo‘layotgan chuqur va tub o‘zgarishlar bir qator muammo va ziddiyatlarga olib kelmoqda. Bunday muammolarga jamiyat faoliyatidagi turli sohalarga oid globallashuv va axborotlashtirish tufayli paydo bo‘lgan hamda har tomonlama o‘rganish va yechimi kompleks yondashuvni talab etuvchi iqtisodiy hayotning o‘zgaruvchanligi va beqarorligini kiritish mumkin bo‘ladi. Bulardan ta’lim, AKT, ilmiy va innovatsion faoliyat turlarining jamiyat, davlat va iqtisodiyotga bo‘lgan ta’sirining kuchayishi hamda ular faoliyat yuritishining sifat jihatdan yangi xususiyatlarga ega bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Shu sababli zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi jamiyat hayotidagi ziddiyatlarga qanday ta’rif berishi hamda uning nazariy jihatdan mazmun-mohiyati jahon iqtisodiyotining hozirgi zamon bosqichida o‘z aksini qanday topayotganligi va axborotlashgan iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatib bermoq hozirgi kunda o‘ta muhim masalalardan biridir.


1.O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanish tarixi
O’zbekiston 1991 yil 1 sentabrda mustaqillikka erishdi va jahonga yuz tutdi. XXI asr bu axborot texnologiyalari asridir. Mamlakatimiz mustaqillika erishgandan so’ng yoshlarga katta e’tibor berildi. Yoshlarni zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlashga qaratildi.
O’zbekiston boshqa davlatlar bilan munosabatlarini va do’stona aloqalarini o’rnatshiga kirishdi. Mustaqillikdan so’ng respublikamizda axborot texnologiyalariga katta e’tibor berildi. Jahoning ko’plab mamlakatlari zamonaviy kompyuterlarga va ularni yoshlarga bevosita o’rgatishga kirishdi. Yangi axborot texnologiyalari rivojlanishiga ko’plab mamlakatlar katta e’tibor berildi va har xil festival, musobaqa, tanlovlar qilindi. Shu jumladan, mamlakatimizda ham bunday ishlarga befarq qaralmadi. Bunga misol, 2000 yil mart oyida vatanimizda birinchi marta Internet festivali bo’lib o’tdi.
O’zbekistonda axborot texnologiyalarining rivojlanishtirish ishlari olib borilmoqda. Eng katta yutuq bu O’zbekistonda milliy kompyuter tarmoqlarining shakllanishidir va u orqali axborot almashinish mumkin. Mamlakatimizda O’rta Osiyoda birinchilardan bo’lib,elektron hisoblash mashinasi ishga tushirilgan. 1956 yilda O’zFA matematika instituti qoshida hisoblash texnikasi bo’limi ochildi.Bu O’rta Osiyo respublikalari ichida birinchi bunday bo’lim ochilishi edi
Jahonning ko’p davlatlari O’zbekistonimizga boshqacha ko’z bilan qarashmoqda. Yosh avlodga ko’rsatilayotgan va berilayotgan imkoniyatlar boshqa davlatlarni xavasini keltirmoqda. Har bir davlat rivojlanish yo’lida ma’lum qiyinchiliklarga uchraydi. O’zbekiston ham bundan mustasno emas. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish davrida o’zining texnologik imkoniyatlarini rivojlantirish faqat zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash orqali amalga oshirilishini talab etiladi. O’zbekiston ko’p davlatlar kabi axborot texnologiyalarini ishlab chiqishda muammolarga duch kelmoqda. Bu borada, Yevropa, Yaponiya va AQSH davlatlari yetakchilik qiladi. Mamlakatimizning axborot texnologiyalaridagi eng katta muammosi, bu kompyuterlarni ishlab chiqarish salohiyatidir

Yüklə 48,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin