Mavzu: O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi Reja


Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan mustahkam



Yüklə 160,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix03.05.2023
ölçüsü160,03 Kb.
#107138
1   2   3
Mavzu O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatinin

2. Fuqarolik deganda jismoniy shaxsning ma’lum bir davlat bilan mustahkam 
huquqiy bog’lanishiga aytiladi. Bunda fuqaroning shu davlatga nisbatan huquq va 
burchlari hamda uning suveren hukumatga bo’ysunishida ifodalanadi. 
Mazkur huquqiy aloqa insonning tug’ilganida yuzaga kelib, uning butun umri 
davomida saqlanib qoladi. Ushbu bog’liqlik insonning tug’ilgan va yashayotgan hudud 
bilan cheklanmay, davlat tashqarisida ham o’z kuchini yo’qotmaydi. Fuqarolar huquqi va 
burchlarini davlat o’zi belgilab beradi. Turli mamlakatlarda fuqarolarning huquq va 
burchlari bir xil emas. Ular mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
darajasiga bog’liq. 
Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davr demokratik, huquqiy davlati tomon 
rivojlanishida katta yo’lni bosib o’tdi. U jamiyatning demokratik rivojlanishida qo’lga 
kiritilgan ulkan yutuqlardan biri. Fuqarolikning jamiyat taraqqiyotidagi ijobiy tomoni 
shudan iboratki, mamlakatda istiqomad qilib turgan har bir kishining muayyan, aniq sanab 
o’tilgan huquqlari, jamiyatdagi o’rni mamlakatning konstitutsiyasida, maxsus qaror yoki 
qonunda yozib qo’yilgan va ularga rioya qilish, ularni bajarish barcha fuqarolardan talab 
qilinadi. Ya’ni jamiyatda boshboshdoqlik, o’zboshimchalik, zo’ravonlik, qonunsizlikga 
o’rin qo’ymaydi. Chunki, bunday xatti-harakatlar fuqarolik haqidagi qonunga xilofdir. 
Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunoniston va Rimda mavjud bo’lsa-da, asosan, 
feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayot demokratiya 
va bozor munosabatlari zaminiga o’ta boshlaganda, hozirgi shaklida paydo bo’la boshladi 
va ilk bor “shaharli“ ( fransuzcha “situayyan”, inglizcha “situzen”, ruscha “gorojanin- 
grajdanin” va h. k ), ya’ni qoloq qishloqdan, mustabid feudal munosabatlardan ozod
degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon qilingandan so’ng, o’zbek tilida o’tmishdagi 
“grajdanlik” so’zi o’rniga “fuqarolik” degan atama qabul qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqib olgach, o’z oldiga 
asrlar davomida o’zbek xalqi orzu qilgan demokratik, adolatli, fuqarolar jamiyati va 
huquqiy davlat qurish vazifasini qo’ydi, qabul qilgan fuqarolik to’g’risidagi huquqiy 
hujjatlarda esa o’zining insonparvarlik ruhida ekanini namoyon qildi. 
Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy- huquqiy tomondan 
himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida 
himoyalanishi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi, yangi turdagi jamiyat va 
shaxs o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqib, quyidagi ijtimoiy qoidalarga asoslanadi: 

mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar va elatlar tili, dinidan 
qat’I nazar teng huquqliligi; 

erkaklar va ayollarning tengligi; 

fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy kelib chiqishi, mulki, ijtimoiy mavqeidan qat’I 
nazar qonun oldida tengligi; 

fuqarolikni qay tarzda qilganligidan qat’i nazar, ularning huquqiy holatining bir xil 
belgilanganligi; 

butun O’zbekiston hududida yagona fuqarolik o’rnatilganligi; 

“ikki davlat fuqarosi” bo’lish qonun bilan man etilganligi; 

fuqarolikni olish va to’xtatish tartibi huquqiy hal etilganligi; 

ota-onalarning fuqaroligi o’zgarganda bolalar fuqaroligining o’zgarishi tartibi aniq 
belgilanganligi; 

fuqarolik masalalari bo’yicha huquqiy aktlarni qabul qiluvshi va ijrosini 
tekshiruvchi davlat organlari tizimi birligi; 

fuqarolik masalalariga oid qarorlar yuzasidan shikoyat qilish tartibining aniq 
ravshanligi; 



fuqarolik bo’yicha xalqaro shartnomalar turlari, xarakteri qonunda aniq 
belgilanganligi. 
1948-yilda BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari to’g’risidagi 
Umumjahon Deklaratsiyasiga binoan, har bir kishi tabiiy, ajralmas, daxlsiz huquq 
va erkinliklarga egadir. Barcha davlat idoralari inson huquqlari va erkinliklarini 
oily ijtimoiy qadriyatlari, deb bilib, ularni ta’minlashga va muhofaza qilishga 
majburdirlar. 
O’zbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga ko’ra O’zbekiston 
Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatiladi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O’zbekiston 
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. 
Fuqaro tomonidan huquqlarning amalga oshirilishi boshqa kishilarning 
huquqlariga zid bo’lmasligi lozim. Har bir kishi Konstitutsiyada belgilangan 
vazifalarni bajaradi, jamiyatning normal rivojlanishi uchun shu vazifalar bajarilishi 
zarur. 
Konstitutsiyaning qoidalariga bevosita amal qiladi va barcha davlat 
idoralari, mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari, fuqarolar tomonidan ijro etilishi 
majburiydir. Konstitutsiyada mustahkamlab berilgan barcha huquqlar va 
erkinliklar sud yo’li bilan himoya qilinishi lozim. 
O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan 1992-yil 2-iyulda 
“O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risidagi” qonunda fuqarolik 
masalalari, uning huquqiy holati qonun yo’li bilan mustahkamlangan. 
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy 
siyosiy- huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o’zaro huquq va 
burchlarida ifodalanadi. 
O’zbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro bo’lishi huquqiga egadir. 
Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o’zgartirish huquqidan mahrum qilinishi 
mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi o’z idoralari va mansabdor shaxslar 
orqali fuqarolar oldida mas’uldirlar, fuqaro esa davlat oldida mas’uldir. 
Quyidagilar O’zbekiston Respublikasining fuqarolari bo’ladilar: 
1. 
Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, 
ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodlaridan, mashg’ulotining turi va 
saviyasidan qat’iy nazar, ushbu qonun kuchga kirgan vaqtda O’zbekiston 
Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari bo’lmagan 
hamda O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lish istagini bildirgan shaxslar; 
2. 
Davlat yo’llanmasi bilan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida 
ishlayotgan, harbiy hizmatni o’tayotgan yoki o’qiyotgan shaxslar, agar ular 
O’zbekiston Respublikasining hududida tug’ilgan bo’lsalar yoki doimiy 
yashaganliklarini isbot qilgan bo’lsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari bo’lsalar 
va ushbu qonun kuchga kirganidan keyin kechi bilan bir yil ichida O’zbekiston 
Respublikasining fuqarosi bo’lishi istagini bildirgan bo’lsa; 
3. 
O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq O’zbekiston 
Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar. 
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan erkak yoki ayolning chet el 
fuqarosi bilan yohud fuqaroligi bo’lmagan shaxs bilan nikohdan o’tish, 
shuningdek, bunday nikohning bekor qilinishi er yoki xotinning fuqaroligini 
to’xtatishiga olib kelmaydi. 

Yüklə 160,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin