Jamiyatda shaxsning tutgan o’rni, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda
burchlari konstitutsiyaviy huquq normalarida o’z ifodasini topqdi. Inson va jamiyat, shaxs
va davlat munosabatlaridagi qator muammolar yechimini topishda,
avvalambor huququy
holatiga qanchalik yondashilganligi katta ahamiyatga ega. Shaxsning huquqiy holatining
asoslari, uning tarkibiy qismlari har bir taraqqiy etgan mamlakatlar konstitutsiyalari,
konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlarida mustahkamlab qo’yilgan.
Har bir shaxs jamiyat a’zosi sifatida namoyon bo’lar ekan, shu jamiyat va uning a’zolari
oldida ma’lum mas’uliyatlarni o’z bo’yniga oladi. Chunki shu jamiyat a’zosi sifatidagina
u ma’lum mavqeiga ega ekan, shu sababli jamiyatning faol a’zosiga aylanishi lozim.
Jamiyat o’z navbatida davlat bilan ham ma’lum munosabatlar o’rnatadiki, bunday
munosabatlarning eng yuqori ko’rinishi, o’zining har bir a’zosining huquq va erkinliklari
davlat tomonidan himoya qilinishi, himoya qilinishining muammosini qanchalik darajada
hal qilinganligi bilan ifodalanadi.
Davlat jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy –iqtisodiy, siyosiy munosabatlari tartibga
solib borish vazifasini amalgam oshirishda huquqiy vositalardan
qanchalik mohirona
foydalana olsa, jamiyat hayoti ham shunchalik erkin muhitga ega bo’ladi.
Shaxsning huquqiy holati asosan ikki mezon asosida belgilanadi. Birinchidan,
shaxsning jamiyat a’zosi sifatidagi munosabatlarida, ikkinchidan,
shaxsning muayyan
davlat bilan yuzaga keladigan munosabatlar asosida.
Shaxs huquqiy holatini belgilovchi, ya’ni shaxsning tartibga solinishi jamiyatda
amalda bo’lgan ijtimoiy normalar ta’sirida yuzaga keladi. Bunda urf-odat,
odob-axloq
normalarining, jamiyatda mavjud va shakllanayotgan an’analarning alohida o’rni mavjud.
Shunga qaramay, ijtimoiy normalar shaxsning huquqiy holatiga salmoqli ta’sir
o’tkazmaydi.
Shaxs bilan davlat o’tasidagi munosabatlar hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Davlat mavjud bo’lgan barcha huquq sohalarining vazifasim ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo’lsada, eng asosiy tomoni-konstitutsiyaviy
huquq sohasi asosida shaxsning huquqiy holatiga ma’lum baho berish mumkin.
Shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi qator omillar mavjudki,
ular bevosita
shaxsning jamiyat va davlat bilan bo’lgan munosabatlarida ko’rinadi.
Avvalambor shaxsning muayyan davlat bilan uzviy huquqiy munosabatda bo’lishi, ya’ni
shu davlat fuqaroligiga ega bo’lishlikning o’zi alohida huquqiy holatni belgilab beradi.
Fuqaroligi bo’lmagan, ya’ni hech bir davlat fuqaroligini olmagan shaxslarning
huquqiy holati muayyan davlat alohida holatda bo’ladi.
Ikki fuqarolikka yoki ko’p fuqarolikka ega bo’lgan shaxslarning huquqiy holati ham
ma’lum munosabatlarda o’zgacha holat kasb etadi. Demak, fuqarolik, fuqarolikka ega
bo’lmaslik, ko’p fuqarolik masalalari shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi omildir.
Ikkinchidan, shaxsning huquqiy holatiga ta’sir
etuvchi omillardan yana biri,
shaxsning ma’lum yoshga to’lishi va natijada muomala layoqatiga ega bo’lishi
hisoblanadi.
Huquqiy layoqatga ega bo’lish ham alohida ahamiyat kasb etadi, ya’ni o’z hatti-
harakatiga ongli ravishda yondasha olishlik lozim.
O’zbekiston qonunlari bilan inson huquq va erkinliklarini davlat tomonidan qonuniy
cheklashlarga qo’yiladigan aniq talablar quyidagicha belgilangan:
1. faqat qonunga asoslanish;
2. boshqalarning huquq
va erkinliklarini xurmatlash, axloq talablarini, demokratik
jamiyatda jamoat tartibi va ijtimoiy farovonlik talablarini qondirish maqsadlarida
amalgam oshirish.
Shu bilan birga huquq va erkinliklarni cheklashga favqulotda hollardagina yo’l
qo’yiladi.