O’zbekistonda kredit turlarining tavsifi va rivojlanish istiqbollari
xULOSA Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,banklar tomonidan, xo‘jalik sub’ektlarining aylanma mablag‘lari yetishmasligi, mavjud mablag‘larning me’yoridan ortiqcha tayyor mahsulot qoldiqlariga jalb qilinishi, mablag‘larning tayyor mahsulot sifatida qotirib qo‘yish sabablarini o‘rganib borish, zararga ishlayotgan va bankrotlik alomatlari ko‘zga tashlanayotgan xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy ahvolini doimiy monitoringini tashkil qilish bank kredit siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Kreditning ahamiyati uning funksiyalarini, tamoyillarini bajarishda, shuningdek, barcha shakllarni (tijorat, bank, iste'mol, xalqaro, davlat) amalga oshirishda namoyon bo'ladi.
Biz qanchalik tijorat banklarining resurs bazasini oshirsak, qanchalik arzon mablag’ jalb qila olsak, tijorat banklarning beradigan kreditlarining jozibadorligi oshib boraveradi. Bu albatta kreditning turiga va sifatiga o’z kuchini ko’rsatadi.
Buning uchun biz xalqaro bozorga abigatsiya va aksiyalarni joylashtirishimiz hamda xalqaro moliya institutlaridan mablag’ jalb qilishimiz kerak. Shundagina tijorat banklari berayotgan kreditlar yaqqol rivojlanishni boshlaydi va bu albatta raqobatga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Tijorat banklari kreditning jozibadorligiga e’tibor berib mijozning kreditga layoqatliligini to’g’ri baholay olmasa bu katta riskga olib kelishi mumkin, ya’ni kreditning qaytmaslik ehtimoli oshishiga olib keladi. Bu borada banklarimiz tomonidan berilayotgan kreditlarni diversifikatsiyalashimiz maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun tijorat banklarimiz bir mijozga maksimal kredit berish miqdorini birinchi darajali kapitalning 25% miqdoridan oshirmagan miqdorda kredit partfelini shakllantirishlari lozim.
Tijorat banklarimiz berayotgan kreditga jalb qilinayotgan mablag’larni barqaror mablag’lar hisobidan shakllantirishlari lozim.
Shuning uchun tijorat banklari kredit siyosatini asosiy tamoyillariga shu ko’rsatkichlarni joriy etishlari lozim:
kreditlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilishning barcha darajalari bo‘yicha javobgarlikni taqsimlash;
bank tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari uchun aniq belgilangan shartlarning mavjudligi;
maxsus kreditlash tamoyillari – muddatlilik, to‘lovlilik, qaytarib berishlilik, ta’minlanganlik va rentabellik asosida beriladigan kreditlarni majburiy nazorat qilish;
bank boshqaruvining umumiy siyosati bilan maxsus faoliyat yo‘nalishlari siyosati (ya’ni depozitlar bo‘yicha, investitsiya bo‘yicha, aktivlar va passivlarni boshqarish bo‘ycha va hokazo)ning uzviy bog‘liqligidir.