Mavzu: O‘zbekistonda kredit turlarining tavsifi va rivojlanish istiqbollari kirish


O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlarini rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 58,94 Kb.
səhifə5/8
tarix17.05.2023
ölçüsü58,94 Kb.
#115559
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekistonda kredit turlarining tavsifi va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlarini rivojlantirish istiqbollari

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari kreditlarini rivojlantirish maqsadida:
Jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berishning zamonaviy va barqaror tizimini shakllantirish, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalarni davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlash, mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni jalb qilish va keyinchalik ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo‘naltirish maqsadida:
“2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko’ra
banklarga rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditini ajratishda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashning muqobil usullaridan foydalanishga, shu jumladan qarz oluvchilarning bank kartasi aylanmasi, ijara, kommunal va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarini inobatga oluvchi skoring tizimini joriy qilishga ruxsat etiladi;
banklarga qarz oluvchi tomonidan to‘langan dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi beriladi;
professional ta’lim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar bo‘yicha dars berayotgan yoki o‘quv amaliyotini o‘tkazayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi;
uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari bo‘yicha berilgan subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi7;
Ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlash hamda uy-joy qurilishini tezlashtirish maqsadida:
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar 2028-yil 1-mayga qadar qaytarish sharti bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan ikki foiz band past stavkada ajratilashi ipoteka krediti rivojlanishi uchun kata qadam desak bo’ladi.
Prezidentning “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ-39, 31.01.2023y) qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
➖ 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trillion so‘m yo‘naltiriladi;
➖ kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo‘yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi;
➖ dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 mln.so‘mgacha garovsiz kredit beriladi;
➖ hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra kredit summasining 10 mln.so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 mln.so‘mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o‘tkazib beriladi;
➖ dasturlar doirasida kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi8.

Yüklə 58,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin